Gumanitar fanlar


Xitoyning tashqi siyosati XIX asrning so'nggi choragida



Yüklə 177 Kb.
səhifə5/5
tarix07.02.2023
ölçüsü177 Kb.
#83237
1   2   3   4   5
GULCHEHRA

2.2.Xitoyning tashqi siyosati XIX asrning so'nggi choragida
XIX asrning 60-yillarida Xitoy Prussiya (1861), Daniya, Niderlandiya (1863), Ispaniya (1864), Belgiya (1865), Italiya (1866) va Avstro-Vengriya bilan (1869) teng huuqli bo'lmagan shartnomalarni imzoladi. XIX asr 70-yillarida G'arb mamlakatlari Xitoydan yangi yon berishlarga erishdilar Xitoy hukumati 1876 yili Chifuda Buyuk Britaniya bilan bitim imzoladi. Unga ko'ra Buyuk Britaniya ancha foydali ustunliklarga - Yanczi doirasida to'rtta yangi port ochish, Dalida inglizlar konsulligini tashkil etish, shuningdek, Yunnan viloyatida qulay vaziyat yaratib berilishiga va Тibet inglizlarning ekspeditsiyasi jo'natilishiga erishdi. 1880 yillarning boshlarida fransuz-xitoy munosabatlari yomonlashdi bunga Uchinchi respublika tuzumining Hindixitoy mamlakatida mustamlakachilik siyosatini o'tkazayotganligi sabab bo'ldi, chunki o'sha paytda Annam hududi Xitoyga vassal qaramlikda edi qator janglardan so'ng Sin hukumati 1885 yilning iyunida tinchlik shartnomasini imzoladi, unga ko'ra Annam Fransiya qo'l ostiga o'tdi. Bundan tashqari, fransuzlar Yunnanь viloyatida savdo qilish huquqini ham oldilar. G'arb mamlakatlaridan tashqari 1870-yillar boshida Yaponiya ham Xitoyga o'z ta'sirini o'tkazish uchun kurash boshladi. 1872-1879 yillarda u shu paytgacha Yaponiya va Xitoyning ikki tomonlama nazorati ostida bo'lgan Ryukyu orollari ustidan yakka hukmronlik qilish uchun kurash olib bordi. 1874 yili Yaponiya AQSH bilan birga Tayvan orolini egallab olishga urindi, ammo bu yerda o'z manfaatlariga ega bo'lgan Buyuk Britaniyaning aralashuvidan so'ng vaqtincha bu rejadan voz kechishlariga to'g'ri keldi. Yaponiya bilan Xitoy o'rtasidagi qarama-qarshiliklarga navbatdagi sabab Koreya bo'ldi. 1894 yili u yerda dehqonlar qo'zg'oloni boshlanganidan so'ng Koreya hukumati uni bostirish uchun yordam so'rab Xitoyga murojaat qildi. Vaziyatdan foydalangan Yaponiya ham o'z tashabbusi bilan Koreyaga qo'shin jo'natdi. 1894 yil iyul oyining oxirida yaponlar tomonidan Xitoy harbiy kemasi.... . cho'ktirib yuborilishiga olib kelgan janjal boshlandi. O'sha yilning 1 avgustida Yaponiya Xitoyga qarshi urush e'lon qildi. Xitoy hukmron doiralarida harakat rejasi borasida yagona fikr yo'q edi. Natijada, 1894 yil 16 sentyabrda Pxenyan yaqinida janglarda Xitoy qo'shinlari mag'lubiyatga uchradi va Yalu daryosi tomonga chekindi. Tez orada u yerga yaponlar keldi, ular bir vaqtning o'zida Lyaodun yarimoroliga ham tushdi va Dalniy hamda Port Artur portlarini egallab oldi. Yaponlar, shuningdek, Xitoy floti ustidan ham g'alaba qozondi, ularning qolgan-qutganlari Veyhay vey ko'rfaziga chekinishga majbur bo'ldi. 1895 yilning yanvarida muzokaralar olib borish va tinchlikka erishish uchun xitoylik vakillar Yaponiyaga jo'natildi, biroq muzokaralar natija bermadi. Fevralda yapon qismlari Veyhayveyni qamal qildi, keyin esa uni bosib oldi. Faqat shundan keyingina yaponlarning Simonoseki shahrida 17 aprelda shartnoma imzolandi Bu shartnomada Xitoyning Koreya ustidan suverenitetidan voz kechishi, yaponlarga Tayvanь orolini, Lyaodun yarimorolini va Tenhu orollarini berishi, ikki yuz million lyan tovon to'lashi, savdo uchun to'rtta yangi portni ochishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Yaponiya Xitoyda o'z sanoat korxonalarini qurish huquqini ham oldi. Yaponiyaning Uzoq SHarqda tasiri kuchayishidan havotirga tushgan Rossiya bilan Fransiya bu shartnomaning bir qator moddalariga, eng avvolo Lyaodun yarimorolining egallab olinishiga qarshi chiqdi. Bu Yaponiyani undan voz kechishga va Xitoyga qaytishiga majbur qildi. 