С:\> – С disk, tub katalog;
C:\NC > – C:. diskdagi NC katalog tushiniladi.
DOS taklif satri komandalar satri deb ataladi. Komandani kiritish uchun uni komandalar satriga klaviaturadan terib [Enter] tugmachasini bosish kerak. DOS komandalari lotin alifbosida teriladi.
Komandalarni kiritishda quyiidagi tugmachalardan xatolarni to’g’rilash uchun foydalanish mumkin:
[Del] – joriy belgini olib tashlaydi,
[Backspace] – kursordan chapdagi belgini uchiradi,
[Ins] – almashtirish rejimini kushadi yoki uchiradi,
[Esc] – komandani butunlay uchiradi,
[F3] – komandalar satriga avvalgi komandani chakiradi.
Ba‘zi hollarda dastur ishini To’xtatish zarur bo’ladi. Masalan, dastur noto’g’ri bajarilayotgan bo’lsa yoki kompyuter “osilib “ kolsa ( ya‘ni tugmachalar bosilishiga kompyuter e‘tibor bermasa), dastur ishini To’xtatishi lozim bo’ladi.
Buning uchun [Ctrl] va [Break] yoki [Ctrl] va [C] ni bosish kerak. Agar bu yordam bermasa, [Ctrl]+[Alt]+[Del] ni klavishlarini bosib, MS DOS kaytadan yo’qlanadi. Agar bu ham yordam bermasa, kompyuter uchirib yoqiladi.
MS DOSning buyruqlari (kamondalari) ichki va tashki komandalarga bulinadi. Ichki komandalar command.com faylida mujassamlashgan bo’lsa, tashki buyruqlar alohida-alohida fayl ko’rinishida bo’lib odatda DOS yoki WINDOWS katalogining COMMAND ichki katalogida joylashgan bo’ladi. Shu komandalarni bir nechasini ko’rib o’tamiz.
MS DOS ning ichki buyruqlari
BREAK – kompyuter ishini to’xtatish
CD – joriy diskni o’zgartirish yoki ko’rsatish
CLS – ekranni tozalash
COPY – fayllardan nusxa olish
CTTY – MSDOS buyruqlari uchun kiritish chiqarish qurilmalarini o’zgartirish
DATE – joriy kuni aniqlash yoki o’zgartirish
DEL – fayllarni uchirish
DIR – joriy katalogdagi fayllar ro’yxatini ekranga chiqarish
ECNO – buyruq faylidan axborot berish
EXIT – command.com ishini tugallash
FOR – takrorlash buyrugi
MD – yangi katalog tuzish
REN – fayl nomini o’zgartirish
RD – katalogni uchirish
SET – uzgaruvchini belgilash
TIME – joriy vaqtni ko’rish yoki o’zgartirish
TYPE – faylni ekranga chiqarish
VER – MSDOS versiyasini ko’rsatish
VERIFY – diskka yozish jarayonini tekshirish holatini o’rnatish yoki voz kechish
VOL – formatlash jarayonida diskka quyilgan belgini ko’rish.
Dostları ilə paylaş: |