LABORATORIYA ISHI №7
PO'LAT QUVURLAR KATODLI HIMOYASI
Ishning maqsadi:
Po'lat quvur uzunligi bo'yicha himoya potensialining so'nish
koeffisientini aniqlash usuli bilan tanishish, katod himoyasi to'g'risidagi
nazariy bilimlarni
mustahkamlash.
Laboratoriya bajarish uchun kerakli jihozlar:
tuproq, yer osti quvuri, yerga ko'milgan
anod, o'lchash qurilmasi, o'lchash simlari.
7.1. Nazariy tushunchalar.
Katodli himoya usuli erga ko'milgan quvurlarning shikastlangan
joylarini korroziyadan
himoya qilish uchun qo'llaniladi. Kuvurga doimiy tok manbaining manfiy qutbi ulanadi. Tok
manbaining musbat qutbi anodli erga tutashuvga ulanadi. Tok manbai qo'shilganda elektr zanjiri
hosil bo'ladi va quvurning shikastlangan ochiq joylarida katod qutblanishi jarayoni hosil bo'ladi.
Quvurni tashqi tok bilan katodli qutblanish uchun katod himoya stansiyalari (KНS)
qo'llaniladi. KНS tarkibiga doimiy tok manbalari, anodli erga tutashuv, quvurning katodli ustuni,
biriktiruvchi elektr simlar erga ulangan himoya qiluvchi simlar kiradi.
Katod himoyasi stansiyalari elektr toki manbai bilan ta'minlash uchun to'g'rilagich
qurilmalar yoki akkumulyatorlar foydalaniladi. Anodli erga tutashuv sifatida temir – kremniyli,
po'latdan tayyorlangan elektrodlar ishlatiladi. Chuqur va tik joylashgan quvurlar uchun po'lat
quvur ichida joylashtirilgan va atrofi koks bilan to'ldirilgan temir – kremniy elektrodli,
chuqur
vertikal anodli erga tutashuvlar qo'llaniladi.
Amaliy ma'lumotlarga ko'ra, er osti quvurlari manfiy zaryadlansa (qutblansa), ya'ni "Yer-
quvur" potensialining qiymati (MSE bo'yicha) -0,85V dan -1,1 V atrofida bo'lsa, ularda
elektrokimyoviy korroziya jarayoni sodir bo'lmaydi. Quvurlarni manfiy qutblash o'zgarmas tok
manbalari orqali amalga oshiriladi.
Katod stansiyasini quvurga ulangan joyida himoya potensialining qiymati (E
him.max
) -1,1 V
va uning uzunligining oxirgi nuqtalarda potensial qiymati (E
him.min
)
-0,85 V ga teng bo'ladi. Ayrim sharoitlarda himoya potensiallari qiymatlari yuvori bo'lishlari ham
mumkin. Katod stansiyalari orqali hosil qilingan himoya potensialining quvur uzunligi bo'yicha
o'zgarishi izolyasiya qoplamasining holatiga, o'rab turgan muhitning solishtirma qarshiligiga, muhit
rN iga, quvur va erga ulangan anodning geometrik o'lchamlariga hamda ular orasidagi masofalarga
bogliq. Ta'sir etuvchi omillarning ko'pligini, tok va potensialni quvur uzunligi bo'yicha ma'lum
qonun asosida taqsimlanishini (so'nishini) matematik hisoblash orqali aniqlash qiyin.
Shularni
hisobga olib, himoya potensiallarining quvur uzunligi bo'yicha o'zgarishi amaliy
o'lchovlar orqali aniqlab, natijalariga ko'ra uning so'nishini (taqsimlanish doimiyligini) ifodalovchi
koeffisient (
) hisoblanadi:
α =
EX
EX
x
x
0
0
lg
3
,
2
; 1/m (1)
bu yerda: X0- katod stansiyasining quvurga ulangan nuqtasi;
ΔYEX0- Xo
nuqtadagi potensial qiymati;
ΔYEx- X nuqtadagi potensial qiymati.
α - ning o'zgarish qiymati qanchalik kichik bo'lsa, katod stansiyasining himoya qilish uzunligi
shunchalik katta bo'ladi.