1896 yili Li Huanchjan boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi Rossiyaga keldi. Bu delegatsiya imperator Nikolay IIga toj kiydirish tantanalarida qatnashdi. Tashrif davomida ikkala davlat o'rtasida yashirin shartnoma imzolandi. Unda Yaponiya tomonidan Xitoyga yoki Koreyaga hujum qilganida Rossiya bilan harbiy ittifoq tuzish haqida kelishildi. Bundan tashqari, Xitoy Vladivostok yaqinida Manjuriya hududi orqali temir yo'l qurilishiga rozilik bildirdi. Zarur bo'lganda bu temir yul orqali rus qo'shinlarini tashish, shuningdek, ularga Xitoy portlaridan foydalanish huquqi ham berilgan edi. Bu paytga kelib Xitoyda Germaniya ham faollnk ko'rsata boshlaydi. Germaniya 1897 yil noyabrining o'rtalarida Szyaorjou (Kiao- CHao) ko'rfazini egallab oldi, keyin esa uni 99 yil muddatga ijaraga olish va Sindao portida harbiy -dengiz bazasi qurishga erishdi. Bundan tashqari, 1898 yil 6 martdagi shartnomaga binoan Germaniya SHandun viloyatida temir yo'llar qurish, nemis tadbirkorlari esa o'z korxonalarini ochish huquqini qo'lga kiritdilar. Buyuk Britaniya o'z navbatida Xitoy hukumatidan o'zining Yansizi daryosi vodiysida imtiyozli huquqlari tasdiqlanishiga erishdi. Xitoy dengiz bojxonalari ham G'arb davlatlari nazorati ostidi qoldi, bu esa mamlakatni ular faoliyatidan olinadigan daromad- lardan to'liq foydalanish huquqidan mahrum qildi. 1898 yilning may oyi oxirlarida Veyhayvey porti Buyuk Britaniya nazoratiga o'tdi, o'sha yilning iyun oyi boshlarida esa Xitoydan 99 yillik ijaraga olingan Koulun yarimoroli hisobiga Gonkong hududini kengaytirish haqida kelishuv imzolandi. Fransiya ham Xitoyda o'z manfaatlari doirasini kengaytirishda davom etdi. 1898 yilning aprelida u Tonkindan Yunnanьfugacha temir yo'l qurish, shuningdek, Guanchjouvan qo'ltig'ini 99 yillik ijaraga olish huquqini qo'lga kiritdi. Yaponiya ham o'z navbatida uning ihtiyorisiz Funzyanь viloyatining biror bir qismi ajratib olinmasligi haqida Sinlarning kafolatini olishga erishdi. Shunday ailib, XIX asrning ohirlarida Xitoy hududini o'z ta'sir doiralariga bo'lib olgan chet davlatlarning yarim mustamlakasiga aylandi. Pulga muhtoj bo'lgan Tsin sulolasi chet davlatlar bilan asoratli shartnomalar to'zar va milliy manfaatiarga xilof ravishda ularga «yon» berardi. 70-yillardayoq ajnabiylar Xitoyning 26 portiga bemalo! kiradigan, Xitoy portlarida o'zlarini hech kim nazorat qilmaydigan xo'jayiniardek ish yuritardilar.Temir yo'llar qurilishi xorijlikiar tasarrufida edi. Ko'mir shaxtalarining, konlarining katta. qismi ham ularning ixtiyorida edi. Xitoy chet el davlatlarning xom-ashyo bazasiga aylanib qoldi. Hatto chet elliklar katta shaharlarda o'z hududlarini tashkil etib, Xitoy ma'murlarini mensimasdan ish yuritardilar.
Xitoyning Yaponiya bilan 1894-1895 yillardagi urushda mag'lubiyatga uchrashi chet ellik monopolistlarning Xitoyni yanada ko'proq talashlari, asoratga solishlariga sabab bo'ldi. 1897 yilda nemis bosqinchlari Szyaochjovan ko'rfazini bosib oldilar va Shandun viloyatini o'z ta'sir doiralariga kiritdilar. Franlsiya Guanchjouvan ko'rfazini egalladi va Yunnan viloyatida hukmronlik ta'sirini o'tkaza boshladi. Rossiya Port-Arturni, Angliya Veykay portini bosib oldi. Eng boy hudud - Yantsizi daryosi havzasi Angliyaning ta'sir doirasiga tushib qoldi. Fuszyan viloyatida Yapon bosqinchlari hukmron bo'lib oldilar. Xitoydagi har qanday qurilish yoki o'zgarishlar bosqinchilar tomonidan nazorat qilinardi. Shunday qilib, Xitoy yarim mustamlakaga aylana boshladi. Bosqinchilar tomonidan Xitoy milliy boyliklarining talanishi xalq ommasining qattiq noroziligiga sabab bo'ldi. 1897 yil tumanlarda dchqonlarning xo'jayinlariga qarshi g'alayonlari boshlandj, bu g'alayonlar 1898-1899 yillarda mamlakatning lurli viloyatlariga tarqaldi.
Feodallarga qarshi g'alayonlar chet el monopolistlariga qarshi qaralilgan edi. Debqonlar harakati, ayniqsa, nemis bosqinchlari tomonidan qattiq ekspluatatsiya qilinayotgan Shandun viloyatida juda katta g'alayonga sabab bo'ldi. Nemis bosqinchlarining o'zboshimchaligi xalq noroziligini keltirib chiqardi. Shandunda yashirin jamiyatlar to'zilib, jangovar otryadlar tashkil qilindi. Ular «tinchlik va adolat» shiori ostida kurashib, «ixetuan» (musht) - olryadlari wboksyorlar qo'zg'oloni» nomini oldilar. Jangovar otryadlar bosqinchlarga hujumlar uyushlirar va ularning hayotini tahlikaga solib turardilar. Ixetuanchilar chet el bosqinchlariga qarshi ochiq kurashga o'ldilar. XIX asrning oxirida Xitoyda ilk sanoat ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo'la boshladi. Eski yyer mulkchiligi tizimining yemirilishi tezlashdi. 1872 yilda Li Xunchjuan yirik paroxod kompaniyasini tashkil qildi. 1878 yilda Kaylan ko'mir boshqarmasi tuzildi.
