Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar



Yüklə 72 Kb.
səhifə1/5
tarix05.12.2023
ölçüsü72 Kb.
#173233
  1   2   3   4   5
Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar-fayllar.org (1)


Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar




ATROF MUHITNING 

IFLOSLANISHI VA GLOBAL 

EKOLOGIK MUAMMOLAR 

I

.

Kirish.

1. Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen 

omillarning asosiy roli. 

2. 

Insoniyatning tabiatga, ekologiyaga ta’siri.

3. Dunyoda yuz berayotgan ekologik, global iqlim 

o‘zgarishlariga sabab bo’lgan omillar. 

II. Xulosa

III. Foydalanilgan adabiyotlar.






Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen 

omillarning asosiy roli.
Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l bilan - 

chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol


harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot qoldiqlari) va 
boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to`zonlarni
havoga chiqarib yuboradi.
Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen 

jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3


qismi uning hissasiga tog`ri keladi. 
Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot 

dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda. Xalqimiz


orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat 
me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob
xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni 
tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga
yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi 
davrlarda shu darajada me`yoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi
tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo`lib bormoqda.
Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik 

(litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq


usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq 
usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo`jaligi
chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va 
ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv
moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo`lgan chiqindi 
uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.
Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va 
uy-ro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida
ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda. 
Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi Reyn,
Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning 
havzalarida kuzatilmoqda.



Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan


qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar 
harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda.
Hozirgi vaqtda O`rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, 
Biskayya, Fors, Meksika qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan.
Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli 
ifloslanmoqda. Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi
neft pardasi bilan qoplanganganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik 
muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul
qilib olishiga to`sqinlik qiladi, suvning bug`lanishini va kislorod bilan to`yinish 
imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan,
ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng ko`p iflos 
ifloslangan.
Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, 

transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong`inlar tufayli


ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol 
chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO),
oltingugurt gazlari (SO2) salmog`ining oshib borishi katta ekologik muammolarni 
keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan:
"Dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni 
yo`q qilib yuborish xavfini tug`dirmaydimi?” – deb so`raganlarida, u: "Sayyoramizga
oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki "issiqxona samarasi” katta xavf 
tug`diradi, ya`ni iqlimning global miqyosda isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy
talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi.
Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, 

qo`rg`oshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana


borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O`z navbatida, bu iqlimning 
o`zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland tog`lardagi abadiy muzliklarning
sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin.
Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni 

qo`ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko`p chiqarib


yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora 
yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat
dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, so`nggi yillarda esa 
Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi.




Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat o`rtasidagi 


munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog`liq. Demak,
insoniyat oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bo`lish vazifasi turadi.
Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo`llarini izlash va bu 

murakkab muammolarni hal qilishga undaydi.


Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yo`llari ishlab chiqilgan. Ulardan 

birinchisi – atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yo`l bermaslik choralarini


ko`rishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos 
yoqilg`ilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo
etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yo`llardan foydalanish lozim.
Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay 

oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan


ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir.
Uchinchi yo`l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish 

tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari


qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-
qog`oz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. So`nggi davrlarda dunyoning ko`pchilik
yetakchi induatrial mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini 
iqtisodiy jihatdan kam o`zlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat
berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida O`zbekistonda ham 
alohida ahamiyat berila boshlandi. So`nggi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta
ishlash, Qo`ng`irot soda va Sho`rtan gaz-kimyo sanoat markazlari keng yaydoq cho`l 
hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat
qiladi.
Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha foydalanish, atrof-muhitning
ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora betoblik girdobiga 
boshlamoqda. Bu, o`z navbatida, jamiyat oldiga qarshi choralarni ko`rishdek
murakkab vazifalarni qo`ymoqda.
Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hosibga olgan holda, bizni
o`rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog`lomlashtirishga, tabiiy 
resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar
majmuasidir. Odatda, bunday siyosat davlat, regional va global doirada olib borilishi 
mumkin va o`zida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari (qonunlar)ni yaratish
va ularga amal qilishni ko`zda tutadi.


Keyingi o`n yilda AQSH, Yaponiya, qator Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari,


ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar murakkab ekologik holatni sog`lomlashtirishga 
qaratilgan zaruriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar, qonunlar qabul qildilar va
amaliyotda qo`llay boshladilar.
Ularda ekologiyani sog`lomlashtirishga bel bog`lagan xalq harakati va partiyalar
(masalan, "Yashillar”, "Grinpis” va boshqalar) faol ish olib bora boshladi. Natijada, 
o`tgan 80-yillar monaynida, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda atrof-
muhitning ifloslanish darajasi sekin-asta pasayib bordi. Bu ijobiy holatni aynan ana 
shunday harakatlarning natijasi, deb baholamoq kerak.
Shunga qaramay, ko`pchilik mamlakatlarda ekologik vaziyat hamon 
keskinligicha qolmoqda. Keng doirada amaliy natijalarga erishish uchun butun jahon
doirasida kuchlarni birlashtirish zaruriyati mavjud. Shu maqsadda 1972-yilda 
Stokgolmda, 1975-yilda Xelsinkida, 1992-yilda Rio-de-Janeyroda, 1998-yilda Kiotoda
atrof-muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro anjumanlar bo`lib o`tdi va ularda muhim 
qarorlar qabul qilindi.
Muhim tomoni shunchaki, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiyani 
sog`lomlashtirish muammolarini hal qilishda BMT va uning ko`plab bo`limlari faol ish
olib bormoqda. Jumladan, BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (YUNEP) 
dir. Bu dastur atrofida shakllangan rasmiy idoralar turli mamlakatlarda bu sohada olib
borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib turadi, mamlakatlarda to`plangan tajribalarni 
umumlashtiradi, istiqbolli ishlarni qo`llab-quvvatlaydi. YUNEPning bosh irodasi
Nayrobi (Keniya) shahrida joylashgan.
Atrof-muhitni sog`lomlashtirishda, ekologik muammolarni ijodiy hal qilishda 

jamoatchilikning ham katta xizmat qilishi kutiladi. Aynan shu maqsadda


O`zbekistonda jamoatchilik asosida "Ekosan” harakati tashkil topdi. U nafaqat 
O`zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tabiatni muhofaza qilish,
aholi yashash muhitini sog`lomlashtirish yo`lida harakat qilmoqda. 








Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin