Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish usullari



Yüklə 13,88 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü13,88 Kb.
#201247
ilmiy tadqiqot 3

402-guruh talabasi Raxmanov Zokir Mavzu “Biologiya“Fanidan umumiy o’rta talim maktablarida o’quvchilarni ilmi , amaliy tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakillantirish usullari

  • Reja:
  • 1.Biologiyadan dala amaliyotida talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish

    2.Pedagogik amaliyot jarayonida ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish.

  • 2.Ekologik tadqiqotlarning ilmiy tadqiqot jarayonidagiroli.
  • 3.Maktab ta’limida o‘quvchilarning ilmiy tadqiqiot faoliyatini tashkil etish yo‘llari.
  • Olam yaralibdiki, taraqqiyotda, o‘zgarishda, u inson ongi, tafakkuridan tashqarida mavjud. Inson tomonidan ana shu mavjudlikni o‘rganish, tadqiq etish, undagi voqeliklarni tahlil qilish natijasida asrlar davomida ma’lumotlar yig‘ilib, qayta o‘rganilib, amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda. Bu insonning hayotiy faoliyati, ilmiy faoliyati natijasidir. Darhaqiqat, ilm - voqelik haqidagi ob’ektiv bilimlarni rivojlantirish va tizimlashtirishga qaratilgan inson faoliyati sohasidir. Ushbu faoliyat faktlarni to‘plash, ularni muntazam yangilab borish, tizimlashtirish va tanqidiy tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.Oliy ta’limda pedagogik jarayon bevosita ilmiy tadqiqot bilan uzviy bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Ayniqsa o‘qitish o‘quv-izlanish xarakteriga ega bo‘lsa, talabalar mustaqil ishlash jarayonida tadqiqotchilik kompetensiyalarni egallab boradi. Shu maqsadda biologiya o‘qitish metodikasi bo‘yicha OTM dasturi asosida ilmiy tadqiqot mazusi aniqlanadi. Ma’lum ko‘nikmalarni egallash bilan birga talaba avval tanlangan mavzu yoki yangi mavzu asosida tadqiqot ishini davom ettirishi mumkin. Tadqiq etilayotgan muammo tarixini metodik fanlar rivojlanishining zamonaviy bosqichida va maktab amaliyotida chuqur o‘rganish, masalaning hozirgi holatini aniqlash asosida o‘quv jarayonini, turli xil o‘qitish vositalarini va tashkiliy shakllarini takomillashtirish zarur.
  • OTMlarda talabalar bilan turli loyihalar ustida tadqiqot ishlar olib borishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Masalan, tibbiyot zulugini ko‘paytirish, biogumus tayyorlash, biogaz olish jarayonlarini o‘rganish esa talabalardan konstruktorlik ishlarini amalga oshirishni talab qiladi. Bu esa uchinchi tasnifga mansub tadqiqot ishi hisoblanadi va bunday tadqiqot ishlarining muvaffaqiyatli natijasi iqtisodiy samara berishi bilan xarakterlanadi. Xulosa qilib aytganda, ilmiy tadqiqotlar qanday maqsadga qaratilganligi va ilmiy jihatdan murakkabligi, chuqurligi bo‘yicha uch asosiy turda: fundamental (nazariy), amaliy va tajriba (eksperiment), konstruktorlik ishlanmalari sifatida tasniflanadi. ITIlarni bajarish jarayoni olti asosiy bosqichni o‘z ichiga olsa, tajriba konstruktorlik ishlari esa 7 bosqichda amalga oshadi. Ilmiy tadqiqot ishlarning barcha turlari ishlab chiqarishga joriy etish bilan yakunlanadi va bu jarayonda o‘z samaradorligini, raqobatbardoshligini ko‘rsatadi.Yuqorida qayd etilgan uchta tasnifga mansub ilmiy tadqoqot ishlari OTM talabalari tomonidan fanlarni o‘zlashtirish, talabalar ilmiy jamiyati, ilmiy to‘garaklarga qatnashish, kurs ishlarini bajarish, dala va o‘quv amaliyoti va bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertasiyalari ustida ish olib borish jarayonida amalga oshiriladi. Zamonaviy o‘qituvchi odatda sinf o‘quvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishni yaxshi biladi, lekin har doim ham pedagogik o‘zaro ta’sir samaradorligini aniqlash, “teskari aloqa”ni tahlil qilish, maktab o‘quvchilarining bilim faolligini va mazmuni, shakllari, o‘qitish vositalari va usullari bilan bog‘liq boshqa uslubiy masalalarni baholash imkoniyatiga ega emas.
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda 1-3 kurslarda chet tilini o‘rganishdan oqilona foydalanish, shu maqsadda metodik materiallarni qamrab olish talabalarning kasbiy tayyorgarligini sezilarli darajada yaxshilashga imkon beradi.Bizning tajribamizga ko‘ra Biologiya kafedrasi rus, ingliz va fransuz tillarida maxsus adabiyotlarni tanlab oldi, undan talabalar quyidagi mavzular ustida ishlashda foydalanganlar: “Xorijiy davlatlarda biologiya o‘qitish metodikasi sohasidagi yangiliklar”; “Xorijiy va miliy biologiya darsliklarida o‘quv matni va rasmlarning muvofiqligi”; “Xorijiy va milliy darsliklarning tarkibiy tuzilishi tahlili” va boshqalar.3-kurs talabalarini ushbu ish bilan tanishtirdik, mavzuga mos keladigan tarjima uchun adabiyotlarni aniqladik.Talabalarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularga o‘qituvchilik faoliyatiga ijodiy yondashuvni tarkib toptirish, kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash imkoniyati ortdi. Biologiya darslarida ob’ektlar va jarayonlarning xilma-xilligi tadqiqotchilik faoliyati uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishda talabalarning qoldirilgan darslarini qayta topshirishda berilgan mavzu asosida mustaqil tadqiqot olib borish, natijalarni qayd etish, shuningdek, talabalarga keys, muammoli, intellekual xarita topshiriqlari tuzish, media-laboratoriya bazasida tadqiqot o‘tkazish va natijalarini himoya qilish mumkin.