1881 yilda Shimoliy Xitoyda birinchi temir yo'l ishga tushirildi. 1895 yilda Shanxayda yirik to'qimachilik fabrikasi ishga tushirildi. 1897 yilda 600 ga yaqin chet cl flrmalari mavjud edi. lekin sanoat korxonalarining o'sishi va ko'payishi sust bordi. Xitoy Yaponiya. AQSh., Angliya singari yirik kapitalistik davlatlarga qaram, yarim mustamlakaga aylandi.
Mamlakat ichida jamiyatning kambag'al, qashshoq qatlamlari bilan boyih borayotgan burjuaziya va eski an^anaviy zamindorlik hukmronligi uchun kurashayotgan yyer egalari o'rtasida ziddiyat kuchayib bordi. Yevropaning savdodagi hissasi 1890 yilda 40 mln.ienga teng bo'ldi. Import eksportdan. ancha ko'p bo'lib, bu mamlakatning qaramligi belgisi edi.
Xitoy bilan Angliya o'rtasida 1876 yil to'zilgan konvcnsiya Xitoyni yanada asoratga soldi. Konvensiya Angliyaga Xitoyning 10 dan ortiq portiga erkin kirish, qator viloyatlarda o'z foydasiga imtiyozli savdo qilish huquqini berdi.
1880 yillarda Fransiyaning V'etnamni bosib olishi tufayli Fransiya - Xitoy munosabatlari yomonlashdi. 1884 yili Xitoy markaziy V'etnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi va u yyerda Frantsuz protektoratini tan oldi. Lekin Shimoliy V'etnam (Tonkin) viloyati Frantsuzlarga qarshi kurashni davom ettirdi. Xitoy partizanlari yordam berib turdilar. Fransiya buni bahona qilib, Xitoyga qarshi urush ochdi. 22 ta Xitoy harbiy kemasi cho'klirildi. Xitoy xalqidagi baland ruh, milliy shakllanish jarayoni Sin impyeratori sulolasida vahima uyg'otdi. Bundan cho'chigan Xitoy hukumati Fransiya bilan shoshilinch bitim to'zdi. G'olibona urushni mag'lub sifatida yakunlab, Fransiyaga qator masalalarida «yon berdi».
Xitoyning Fransiya bilan urushda yengilganidan foydalangan Angliya 1886 yil 1 yanvarda Birmaga qarshi urush e'lon qildi. Tez orada Birma Angliya mustamlakasiga aylandi. Yaponiya Xitoyga nisbatan bosqinchilik rcjalarini amalga oshirishga kirishdi. 1872 yil Ryu-kyu orolini, 1874 yil Tayvanni bosib olishga harakat qildi. Tayvandagi urushda AQSh harbiy kuchlari ishtirok etgani uchun bu orol Amerikalik savdo sanoatchilar uchun «ochiq» deb e'lon qilindi. 1894-1895 yillarda Yaponiya-Xitoy urushi bo'lib o'tdi. Yaponiyaning maqsadi Koreyani Xiloy ia'siridan ajratib olish edi. Xitoy Koreyani Yaponlar istilosidan himoya qiia olmadi. Aksincha, unga «G'arb davlatlarini yordamga chaqirish»ni maslahat berdi. Bu Xitoyning Koreyadagi manfaatlariga kuchli zarba bo'ldi. 1893 yilgi koreys dehqonlarning «Tanxak» (sharq kurashi) yashirin jamiyat yetakchiligidagi qo'zg'olonini bostirish bahonasida Xitoy Koreyaga qo'shin yuborgan edi.-Yaponiya ham o'z qo'shinlarini shu bahona bilan Koreya hududiga kiritdi. 1894 yil iyul oyida Yaponiya urush harakatlarini Xitoyning o'ziga qarshi qaratdi. Urush e'lon qilmay turib. Xitoyning bir qancha kemalariga hujum qilib, cho'ktirib yubordi. 1-avgust kuni urush rasmiyravishda e'lon qilindi. Avgust-noyabr oylari orasida Yaponiya Xitoyni Koreyadan «siqib chiqardi». Keyin esa Port-Artur (Lyaodun) portini bosib oldi.
1894 yil sentyabrida Xitoy Shimoliy flotidan ajraldi. 1895 yil fevraligacha Shandun yarimorolidagi Veyxay portini ham Yaponlar oldi. Nihoyat, 1895 yil 17 aprelda Yaponiyaning Simonoscki shahrida bitim to'zildi. Xitoy Tayvan, Lyaodun, Penxu orollarini Yaponiyaga berdi. Shashi, Syuychjou, Xanchijou, Chunsin portlarini «ochib» qo'ydi. Yaponiya Xitoyda istagan joyda, xohlagan sanoal korxonasi qurish huquqini oldi. Bitimning Lyaodun orolini Yaponiyaga berish haqidagi bandiga Rossiya va boshqa davlatlar qarshi bo'lishdi. Bu hoi Yaponiyani Rossiya chegaralariga juda yaqinlashtirib qo'ygan edi.
Xitoy endigina sanoatlashuv yo'Hga qadam qo'yganda xorijiy davlallar tomonidan talon-taroj qilinishi xalq ahvoliga og'ir ta'sir ko'rsatdi. Xitoyning to'g'ri taraqqiyot yo'liga olib chiqish haqida turli ilg'or ijtimoiy g'oyalar shakllandi.BuIarning hammasi yaxlit ma'noda XIX asr oxirlarida Xitoyda islohotchilik harakati deb ataldi.
Islohotchilar Xitoyning parchalanib ketish xavfini tushunar edilar. Eng xavfli dushmanlar- Yaponiya. Rossiya, Fransiya, Angliya va AQShning nayranglarini fosh qilardilar. Harakat g'oyaviy rahbarlaridan Kan Yu-vey, Lyaan Si-CHao, Mey Men-Xualar manjursin hukmdorlari nomiga memorandumlar yozib, isiohotlar qilinishini taklif etishdi. Shu davr ijtimoiy harakatlarida Sun Yat Sening o'rni alohida edi. U Xitoyni inqilob yoMiga yetaklagan «rahnamo» edi. Sun Yat Senning «Xitoy uyg'onish jamiyati» nomli tashkiloti manjurlarning Sin sulolasini ag'darib tashlab. Xitoyda demokratik milliy davlat to'zish uchun kurashar edi.Yapon-Xitoy urushidagi mag'lubiyat islohotchilik harakatini yanada «jonlantirdi». 1897 yili Kan Yu-veyning beshinchi murojaatiga javoban nihoyat impyerator islohot haqida farmon berdi. Impyerator farmoni bilan «100 kunlik islohotlar» davri boshlandi. Isiohotlar. Xitoyni kuchli. zamonaviy davlalga aylantirishga qaratitgan edi. Kan Yu-vey safdoshlari hukumatga kiritildi. Sanoat, transport, kon, xom- ashyo. qishloq xo'jaligi tarmoqlarini davlat qo'lida to'plashga harakat qilindi. Ammo bular eskilik tarafdori bo'lgan yuqori tabaqa zarbasiga uchradi.
1898 yil 21 sentyabrda islohotchilar dushman harbiy qismi boshliq to'da davlat to'ntarishi qilib, barcha islohotlarni bekor qildi. Impyerator Tuan Syuy qamab qo'yilib, idorasiz «qo'g'irchoq» podshohga aylantirildi. Islohotchilarning keng demokratik o'zgarishlar yo'liga chiqmaganliklari ularning mag'lubiyatiga sabab bo'ldi. Kan Yu-vey boshliq bu islohotchilar aslida impyerator hokimiyatini saqlab, uning ishtirokida davlatni qayta . to'zmoqchi edilar. Bu yo'l tub o'zgarishlarga olib borishi qiyin edi.

Xitoyda XX asr oxiridagi ijtimoiy harakatda «Ixetsyuan» (uni «ixetuan» deb ham yuritiladi) yashirin tashkilotining o'rni katta bo'ldi. Bu tashkilot tarixi XVII asrga, Xitoyni manjuriar bosib olgan davrga taqaladi. O'sha davrda «baylyanszyao» («Oq nilufar») yashirin tashkiloli lo'zilgan bo'lib, uning qanoti. «Ixetsyuan» (tinchlik va adolat uchun ko'tarilgan musht) deb atalar edi.«Ixetsyuan» lar manjur tsinlarini haydab chiqaramiz, chet elliklarni yo'qotamiz shiori bilan ish ko'rardilar.1899 yili ixeyutsan harakati qo'zg'olon tusini oldi. Bu tarixda «boksyorlar qd'zg'oloni» deb ham nom olgan edi. Qo'zg'olon markazi Shandun, Chjili viloyatlari edi. Tyansnzin rayonida qo:zg'olon alohida yutuqqa yerishdi. Ixetuanlar Yaponiyaga tovon to'lashni to'xtatish, Tayvanni Xitoyga birlashtirish kabi talablarni qo'ydilar, «CHet elliklar yo'qolsin, sotqin hokimlarning boshi chopilsin» shiorlari bilan chiqdilar. Sin hukumati qo'zg'olondan cho'chib qoldi. Chunki, ixetuanlar poytaxt va viloyatlarning qariyib yarmini qo'lga tutib turgan edilar. !900 yili hukumat qo'zg'olonchilarga qarshi yuborgan qo'shin yengildi.Qo'zg'olonchilarning yaxshi uyushgan otryadfari chet mamlakatlarning konsulhonalariga, savdogarlarga, missionyerlarga hujum qilib, Pekinga yurish boshladilar. Lyuyiun yonida hukumat qo'shinlari tor-mor etildi. Pekinda ixeluanlarning hokimiyati o'rnatildi.


