Guruh: ___________ Talaba: ___________ Mustaqil ta’lim № 3 Monitoring, ekologik nazorat va ekoekspertiza tushunchalari
Monitoring (ing. monitoring — kuzatish, nazorat qilish) — maʼlum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. Monitoring kundalik hayotning barcha sohalarida qoʻllanadi. Masalan, ekologiya sohasida yer fondi holati boʻyicha kuzatishlar tizimi yer monitoringi deb ataladi. Bunday monitoring yerdagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadini koʻzlaydi.
Ekologiya xozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy mummolaridan biridir, uni haletish barcha halqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir”- deyao‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida ta’kidlab o‘tgan.
Ekologik ekspertiza tushunchasi. Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablariga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obektini ro’yabga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Ekologik ekspertiza asosiy maqsadlari: Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o’tkaziladi.
Mo’ljallangan xo’jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish to’g’risida qaror qabul qilinishidan oldingi boshqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash
Rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqorolar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lsa yoki shunday tasir ko’rsatayotgan bo’lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash.
Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi. Ekologik nazorat tushunchasi Ekologik nazorat tushunchasi; ekologik nazorat atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir.
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari;
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;