22.125-guruh kursanti AZAMATOV JAVOHIRNING Harbiy topogirafiya fanidan tayyorlagan taqdimoti 10-Mavzu Bo‘linmada tuziladigan jangovar grafik hujjatlar tasifi. Ularning vazifasi, tuzish, rasmiylashtirishning umumiy qoidalari, ularni ishlab chiqishga asosiy talablar. Reja 1 Joyning chizmasini va oddiy jangovar grafik xujjatlarni tuzish. 2 Ko‘z chamalab tasvirlash usulida joyning sxemasini tuzish. 1 Joyning chizmasini va oddiy jangovar grafik xujjatlarni tuzish. Joyning sxemasi – bu yaqinlashgan o‘xshashlik bilan tegishli maxalliy jismlar, shuningdek relg‘efni aloxida elementlari tushirilgan chizma. CHizmada (sxemada) maxalliy jismlar topografik shartli belgilar, balandliklar va chuqurliklar – bir nechta tutashgan yotiq chiziqlar, tizmalar va pastlik erlar esa – shu relg‘ef shakllari tuzulishini ko‘rsatuvchi yotiq chiziq bo‘laklari bilan tasvilanadi. Bunda ishni tezlashtirish maqsadida ayrim maxalliy jismlar shartli belgilari tuzulishi soddalashtiriladi.
1-o‘rmon; 2-chakalakzor; 3-axoli yashash maskani; 4 –ko‘tarilgan yo‘l qismi, 5- buzilgan ko‘prik, 6 – qazilgan joy, 7-jarlik, 8 –qo‘rg‘on, 9-chuqurlik, 10- tog‘ va pastqam er. 2 Ko‘z chamalab tasvirlash usulida joyning sxemasini tuzish. Ko‘z chamalab tasvirlash uchun kompas, uzun chizg‘ich, qalam, o‘chirg‘ich va qattiq karton yoki faneraga yopishtirilgan toza qog‘oz varag‘i bo‘lishi kerak. Ayrim xollarda tasvirlanishni tez o‘tkazish kerak bo‘lsa va bunda unchalik sinchkovlik talab qilinmasa, u faqat qog‘oz va qalam yordamida bajarilishi mumkin. Joyning chizmalarini tuzishda qo‘llaniladigan ko‘z chamalab tasvirlashni ayrim usullarini ko‘rib chiqamiz
Bitta turgan nuqtadan tasvirlash – chizmada joyning bevosita turgan nuqta atrofida yoki berilgan bo‘lakda joylashgan, katta bo‘lmagan maydonni ko‘rsatish talab qilinganda qo‘llaniladi.Bu xolda, tasvirlash aylana to‘g‘rilash usuli bilan quyidagi tartibda bajariladi; (82-rasm)
- qog‘oz varag‘iga, tasvirlanayotgan maydon tushadigan qilib o‘zi turgan nuqta belgilanadi;
- agarda biz tasvirlanayotgan maydonni o‘rtasida turgan bo‘lsak, turgan nuqta xam varaq o‘rtasiga, agarda biz maydonni burchaklaridan birida yoki qirg‘og‘ida turgan bo‘lsak, unda nuqta xam qog‘oz varag‘ida o‘ziga tegishli joyga qo‘yiladi;
Yo‘lda daryogacha yurib to‘xtaladi va yo‘llar tutashgan joydan xarakat yo‘nalishi bo‘yicha bosib o‘tilgna masofa, yurish chizig‘iga tushiriladi. Bu nuqta to‘xtash nuqtasi bo‘ladi va shuning bilan bir vaqtda u daryoni joylashuvini ko‘rsatadi. Planshetni mo‘jallashtirib, daryoni birinchi stansiyada tasvirlangan qismidan turgan nuqtagacha va u yog‘i sharqqa qarab chizish davom etiladi; daryo yoniga uni oqim yo‘nalishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichi qo‘yiladi; keyin daryoning janubiy qirg‘oq bo‘ylaridagi chakalaklar, o‘t o‘simlik botqoq qismi, o‘rmon cheti va dala yo‘li tasvirlanadi. Qiyalikni balandligini va tikligini ko‘z bilan baxolab qo‘shimcha bitta daryoni shimoliy qirg‘og‘i va bitta janubiy bo‘yicha o‘rmon chetini yonidan yotiq chiziq bo‘laklari o‘tkaziladi. Xarakatni davom ettirib, o‘rmon cheti dala yo‘lidan ayrilgan joy belgilanadi, so‘ng esa uchinchi stansiyaga – aloxida daraxt bo‘lgan balandlikka o‘tiladi.
Stansiyani yaqin atrofidagi maxalliy jismlar va relg‘ef shakillarini planshetga tushirgandan keyin, yurish chizig‘i bo‘yicha xarakatlanib, geodezik maskani bo‘lgan balandlik qarshisida to‘xtaladi, joydagi to‘xtash nuqtasini yodda tutib u chizmada belgilanadi (yurish chizig‘i bo‘yicha) geodezik maskani bo‘lgan balandlikka kiriladi. Maskan yonida turib, geodezik maskani bo‘lgan balandlikka yaqin bo‘lgan maxalliy joylar va relg‘ef shakillari chizmaga tushiriladi. So‘ng qaytadan yurish chizig‘iga chiqiladi va unda xarakatda jarlik chizmaga tushiriladi.
Ko‘prikka yaqinlashganda, saroy va aloxida yotgan tosh bitta chizig‘da (stvorda) joylashganligi belgilanadi.
Planshetda deyarli to‘la tuzilgan chizma (sxema) bo‘lganda, shunday joy tanlanadiki, u erdan butun maydon ko‘rinishi kerak. Bizning misolda bunday joy ko‘rg‘on bo‘ladi. Bu erda joyning chizmasi (sxema) oxirigacha tuziladi