Ixetuanlar qo'zg'olonini chet el kapilalislik doiralari Xitoyga bostirib kirish uchun bahonaga aylantirdilar. 1900 yil iyunda Xiloyning Dagu porti bosib olindi. Impyerator Guan Syuuning xotini Sisi bosqinchlarga qarshi urush e'lon qilib, xalqni urushga ko'larish o'rniga ixetuanlarga qarshi kurash boshlab yubordi. Ixetuanlar Pekinda chet el elchixonalarini o'rab oldilar. Germaniya elchisi va Yaponiya elchixonasining maslahatchisi o'ldirildi.Bu voqea Pekinga chet elliklar yurishi boshlanishiga bahona bo'ldi. Intyerventsiyada sakkiz davlat qatnashdi: Germaniya. Yaponiya, Italiya, AngJiya, AQSh, Fransiya. Rossiya va Avstriya-Vengriya. Ularning har biri Xitoyda kattaroq ulushga ega bo'lish maqsadini ko'zlar edi.Xitoyning markaziy va janubiy viloyatlari malika Sisi buyrug'iga itoat etmay chet elliklar uchun «ochib» berildi.1900 yil iyul oyida chel el intyerventlari yalpi hujumga o'tdilar, sin hukumati ularga qarshi ixetuanlarni urushga soldi. Maqsad qo'zg'olonchilardan urush bahonasi bilan qutulib olish edi. Xorijiy davlatlarning eng yangi harbiy texnika bilan qurollangan qo'shinlari birlashib, qo'zg'olonchilarga qarshi tashlandilar. Intyerventlar tinch aholini va qo'zg'olonchilarni shafqatsizlik bilan jazoladilar, shahar va qishloqlarni to'pga tutib yakson qildilar. xolin-qizlar, yosh bolalar va qariyalarni ham ayamadilar. Avgust oyida Pckin «qo'ldan ketdi». Xorijliklar shaharni va impyerator saroyini lalon-larqj qildilar. Manjur Sin hukumati qochib ketdi. Chet elliklar oddiy xalqdan qasos ola boshladilar.AQSh monopolistlari 90-yillarda Xitoyga bostirib kirishni o'zlariga asosiy maqsad qilib oldilar. Biroq, boshqa yirik davlallar Xitoyni o'z la'sir doiralariga «taqsimlab» olganliklari uchun AQSh tovarlarini ana shu «ta'sir doiralari»ga olib kirishga, so'ngra esa o'zining tanho hukmronligini o'rnatishga imkon byycradigan doktrina topishi zarur edi. 1899 yilning sentyabrida AQSh davlat kotibi Xeyning Angliya, Germaniya, Rossiya. Yaponiya, Fransiya va Italiyaga yuborgan bir mazmundagi notalarida targ'ib qilingan «ochiq eshiklar va teng im_koniyatlar» siyosatiga ana shu g'oya asos qilib olindi, hamda «xey doktrinasiw deb nom oldi.AQSh Xitoydagi mavjud «ta'sir doiralari»ni tan olishdan bosh tortmadi. Lekin AQSh tovarlari uchun ana shu ta'sir doiralari «eshigini ochiq» qilib qo'yishini. ya'ni savdo-sotiq erkinligini va teng imkoniyallar printsipini saqlab qolishni talab qildi. Bundan maqsad, Angliya, Rossiya, Yaponiya va boshqa davlatlar o'z tovarlari bilan savdo qilish uchun o'ziga hech qanday imtiyoz olmasligi kerak edi. O'zining iqtisodiy kuch-qudratiga ishongan Amerika kapitali Xitoydagi barcha raqiblarini yengishga umid bog:ladi.SHunday bir sharoitda boshlanib ketgan «boksyorlar» qo'zg'olonini bostirish uchun sakldz davlatning harbiy kuchlari birlashib, jazo ekspeditsiyasini to'zdilar. Shafqatsiz eksulpatatsiyaga qarshi ko'tarilgan shahar va qishloq kambag'allar ommasining bu qo'zg'olonini bostirishda AQSh faol qatnashdi. Sakkiz davlat Xitoyni asoratii shartnomada 1901 yil 7 sentyabrda imzolashga majbur qildi.SHarlnomada qo'zg'olonga qatnashgan mansabdor shaxslarni qatl etish yoki surgun qilish talab etildi. Shartnomada shuningdek, Pekin bilan dengiz sohili o'rlasidagi yo'llarni muhofaza qilish uchun chet davlatlarga Xitoyda o'z qo'shinlarini saqlashga ruxsat berildi. Bundan tashqari, horijliklarning Xitoydagi imtiyozlari ko'paydi. Nalijada Xitoy yanada himpyasiz bo'lib qoldi. Har qanday chiqishlar shafqatsizlik bilan bostirildi.Xorijiy bosqinchi kuchlarga qaratilgan «ixeluan» qo'zg'oloni natijasiz qolmadi. Mustamlakachilarni ehliyotkorlik bilan harakat qilishga majbur etdi.Xitoydan olingan tovon pulining 25 mln.dollarini AQSh oladigan bo'ldi. 1907 yilda AQSh tovon miqdorini kamaytirib, 10.785.286 dollarga keltirishga rozi bo'ldi. Biroq Xitoy hukumati Xitoydan AQShga borib o'qiyotgan Xitoylik talabalar uchun mo'ijallangan maxsus fondga shu pulni o'tkazib qo'yishi lozim edi. Bu Xitoy ziyolilarini «sotib olish» va ularni AQShning josuslariga aylantirish tizimini o'rnatish uchun qilingan harakat edi.AQSh Rossiyani o'zining Xitoydagi asosiy raqibi deb bilar, shuning uchun Angliya kabi Yaponiyani Rossiyaga qarshi gij-gijlar edi.XX asr boshlarida Xitoyda ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib ketdi. Manjurlarning Tsin sulolasi hukmronligi inqirozga yo'z tutdi.SHoshilinch ko'rilgan islohot choralari jamiyat ahvolini tubdan yaxshiladi. Xitoyda sanoat taraqqiyoti bilan unga to'siqqa aylangan yyer mulkchiligiga xos qoloq ishlab chiqarish munosabatlari o'rtasida ziddiyat chuqurlashmoqda edi. Omma orasida manjurlar boshqaruviga qarshi harakat kuchaydi. 