Gumanitar fanlar


Odatda iste`molchi hatti-harakati quyidagilar bilan izohlanadi



Yüklə 97,78 Kb.
səhifə11/14
tarix14.05.2022
ölçüsü97,78 Kb.
#57899
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
28-Mavzu. Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari va rivojlanib borishi

Odatda iste`molchi hatti-harakati quyidagilar bilan izohlanadi:

Foydali, oqilona hatti-harakat, ya`ni o`z daromadidan ko`radigan naflilikni oshirish. Iste`molchining tovar afzalligini ajratishda o`rtacha tipdagi iste`mol bozoridagi taklif etiladigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan aniq-ravshan fikrga ega bo`ladi deb hisoblashimiz mumkin.

Odamlarning moddiy ne`matlarga bo`lgan cheksiz ehtiyojlari va ularni ishlab chiqarish uchun cheklangan resurslarning pozitsiyasi zamonaviy iqtisodiy nazariyada eng asosiy hisoblanadi. Biroq, bu barcha turdagi iqtisodiy foydalar uchun ehtiyojlarni qondirish mumkin emasligini anglatmaydi.

Rivojlanagan mamlakatlarda odamlarning eng muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojlari to`liq qondiriladi. Bu aholining real samarali talabining o`sishida, aholi jon boshiga o`rtacha oziq-ovqat istemolining ko`payishida namoyon bo`ladi. Shuni ta`kidlash kerakki, alohida mamlakatlarda talab hajmi haqiqiy iste`mol hajmi bilan mos kelmasligi va ehtiyojlarning bajarilishi to`g`risida tasavvur bermasligi mumkin.

Rejalashtirilgan (sotsialistik) iqtisodiyotda iste`mol hajmi tovarlar ye-tishmovchiligi sababli hajmdan sezilarli darajada past bo`lgan. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida iste`mol hajmi doimo talab hajmiga to`g`ri keladi, chunki samarali talab to`liq qondiriladi. Biroq, na rejali, na bozor iqtisodiyoti sharoitida odamlarning ehtiyojlarini qondirish darajasi talabni qondirish darajasi bilan baholanishi mumkin emas. Rejalashtirilgan iqtisodiyot sharoitida talab qondirilmadi, biroq jon boshiga iste`mol hajmi va bir qator sotsialistik mamlakatlarda ehtiyojlarni qondirish darajasi nisbatan yuqori bo`lgan. Va, aksincha zamonaviy Rossiya iqtisodiyotida barcha oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talab to`liq qondiriladi, ammo iste`mol hajmi vas hu sabali ehtiyojlarni qondirish darajasi ancha past.

Erkin narxlanish tufayli, ta`rifi bo`yicha defitsitsiz bo`lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida bu boshqa masala. Mahsulotlar cheklangan miqdordagi ta`minot sharoitida ham talabning o`sishi defitsitni keltirib chiqarmaydi – bu narxning ko`tarilishi bilan darhol kesiladi va tovarlar hali ham ‘’mo`l – ko`l’’.

Iste`molchi hulqi chegaraviy foydalilik va farqsizlik egri chiziqlari nuqtai nazaridan ko`rib chiqiladi.

Chegaraviy foydalilik deyilganda, iste`mol qilishning bir birlikka o`sishida tovar umumiy foydaliligining o`sishi tushiniladi. Shu bilan bir qatorda iste`mol qilinayotgan Tovar miqdori o`sib borishi bilan, har bir qo`shimcha tovar birligining chegaraviy foydaliligi kamayib boradi.

Tovarlarni ishlab chiqarish iqtisodiy resurslarni sarfini talab etadi va shuning uchun ular ma`lum narxga ega bo`ladi. Daromadi cheklangan haridor cheklangan miqdorda tovar harid qiladi. Shuning uchun muqobil mahsulotlar orasidan o`z ehtiyojlarini maqbul tarzda qondiradigan tovarlarni tanlab olish zarur bo`ladi.



XULOSA.

Xususiy mulkchilikning paydo bo`lishi va ijtimoiy mehnat taqsi- motining ro`y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishining umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo`jalikning Tovar shaklini taqazo qiladi, Tovar ish- lab chiqarishning mavjud bo`lishi o`z-o`zidan pul muomalasi, ayribosh- lash, taqsimlash va iste`molning bozorga oid xususiyatini ko`zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashil etadi.

Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbikorlar ham, o`z meh- natini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste`molchilar, ssuda kapitali ega- lari va qimmatli qog`ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo`jaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bo`linadi: uy xo`jaliklari, korxo- nalar ( tadbirkorlik sektori ) va davlat sektori.

Bozor tizimi resurslarni avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo`naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnalogiyani qo`llashga layoqatli bo`lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko`rsata oladi. Korxonalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog`liq: mavjud texnologiya, ya`ni mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlovchi resurslarning oqilona uyg`unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslarni eng kam darajada sarflangan hol-da erishishni bildiradi.

Bozor iqtisodiyoti tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish bu murakkab jarayon bo’lib u bir vaqtning o’zida bo’ladigan tadbir sifatida amalga oshirilishi mumkin emas, balki bir qancha bosqichlarni o’z ichiga oluvchi uzoq davrni talab etadi.

O’zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko’ra kechroq boshlagan bo’lsada, o’tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin.

Bozor munosabatlarining butun mexanizmni davlat tomonidan ko’rsatiladigan va qonun bilan mustahkamlanadigan bozor shart-sharoitlari doirasidagina amalga oshiriladi.

Islohotlar birinchi bosqchining g’oyat muhim vazifasini amalga oshirish, ya'ni davlat mulki yakkahokimligini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga Respublikada ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish lozim.

Erkin bozor tamoyillarini o’rnatishda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish zarur. Buning natijasida esa sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadga muvofiq. Bunda mulkiy, agrar, narx, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat va nihoyat ijtimoiy yo’nalishlarda islohotlarni amalga oshirish bozor munosabatlariga o’tishda keng qulaylik yaratadi.

Bugungi kunda mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishida yuzaga kelgan yoki kelishi kelayotgan muammolarni tizimli bartaraf etish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish maqsadaga muvofiq deb hisoblaymiz:



  • investitsiya muhitini yaxshilash;

  • soliq ma'muriyatchiligidagi islohotlarni to’liq amalga oshirish;

  • davlat budjeti operatsiyalarining, ayniqsa, davlat korxonalariga beriladigan samarasiz yashirin subsidiyalarga nisbatan shaffofligini ta'minlash;

  • yerdan foydalanish bo’yicha huquq hamda sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligida mulkka egalik qilish huquqini isloh qilish;

  • davlat monopolistik korxonalarini tarkibiy jihatdan (tizimli) qayta qurish, korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotga qo’yiladigan talablarni kuchaytirish;

  • davlatning eksportga yo’naltirilganlikni qo’llab-quvvatlashi (jumladan, ISO standarti bo’yicha sertifikatlash, ekspert xatarlarini kamaytirish, diversifikatsiyalash, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo’lish).

  • O’rta muddatli istiqbolda infratuzilmani (xususan, energetika, transport va logistika) modernizatsiya qilish hamda oliy ta'lim sifatini yaxshilash mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonlarini mustahkamlashga yordam beradi.



Yüklə 97,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin