MATLAB dasturining matеmatik hisoblash imkoniyatlari Matlab tizimi ham boshqa dasturlash tillari kabi matematik ifodalarda foydalanish imkoniga ega.
Matlabda ifodalarning o‘zgaruvchilari matrisa deb qabul qilinadi. Ifodalarning quyidagi turlari mavjud:
arifmetik;
mantiqiy;
belgili.
O‘zgaruvchilar ham
oddiy o‘zgaruvchi;
massiv;
sonli;
sonli bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.
Ifodaning asosiy tashkil etuvchilari quyidagilar:
o‘zgaruvchilar;
sonlar;
operatorlar;
funksiyalar.
O‘zgaruvchilar. Matlabda o‘zgaruvchi turi tushunchasi mavjud emas. O‘zgaruvchi nomi ya’ni identifikator harflar, sonlar va belgilardan iborat bo‘ladi. Bosh harf bilan kichik harflar bir-biridan farqlanadi.
Sonlar. Matlab hisoblashlarida o‘nlik sanoq tizimini ishlatadi va ifodalarda oddiy arifmetik ifodalardan foydalaniladi.
+ qo‘shish
- ayirish
* ko‘paytirish
/ bo‘lish
\ teskari bo‘lish
^ darajaga ko‘tarish
Quyida asosiy funksiyalar keltirilgan:
1.1-jadval. Asosiy funksiyalar.
Sonli funksiyalar
Funksiya
Funksiyaning sintaksisi
format short
Sonlar ketma-ketligini qisqartirilgan formatda formallashtiradi