1904-1905 yillardagi rus-yapon urushi, dunyodagi inqilobchilik harakati Xitoyga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Lekin bu harakat Xitoyning o'zida «siqib» tashlangan edi. Xorijiy davlatlar Xitoyda o'z mavqelarini mustahkamlab oldilar. Chet el kapitali ko'paydi. Chet elliklar Xitoydan juda ko'p foyda oldilar. Xitoy bozorlari chet el gazlamalari bilan to'lib ketdi. Xitoy milliy sanoati savdosi rivojlanishi ancha orqada qoldi. Shunday bo'lsada, XX asrning birinchi o'n yilligida 386 ta fabrika, shaxta, konlar ishga tushirildi. Har yili 50 tadan ko'proq korxona ishga tushirildi. Eksport 1901 yildan 1911 yilgacha 122 mln. dollardan 245 mln. dollarga o'sdi. Chet el kapitali 750 mln. dollardan 1650 mln. dollarga ko'paydi. 1900 yildan 1913 yilgacha xorij firmalari soni oshib, 2400 ga ycldi. Xitoyda yashovchi chet elliklarning soni 53 mingdan 165 mnga yetdi. Xorijiy davlatlar ichida Angliya tovar ayriboshlashda birinchi o'rinda (50 foiz) turar edi. 1914 yilga kelib Xitoy xorijiy davlatlardan 835 min. dollar qarz bo'lib qoldi. Hali ishchilar sinfi katta kuchga aylanmagan bo'lsa ham, unga a'zolar soni tobora o'sib bordi. Qishloqlarda dehqonlar fcodallar zulmi ostidajafo chekardilar.1905-1906 yillarda Xitoyda ijtimoiy harakat yanada kuchaydi. Konstitutsiya yaratishga urinishlar bo'ldi. Sin sulolasini saqlab, konstilutsion monarxiya hukumatini to'zish rejalari ishlandi. Sun Yat Sen tashkiloti konstilutsiyaviy - monarxiya haqidagi fikrlarni qoraladi. Sin sulolasini umuman yo'qotib, Respublika to'zish talabi quyildi; Bu chaqiriqlar manjurlarga qarshi harakalni yanada kuchaytirildi. Bu harakat, ayniqsa 1911 yili chet elliklardan Xankou-Sichuan, Xankou-Guanchojou tcmir yo'liari qurilishi uchun qarz olish haqida bitim to'zilgach, qurolli qarshilik tusini oldi.Sichuanda bu harakat avjga chiqdi. Hukumat qo'shinlari qo'zg'olonchilarni o'qqa lutdi. Bu voqea mamlakatda norozilikni kuchaytirdi.Xitoydagi ijtimoiy harakat manjurlar hokimiyatini tugatish maqsadlari bilan «Sinxay inqilobi» nomli voqealarga ulanib ketdi. Manjur ma'muriyatining qo'zg'olon harakati vakiliarini qidirish, tutib qatl etish kabi choralari xalqning sabr kosasini to'ldirdi.Uchan shahrida askarlar yotog'ini tintuv qilishga kirgan manjur ma'muriyati tarafdoriarini askarlar tutib o'ldirdilar. Qurol-aslaha omborini bosib oldilar. Boshqa qo'shin qismlari ham ularga qo'shildi. Inqilobchilar 11 oktyabrda Uchanni to'la qo'lga kiritdilar. Ular Respublika hukumati tuzdilar va barcha Xitoy viloyatlarini Respublika atrofida birlashishga chaqirdilar. Manjurlar sulolasi hukmronligi tugatilgan, deb e'lon qilindi. Xunan. Sheni, Szyansu, Chjenszyan, Guandun, Guansi, Chuichjou, Yunan, Shanxay, Shandun va boshqa viloyatlar ham manjur sulolasiga itoatdan chiqdilar. Shunday qilib, «Sinxay inqilobi» qurolli qo'zg'oion yo'li bilan Xitoyda XVII asrdan boshlab hukm surgan manjurlar hokimiyatini ag'darib tashladi.Inqilobchi -demokrat Sun Yat Sen (1866-1925) Xitoydagi milliy ozodlik harakatining atoqli arbobi edi. U Guanchjou (Kanton) yaqinida dehqon oilasida tavallud topdi. Sun Yat Sen 90-yillarning boshida Gonkong (Syangan)da ingliz tibbiyol institutini tamomladi. Bu ittifoq 1905 yil noyabrida «Minbao» (Xalq gazetasi)ni chiqara boshladi. «Ittifoq» Sun Yat Sen rahbarligida keng daslur qabul qildi. Dasturda Sin monarxiyasini ag'darib tashlash, Xitoyda Respublika ta'sis etish va yyerga egalik huquqini tenglashlirish, muslaqillikni tiklash, rnillatparvarlik, demokratiya va xalq farovonligi talab etiigan edi. Sun Yat Senning agrar dasturi yyer olishga «tashna» bo'lgan dehqonlar ommasining orzu-tilaklarini ifoda etar edi. Sun Yat Sen ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sust taraqqiy etgan Xitoyda yyerga egalik huquqini tcnglashlirish yo'li bilan ijtimoiy adolatli to'zum yaratish mumkin, degan fikrda edi. Sun Yat Sen muttasil ta'qib ostida bo'lgani uchun ham tez-tez Xitoydan chiqib ketishga majbur bo'lardi. U Yaponiya, AQSh, Angliya va boshqa mamlakatlarda muhojirlikda bo'lib, ko'p sonli Xitoy muhojirlari orasidan o'ziga tarafdorlar jalb qildi.1911 yil oxiriga kelib, Xitoyning barcha janubiy va markaziy viloyatlari qo'zg'olonchilarning la'sirida edi. 1911 yil 25 dekabrda ko'p yillik muhojirlikdan so'ng Sun Yat Sen Xitoyga qaytib keldi. Uni Xitoy xalqi xursandchilik bilan kutib oldi. 29 dekabrda Nankinda inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat milliy majlisi to'plandi. Millat majlisi Xitoyni Respublika, deb e'lon qildi va muhojirlikdan qaytib kelgan Sun Yat Senni Xitoy Respublikasining vaqtincha Prezidenti qilib sayladi. 1912 yil 1 yanvardan Sun Yat Sen o'z Prezidentlik vazifasini bajarishga kirishdi. Millat majlisi vaqtincha qabul qilingan Konstituttsiyada barcha fuqarolarning tengligi va turli demokratik erkinliklar e'lon qilinsa-da, dehqonlarning orzu-tilaklarini ifoda etuvchi «yerga egalik qilishda teng huquqli bo'lish» shiori Konstitutsiyada ham, millat majlisining ko'rgan chora tadbirlarida ham o'z aksini topmadi. Lekin dehqonlar o'zlaricha tashabbus ko'rsatib, pomeshchiklarga ijara haqi to'lashdan bosh tortdilar. Chunk! ko'pchilik viloyatlarning rahbarlari inqilobchi demokratlar emas, balki liberal kayfiyatdagi pomeshchiklar va burjuaziya vakillari edi. Ular «Birlashgan lnifoq»qa kirib uning qarorlarini bajarmay, katta salbiy ta'sir ko'rsatdilar. Bundan tashqari.-Sun Yat Senning ko'plab sodiq safdoshlari ham liberallar tomonga o'tib ketishdi. Sun Yat Senning o'zi ham ularning tazyiqi bilan o'z dasturining asosiy bandidan- yyerga egalik qilishda teng huquqli bo'lisb talabidan voz kechdi.SHanxayda 1911 yil dekabr oyining o'rtalari Pekindagi impyeralor hukumatining boshlig'i Yuan Shikay vakiilari bilan inqilobiy ruhdagi janub dclegatsiyasi o'rtasida mo'zokaralar bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, Pekin hukumati inqilobchilarni umumiy avf etishni va mamlakatda konstitutsiyaviy to'zum o'rnatishni va'da qildi. Qo'zg'olonchi Janub vakillari Sin sulolasini ag'darib tashlashni Respublika e'lon qilishni qat'iy talab qilishdi. Yevropa davlatlari va AQSh 20 dekabrda Shanxayda mo'zokaralar olib borayotgan vakillarga po'pisa qilib, mo'zokaralarda zudlik bilan murosaga kelishni va fuqarolar urushini to'xtatishni taklif qildilar. Chet el monopolistlari Xiloydagi o'zlarining moddiy manfaatlari va xavfsizligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishi bahonasida o'z lakliflarini bildirdilar. Ular diplomatik yo'l bilan aralashganlari holda o'z harbiy kemalarini ayni paytda Yansizi daryosiga kiritib, to'plarini inqilobiy Uchan va Xankau shaharlariga to'g'rilab qo'ydilar. Xorijlik bosqinchilar Xitoydagi inqilobni qurol kuchi bilan bostirish maqsadida o'z kuchlarini birlashtirishga yycrishgan edilar.Rivqjlangan xorijiy davlatlarning Pekin hukumatini qo'llab-quvvatiashidan maqsadi Xitoyning ichki ishlariga o'z bilganicha aralashish edi. Biroq, bu Xitoyda umumiy norozilik mitinglari o'tkazilishiga sabab bo'ldi. Xitoyliklar mitinglarda chet el tovarlarini boykot qilish to'g'risida qarorlar qabui qildilar.Liberallar Pekin hukumatining Bosh vaziri. reaktsion genyeral va yirik amaldor Yuan Shikay bilan bitim to'zdilar. U qal'iyatsiz amalparast kishi edi.Pekin Saroy ahli unga monarxiyaning homiysi-xaloskori deb qarar edi. Yuan Shikay inqilobiy harakatning tazyiqi bilan 1912 yil 12 fevral kuni Sin sulolasining taxtdan voz kechishiga yerishdi. Buning evaziga u liberallardan o'zini rcspublika Prezidenti qilib saylash haqidagi va'dani oldi. Yuan Shikay Nankinda hukumat to'zdi.Bu paytda xorijiy davlatlar ham Xitoyning ichki ishlariga aralashib, Sun Yat Senning hukumat «tepasidan» ketishini ochiqdan-ochiq talab qildilar. Liberallar ham Sun Yat Senga oshkora tazyiq o'tkazib, prezidentlikdan Yuan Shikay hisobiga voz kechishni so'radilar. Chunki liberallar inqilobning yana davom elishini xohlamas edilar.Xorijiy davlatlar esa reaktsiya kuchlarini quvvatlab turdilar va Xitoyga intyervensiya uyushtirishga oshkora tayyorgarlik ko'ra boshladilar. Xitoyga qarshi intyervensiya xavfi ostida 1912 yil 1 aprelida Sun Yat Sen prezidenttik lavozimini Yuan Shikayga topshirishga majbur bo'ldi.
Hokimiyat «tepasiga» kelgan Yuan Shikay demokratik erkinliklarni «oyoq osti» qilib reaktsion yo'lga kirdi. U avval ishni inqilob qo'shinlarini butunlay qurolsizlantirishdan boshladi. Isyonkor dehqonlar qishloqlariga jazo otryadlarini yuborib inqilobehilarni ta'qib qila boshladi. Ishchilarning kasaba uyushmaiari tarqatib yuborildi.Hukumatga qarshi to'zilgan bar qanday guruh a'zolarining taqdiri o'lim bilan yakunlanardi. Mamlakatdan ilg'or fikrli kishilar yashlrin chiqib keta boshladilar. Har bir qishloqda jazo ekspeditsiyasi ish ko'radigan bo'ldi. Reaktsiya kuchaydi.