Tadqiqotchilik topshiriqlarini bajarish davomida talabalar o‘z-o‘zini amalga oshirish, o‘zlashtirgan bilim va tajribalarini qo‘llash, o‘z kompetentligini namoyish etish, muvaffakiyatni boshdan kechirishga muvaffaq bo‘ladi. Tadqiqotchilik faoliyati strukturasi quyidagi tarzda aniqlanadi:Izlanish faolligi tahlil baholash vaziyat rivojlanishini bashoratlash faoliyat izlanish faolligi.Metod (yunon. metod- usul) - keng ma’noda ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. “Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi” [187;].Metodning asosiy vazifasi belgilangan maqsadgi erishish usuli sifatida talqin etiladi. Metodlar muayyan nazariya doirasida yaratiladi va tadqiqotni amalga oishirishga xizmat qiladi. Metodning samaradorligi aoslangan nazariyaning fundamental tavsifi bilan xarakterlanadi. Tadqoqot ishlar jarayonida metod mazmuni kengayib boradi, tajribaga tadbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi.
  • 1.Tadqiqotchilik metodlarini qo‘llashni o‘rganish (o‘qituvchi muammoli topshiriqlarni tavsiya etadi, talabalar topshiriqlarni mustaqil hal qiladi).Ushbu metod egallangan bilim va malakalarni yuqori darajada qo‘llash mustaqil faoliyatiga asoslanadi. Bu metod ̶ ijodiy faoliyat tajribasini egallashni ta’minlaydi. Bu metoddan biz mashg‘ulotlarda ijodiy biologik topshiriqlarni hal qilishda foydalandik.2. Ekspress tadqiqot metodi. Ekskursiyalarda emperik tadqiqotlar uchun indiviual topshiriqlar beriladi:1. Hududda qanday qushlar keng tarqalgan? 2. Belgilangan hududda qanday dekorativ o‘simliklar tarqalgan? kabi.3. Nazariy ekspress-tadqiqot turli manbalar mazmunidagi materiallar, dalillarni o‘rganish va umumlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Bunday tadqiqotlarning mavzulari turli xil ob’ektlarni ularning haqiqiy muhitida, amalda o‘rganishga, ko‘p materiallar berishiga va turli xil farazlarni tuzishga, o‘zingizning izlanishlaringiz uchun ko‘plab mavzularni ko‘rishga imkon berishi kerak.Quyidagi tadqiqot mavzularini tavsiya etish mumkin: “Cho‘l o‘simliklarining qurg‘ochilikka yashash muhitiga moslashish”, “Hasharotxo‘r o‘simliklarning xususiyatlari”, “O‘'simliklarning changlanishga moslashishi", "Hasharotlarning chang va nektar yig‘ilishiga moslashishi". Tadqiqot natijalariga ko‘ra mualliflar xulosalarni o‘z ichiga olgan qisqa ma’ruzalar qilishadi.Ko‘pincha nazariy tadqiqotlar tanlangan tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha juda katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan referat shaklida tuziladi. Insho yozish uchun ma’lumot izlash jarayonida talaba kutubxonada kataloglar bilan ishlash, materiallarni tasniflash va tizimlashtirish, matnli hujjatlarni formatlash asoslari bilan tanishish, asosiy narsani ta’kidlashni o‘rganish, ma’lumotlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish kabi faoliyatlarni amalga oshiradi. Insho ustida ishlash mavzuni chuqurroq anglashga, uni o‘zlashtirishga yordam beradi, har qanday mavzuni o‘rganishda zarur bo‘lgan tashkilotchilik va maqsadga muvofiqlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
  • O‘quv tajribasini o‘tkazish. Bunga biologiyadan laboratoriya va amaliy ishlar kiradi. Laboratoriya ishlarini bajarishda talaba sub’ektiv ravishda yangi bilimlarni oladi. Ushbu ishlarni bajarishda talabalar kuzatish natijalarini kuzatish, qayd etish va to‘g‘ri rasmiylashtirish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Raqamli mikroskop yordamida kichik tadqiqot ishlarini tashkil etish mumkin. Masalan, mog‘or zamburug‘ining tuzilishini o‘rganish. Mog‘or zamburug‘i o‘rganishda muammoli topshiriq, rivojlanishning dastlabki davrida va sporalarning pishib yetilish davrida substratda rivojlanayotgan mog‘or zamburug‘inining ko‘rib chiqilgan vaqtinchalik mikropreparatlari orasidagi farqni topish va uning sababini aniqlash bo‘lishi mumkin. Talabalar o‘zlarining ish joylarida yorug‘likni mikroskop yordamida bajaradilar. O‘qituvchi raqamli mikroskop yordamida mikropreparatlarni namoyish etadi. O‘quv tajribasi - bu eng samarali o‘qitish metodlaridan biridir.Tadqiqot-musobaqa. Musobaqalar o‘tkazish ham eng samarali metodlardan hisoblanadi. Masalan, eng yaxshi “shpargalka” tanlovi. O‘quv matnini oldindan tayyorlanadi. Ushbu matn darslikning bir bo‘limi bo‘lishi mumkin: “Erdagi hayotning kelib chiqishi nazariyasi”, “Turlarning kelib chiqishi”, “Sitologiya asoslari” va boshqalar. Shpargalka tuzishda talabalar diqqatini jamlashi, talabalar butun mavzuning asosiy matni tanlashga harakat qilishi lozim. Shpargalkaning alohida syujetlari mantiqiy aloqalar bilan birlashtiriladi. Ushbu metod talabalarni ilmiy adabiyotlardan oqilona foydalanishga o‘rgatadi.
  • Noan’anaviy darslar (“Qadimgi sudralib yuruvchilar” ma’ruza-taqdimoti, “Odamning kelib chiqishi” ma’ruza - munozara)Talabalar munozaraga mustaqil tayyorlanadilar. Muhokama mavzusida ular muhokama qilinayotgan masalada o‘zlarining ahamiyatini ko‘rsatish uchun nafaqat o‘quv adabiyotlarini, balki qo‘shimcha ravishda tadqiqot olib boradilar. Xabarlarni tayyorlashda talabalar ko‘pincha munozarada ishtirok etish uchun "hiyla-nayrang" savollarni qidirishadi.Ilmiy-tadqiqot loyihalari.Ilmiy-tadqiqot loyihalarini talabalar uchun tadqiqot faoliyatining eng yuqori darajasi deb hisoblash mumkin. Nazariy ekspress tadqiqot usulini o‘zlashtirgan holda, amaliy tajriba ishlarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan talabalar maxsus tanlangan usullar bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarning eksperimental qismini muvaffaqiyatli uddalashmoqda. Biroq, o‘quv loyihasini bajarish uchun bitta dars yetarli emas.
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:A.Asosiy adabiyotlar:1. Radjabov A. – Ilmiy tadqiqot asoslari. «Tafakkur-bo’stoni» oshkent – 2012.2. Rahmatov A.D., Yunusov R.F. Ilmiy tadqiqot asoslari. – T.: TIMI, 2008, 3. Pushkar A.I., Potrashkova L.B.Osnovi nauchnix issledovaniy i organizatsiya nauchno-issledovatelskoy deyatelnosti. Uchebnoe posobie Xarkov, XNEU, 2009 y4. Qurbonov J.M.., Mamarasulov Z.M.. Ilmiy izlanish asoslari. Ma’ruzlar matni. Samarqand-2013 yil 5. Kothari C.R. Research Methodology: Methods and Techniques, (2nd Revised Edition). New Age International Private Ltd. Indian Institute of Management, Luckno. 2004. 418 r.6. Osuji Dr. Basic research methods in education. National Open University of Nigeria. 2012. 428 r. ISBN: 978-058-982-1.7.Tolipova J.O. Biologiyani o‘qitishda pedagogik texnologiyalar. Darslik. T. 2011у.8. Xodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., Boltayev M.R., Golish L.B., Gimranova O.B.Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorgarlik asoslari: O`quv-uslubiy qo`llanma-Toshkent: Ekonomika,2010. 9. Shodiev X.A. – Statistika. Toshkent: «Ibn Sino»- 2004y.10. Shodiyev X., I. Habibullayev – Statistika. “Tafakkur bo’stoni” Toshkent-2013y.11. Shermuhamedova N.A Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Toshkent 2014-yil

Yüklə 13,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin