Mavzuga doir xorijiy va mahalliy olimlarning qarashlari.
Xalqaro savdo
rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milliy davlatlar doirasidan chiqqan
va bu borada bir qancha iqtisodiy ta'limotlar ham mavjud. Ular klassik, neoklassik
va neokeynschilik nazariyalarida o`z aksini topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi
iqtisodchilar A.Smit, D.Rikardo, R.Torrens, J.S.Mill, A.Marshall (yuqorida ular
bilan tanishganmiz.) J.Vayner, G.Xaberler, G.Jonson, P.Samuelson va boshqalar bu
sohada barakali ijod qildilar.Bir guruh iqtisodchi olimlar integratsiyani jahon
mamlakatlari o’rtasida yangi tovarlar oqimini shakllantirish orqali «resurslar
cheklanganligi» muammosini bartaraf etish yo’li deb talqin etishsa (bu orqali jahon
mamlakatlarida nisbatan serxarajat tovarlar ishlab chiqarishga chek qo'yib.
texnologik ayirboshlashni kengaytirish imkoniyatini beradi. ya'ni, ilmiy-tadqiqot va
tajriba konstruktorlik ishlari (I I T K l)ga xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi).
boshqa bir guruh olimlar inlegratsiyani talab etuvchi dastlabki turtki sifatida
noiqtisodiy omillarni ilgari suradi (masalan. mamlakat mudofaa qobiliyatini
mustahkamlash va boshqalar). Uchinchi bir guruh iqtisodchilar esa integratsiya bu -
ishlab chiqarishning barqaror o'sishi, ijtimoiy-iqtisodiy va sivosiy barqarorlik kabi
maqsadlarga yengilroq va tezroq erishish imkoniyatini beradi, deb hisoblashadi.
lntegratsiya - integratsion guruh ichida erkin savdoning maksimal rivojini, lekin
shu bilan birga ushbu guruh va tashqi olam orasidagi proteksionizmning
kuchayishini anglatadi. Shu sababli, hududiy integratsiyaning ratsionalligi yoki
irralsionalligi masalasi. pirovard natijada. ikki o’zaro qarama-qarshi samaralarning
nisbatiga keltiriladi. Agar erkin savdo hududi yoki bojxona ittifoqining yaralilishi
natijasida qimmat ichki ishlab chiqarish arzonroq import bilan ahnashtirilsa, u holda
«savdoning shakltanishi» (trade creation) ro’y beradi. Boshqa tarafdan, agar
integratsiya natijasida uchinchi davlalardan olinadigan arzon import, erkin savdo
hududi yoki bojxona ittifoqi bo'yicha qo’shni davlatdan olinadigan qimmat import
bilan alniashtirilsa, u holda «savdodan chetlanish» (trade diversion) ro'y beradi.
Birinchi bor ushbu konsepsiya .J.Vinner va M.Biyelar tomonidan 50-yillarda, kuchli
«oltilik» davlatlarining bojxona inqilobining tuzishiga qadar. ilgari surilgan edi.
1965-yilda A.Kuper va B.F.Massellar asosli ravishda ta'kidlashgan ediki. 11
mamlakat bojxona ittifoqini tashkil etishdan avval bolajak sherigini qo’shgan holda
barcha mamlakatlar uchun bojxona ta’rifini kamaytirishi mumkin. U holda bojxona
ittifoqi OS narxda tashkil etiladi. Bu esa shuni anglatadiki, savdoni tashkil etish
natijasida foyda olinadi. savdodan chetlanish bo’yicha yo'qotishlar esa bolmaydi,
chunki samarali talab yangi chizig'i BJGU bo'ladi. Bundan esa H mamlakatga
uchinchi mamlakatlardan tovarlar avvalgidek a narx bo'yicha kelaveradi. Shu bilan
birga savdoning tashkil etilishi munosabati bilan kelib chiqadigan barcha
qo’shimcha import arzonroq bo’ladi.
Yevropa integratsiyasining jahon iqtisodiyotida mustaqil voqelik sifatida iqtisodiy
asoslarni anglash borasidagi birincbi qadamlar 50-yillarning boshlarida golland
iqtisodchisi Yan Tinbergen tomonidan amalga oshirildi. ( u birinchi bo’lib «salbiy»
va « ijobiy» integratsiya orasidagi farqni ko'rsalib berdi. Salbiy integratsiya. tovarlar.
xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining chegaralararo harakatlari yolidagi
to’sqinliknii bartaraf etishni nazarda tutadi. Iqtisodiy nazariyaning an’anaviy
qonunlariga ko'ra, bu avtomatik tarzda raqobatni kuchayishiga, narxlarni tushishi
hamda tovarlar. xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining sifati oshishiga va
natijada iqtisodiyotning samarali o’sishiga olib keladi. Ijobiy integratsiya bu
tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillari harakatligini sanada oshiruvchi
qonunlar qabul qilinishi va shuningdek, institutlarning tashkil etilishidir.
Iqtisodiy integratsiya nazaryasining rivojlanishi yo’lidagi muhim qadamlardan
biri bo’lib, B.Balassaning ishlari hisoblanadi. U integratsiyaning dinamik
sanmaralarini va ularning integratsiyalashuvchi mamlakatlar yalpi ichki
mahsulotining o'sish sur'atlariga ta'sirini takomillashtirishga harakat qildi. Shu kabi
dinamik samaralar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• ishlab chiqarish kolamlarini kengaytirish hisobiga hosil bo’ladigan samara.
Bunday samara, asosan bozorni kengaytirish uchun firmalar va sohalarga
integratsion jarayonlar boshlangunga qadar ishlab chiqarish quvvatlaridan foy-
dalanish imkonini berganda yuzaga keladi:
• firma va sohalar faoliyatiga nisbatan tashqi bo’lgan samara. Bunday samara
butun iqtisoddagi umumiy sa xususiy sarf-xarajatlarni kamaytirish evaziga yuzaga
kelishi mumkin:
• polyarizatsiya (qutblunish) samarasi. Bu samaraning mohiyati qatnashuvchi
mamlakatlarning boshqa birida savdoni tashkil etishi yoki ishlab chiqarish
omillarming boshqa yoqqa yo'naltirishi natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy
faoliyatining kumulyativ qisqarishidan iborat.
Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo`lib mehnat taqsimoti
faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas(A.Smit fikri), balki xalqaro
ko`lamda ham obyektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi.Olimning fikri shundan
iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, har bir 363 davlat o`ziga kerakli barcha narsani
(tovarlarni) ishlab chiqarishi mumkin, ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to`g`ri,
degan savol tug`iladi. Unga javob berib, Rikardo aytadiki, har bir davlat ma'lum bir
mahsulotlarni ishlab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, ustunlikka ega
bo`ladi. Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada faqat vino ishlab chiqarish
samaraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng kam bo`lgan sohani rivojlantirish
afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an'analar, tarixiy tajriba, yer, suv, inson
resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga olinishi kerak. Masalan,
musulmon davlatlarida cho`chqachilikni rivojlantirish haqida so`z ham bo`lishi
mumkin emas va boshqalar.
Ilmiy - texnik progressi bilan bog`liq iqtisodiy qarashlar ingliz iqtisodchisi Jon
Xiks (1904-1989) tomonidan ilgari surilgan. Uning modeli bo`yicha texnika
progressi neytral, mehnatni iqtisod qiluvchi va kapitalni iqtisod qiluvchi guruhlarga
bo`linadi. Texnika progressi oqibatida ishlab chiqarish va iste'mol xalqaro savdoga
neytral, ijobiy va salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin.
Keyingi davrda vujudga kelgan iqtisodiy ta'limotlarda E.Xeksher, B.Olin
(Shvetsiya), P.Samuelson tomonidan yaratilgan "ishlab chiqarish omillarining
xalqaro taqsimoti" nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi. Ularning fikricha, har
mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta'minlanmaganligi
bilan, demak har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan
xarakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan
ko`p) bo`lsa, uning narxi kapital va yerga nisbatan past baholanadi; kapital mo`l
bo`lgan mamlakatda u boshqa ikki ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo`ladi.
Har bir mamlakat o`zining ustunligini realizatsiya qilishga intiladi, jahon bozoriga
ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo`lgan yo`l bilan tayyorlangan tovarlar
ko`proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga olib keladiki,
barcha davlatlar o`ziga qulay va foydali bo`lgan xo`jalik tarmoqlarini rivojlantirib,
qulay sharoit bo`lmagan boshqalaridan voz kechadi. Bu nazariya ishlab
chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va xalqaro ixtisoslashuvning yagona
mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon savdosi uyg`un (garmonik) jarayon deb
qaraladi. Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to`la hisobga olinmaydi, masalan o`z
davrida mustamlaka egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o`rtasidagi
munosabatlarni hech ham uyg`un deb bo`lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq
mamlakatlar o`rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo`lishi amri mahol. Lekin
kelajakda ideal shakl sifatida bu xodisa ro`y berishi mumkin.
|