Ayni vaqtda «Birlashgan ittifoq» bilan liberal guruhlar qo'shilib, 1912 yil avgustda Gomindan (Milliy partiya)ni to'zdilar. Partiya boshqaruvi raisligiga Sun Yat Sen saylandi. Gomindan Xitoy pomeshchiklarining hujumiga konstitutsiya ishlab chiqish va parlamenl chaqirish yo'li bilan halaqit berishga urindi. Gomindan partiyasining dasturida dcmokratik talablaryo'q edi.
1912 yilda bo'lib o'tgan prezident saylovlarida Yuan Shikay reaktsiya yo'liga o'tib nomzodlarni kamsita boshladi. Konstitutsiyaga ko'ra, Gomindan partiyasi o'z hukumatinK to'zishga haqli edi. Yuan Shikay Gomindanning prezidentlikka nomzod bo'lgan vakili Sun Szyao-CHjenni yashirin qatl ettirib yubordi.
Mamlakatda tyerrorning kuchayishi Yuan Shikayning kimligini oshkor etdi. Aksil inqilobning g'alabasidan ruhlangan Yuan Shikay o'zini rivojlangan xorijiy davlatlar qo'liab-quvvatlashi uchun harakat boshlab, yubordi. Uning diklatura o'rnalishga bo'lgan birinchi qadami parlamentni tarqalib yuborish bo'ldi. So'ngra millat majlisiga po'pisa qilib, o'zini besh yil muddalga Prezidenl qilib saylashga majbur qildi. Aprelda Yuan Shikay rivojlangan monopolistik davlatlar bilan yangi asoratli qarz to'g'risida shartnoma imzoladi. Shundan so'ng xorijiy davlatlar Xitoy Respublikasini tan olganliklarini ma'lum qildilar. Xiloyning iqlisodiy ahvoli og'irlashdi. Sun Yat Sen Xitoy xalqini qo'zg'olon boshlashga undadi. 1913 yi) yozida Xiloyning janubida hukumatning reaktsion siyosatiga qarshi «Ikkinchi inqilob» deb nomlangan qo'zg'olon boshlanib ketdi. Qo'zg'olonga Sun Yat Sen boshchilik qildi. Biroq kuchlar teng bo'Imaganligi, qo'zg'olonchilar zamonaviy qurollar bilan ta'minlanmaganliklari tufayli, chet davlatlardan harbiy madad olgan hukumat qo'shinlari tomonidan «Ikkinchi, inqilob» harakati tor-mor etildi.
1914 yil mart oyida Yuan Shikay Konstitutsiyaviy kengash chaqirdi. Unda «Yangi Xitoy Konstitutsiyasi» qabul qilindi. To'plangan odamlar lining so'zini «ikki» qilmaydiganlar edi. Yuan Shikay Prezident sifatida eheklanmagan hokimiyatga ega bo'ldi. Harbiy diktatura o'rnalildi. Respublika boshqaruv organlari tugatildi. Bu hoi amalda 1911 yilgi «Sinxay inqilobi»ning mag'lubiyati edi.Yuan Shikay diktaturasi armiyaga va eski davlat ma'muriy idoralarining vakillariga suyandi. Sun Yal Sen Yaponiyaga ketib u yyerda «Xitoy inqilobiy» (CHjun Xua -gomindan) partiyasini to'zdi.Boshlanib ketgan birinchi jahon urushi Xitoyning Yaponiyaga qaramligini kuchaytirdi. Buning ustiga Yuan Shikayning xalqqa qarshi siyosati Xitoyda qator qo'zg'olonlarga sabab boldi. Chunki, Yuan Shikay impyeratorlik tojini kiyib, Xitoyda podsholik to'zimini o'rnatishni o'ylab qolgan edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Vasilev L.S. Istoriya Vostovka. V2t. M. 1998. Tl-2
2.Ilyushechkin V.P. Krestyanskaya voyna taypinov. M.1998
3.Fan Ven Lan Navayaisshoriya Novaya istoriya Kitaya. M., Nauka, 1972.
4.Vneshnyaya politika Gosudarstva Tsinn. M., Nauka, 197

Saytdagi ilmiy maqolalar


5. www. Press_service_uz
6. www.uza.uz
7. www. mfa.uz

Xulosa
Mazkur XIX asrda Xitoyning ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli mavzusini o'rganish jarayonida aholining ijtimoiy ahvoli, yashash sharoiti, qo'zg'alonga sabab bo'layotgan muammolar va ularni bartaraf etishdan qanday yo'ldan foydalangaigi haqida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ldim. Bu i mavzu bo'yicha xitoy olimlari hamda jahon olimlarining Xitoyning bu davrdagi tarixi haqida fikrlari bilan tanishdim. Aholi o'rtasida kelib chiqqan qo'zg'alonga asosiy sabab yerning boylar qo'lida to'planganligi ekan. Menimcha nafaqat Xitoyda balki dunyoning istalgan davlatida yer-mulkchilik munosabati to'g'ri taqsimlansa, yerdan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratib berilsa, aholini o'rtasida hech qanday qo'zg'alonlar kelib chiqmasa kerak deb o'ylayman. Qo'zg'alon natijasini bartaraf etishda hech qanday hukumat a'zosiga qiyin bo'lmadi, barcha qiyinchiliklar faqat aholi o'rtasida bo'ldi.




1 Shuhrat Ergashov Jahon tarixi 1800-1918 yillar Toshkent “Ozbekiston” 2015 yil

2 Еlisef V. i Еliseeff D. Sivilizatsi klassichekogo Kitaya. M, 2007.



Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin