Guruh loyiha ishi mavzu biznes korxonalarining asosiy fondlari -fayllar.org
Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang’ich qiymat bo’yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo’lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog’liq bo’lgan-ularni keltirish, o’rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang’ich qiymati – bu, korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma’lum bir sanada sotib olgan va bu haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir.