LABORATORIYA ISHI – 13 Bir razryadli yetti segmentli indikator. Arduino MK orqali raqamlarni indikatorga chiqarish Nazariy qism: Yorug‘lik diodili yetti segmentli indikator guruh yorug‘lik diodlaridan iborat bо‘lib, ma’lum tartibda joylashgan va konstruktiv jihatdan bilashtirilgan. Yorug‘lik diodining ulanish nuqtalari a dan g harflarigacha rusumlangan (va qо‘shimcha dp harflari bilan belgilangan, ular о‘nlik nuqtalarni aks ettirish uchun) va bitta umumiy chiqish, u indikator ulanish turini aniqlaydi (OA umumiy anodli ulanish yoki OK umumiy katodli ulanish). Bir necha yorug‘lik diodlarni bir vaqtda yoqib indikatorda raqamlarni hosil qilish mumkin. Bir razryadli yetti segmentli indikator sxemasi birinchi chizmada berilgan. Bir razryadli yetti segmentli yorug‘lik diodidagi indikatorni Arduino ga ulash uchun 7 ta raqamli oyoqchalarni ishlatiladi, indikatorning a – g ulanish nuqtalarining har biri 470 Om qiymatli cheklovchi qarshilik orqali Arduino ning oyoqchalariga ulanadi. Amaliy ishda yetti segmentli indikatorni OK umumiy katodli ulanishi ishlatiladi, umumiy sim yerga ulanadi. Bir razryadli yetti segmentli indikatorni Arduino platasiga ulanishi quyidagi chizmada keltirilgan:
Sxemani yaratib olishimiz uchun bizga quyidagilar kerak bo'ladi:
Amaliy qism: 1. Arduino platformasida bir razryadli yetti segmentli indikator sxemasi. Quyida sxema ishga tushganidan 1; 5 va 9 soniya o’tganidan keyingi holatlari:
3. Dasturning kodi quyidagi rasmda keltirilgan:
Xulosa Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, ushbu laboratoriya ishini bajarish mobaynida men arduino platformasida bir razryadli yetti segmentli indikator sxemasi hamda raqamlarni indikatorga chiqarish sxemalarini o’rgandim. Bunday sxemalarni yaratishning turli xil variantlari bilan tanishib chiqdim va to’liq ma’lumotga ega bo’ldim.