MS DOS operatsion sistemasi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
BIOS (Basic Input-Output System), (Kiritish-chiqarishning asosiy tizimsi). Bu kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan. Uning vazifasi axborotlarni kiritish va chiqarish bilan boglik bo’lgan eng sodda va universal xizmatlarni bajarishdan iborat.
Operatsion tizimning yo’qlovchisi. Bu tizim juda kiska dastur bo’lib, u MS DOSli disketaning birinchi sektorida joylashadi va uning vazifasi MS DOSning kolgan ikki modulini ukishdan iborat.
io.sys va msdos.sys tizimli fayllar. Ularni operatsion tizim yo’qlovchisi xotiraga kuchiradi va kompyuter xotirasida doimo saqlaydi. io.sys (INPUT-OUTPUT) BIOSning xotiradagi davomi hisoblanadi. msdos.sys DOSning yuqori darajadagi vazifalarini bajaradi.
MS DOSning buyruq protsessori foydalanuvchi kiritgan komandalarni kayta ishlaydi. Buyruq protsessori OS yo’qlanayotgan disketaning command.com faylida joylashadi.
MS DOSning tashki komandalari - OS bilan birgalikda yo’qlanadigan alohida fayllardagi dasturlardir. Bu dasturlar xizmatchi vazifasini bajaradi, masalan, disketalarni formatlash, disketalarni tekshirish va xokazo.
Qurilmalar drayverlari MS DOSning kiritish-chiqarish tizimsini tuldiradi, yangi qurilmalarning ishini ta‘minlaydi , mavjud bo’lgan qurilmalarning nostandart ishlatilishini ta‘minlaydi. Drayver nomi config.sys faylida ko’rsatiladi.