Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash
Asosiy fondlarni ish bilanta’minlash darajasi
Mehnat qurollarining sifati
Xodimlar malakasining darajasi
Asosiy fondlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish
Ishlab chiqarish shart-sharoitlari
Jismoniy eskirishi
Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish qiymatining pasayishi
Asosiy fondlar(texnika)ning ishlab chiqarish darajasi yuqoriroq bo’lgan turlaridan foydalanish
Ma’naviy eskirishi
Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash
Asosiy fondlarni boshlang’ich yoki tiklanish qiymati bo’yicha baholashdan tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy (moddiy) eskirish asosiy fondlarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida yo’qotishdan yuzaga keladi. U asosan bir xilda kechmaydi hamda ko’p jihatdan iqlimning ta’siri, asosiy fondlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, jumladan, xodimlarning malakasiga ham bog’liq bo’ladi. Jismoniy eskirishni (IF) quyidagi formula asosida hisoblab topish mumkin:
IF= yoki IF=
Bu yerda:
Tf - asosiy fondlarning haqiqiy xizmat qiluvchi muddati;
Tn - asosiy fondlar xizmat qilishi kerak bo’lgan normativ muddat;
I - hisoblangan amortizasiya summasi (eskirish summasi);
Ps – asosiy fondlarning boshlang’ich(qayta tashkil qilish) qiymati.