So‘nggi o‘n yil ichida Italiyada YIM o‘sishi o‘z beqarorligi bilan ajralib turadi. Bu faqat 2008-2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi bilan bog‘liq bo‘lib qolmasdan, Italiya iqtisodining o‘ziga xos tuzilishiga ham bog‘liq. YIM kichik bo‘lsa-da, doimiy o‘sish xarakteriga ega. Ammo davlatning qarzi ham juda katta, hozir u YIMga nisbatan 130% ni tashkil qiladi.
2014-yil fevral oyidan boshlab Italiya hukumatini boshqargan Matteo Rensi soliqlarni pasaytirish evaziga italyanlarning daromadini oshirish maqsadini e’lon qildi. U 2015-yildan ta’lim tizimini isloh qilishni ham boshladi. 2016-yil dekabrda bosh vazir lavozimini egallagan Paolo Jentiloni shu siyosatni davom ettirmoqda
Italiya XXI asrda
XXI asrga kirib kelgan Italiya dunyoning yetakchi mamlakatlariga nisbatan texnologik qoloqlikni bartaraf etishga, o‘z iqtisodining raqobatbardoshligini oshirishga intilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarini, iqtisodning noan’anaviy sohalari — bank faoliyati, turizm, sport va sog‘liqni saqlash industriyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mavzudagi yangi so‘zlar
Proporsional saylov tizimi — bunda mandatlar partiyalar o‘rtasida ular olgan ovozlar soniga proporsional ravishda bo‘linadi.
Neofashizm — bu 1920-1940-yillardagi fashistik tashkilotlar g‘oyaviy-siyosiy davomchisi bo‘lgan o‘ng radikal tashkilot.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1980-1990-yillarda Italiya jamiyatida qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi?
“Halol qo‘llar” kampaniyasi Italiyada qanday natijalarga olib keldi?
XXI asr boshlarida Italiya iqtisodiy rivojlanishda qanday yutuqlarga erishdi?
Yangi asrda Italiyada qanday muammolar saqlanib qolmoqda?
1
2
3
4
Mustaqil ish
Xaritadan foydalanib, Italiya qaysi davlatlar bilan chegaradosh ekanligini daftaringizga yozing.
Italiyadagi “Halol qo‘llar” kampaniyasini tahlil etish asosida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida kichik o‘quv loyihasini tayyorlang va to‘garak mashg‘ulotida taqdimot qilishga tayyorgarlik ko‘ring.
1
2