Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar


Dunyoda yuz berayotgan ekologik, global iqlim



Yüklə 72 Kb.
səhifə3/5
tarix05.12.2023
ölçüsü72 Kb.
#173233
1   2   3   4   5
Atrof muhitning ifloslanishi va global ekologik muammolar-fayllar.org (1)

Dunyoda yuz berayotgan ekologik, global iqlim 

o‘zgarishlariga sabab bo’lgan omillar. 

Dunyoda yuz berayotgan ekologik, global iqlim o‘zgarishlariga nima sabab 


bo‘lmoqda – Dunyodagi barcha ekologik o‘zgarishlar, halokatlarga inson sababchi,
deb hisoblayman. Suv toshqinlarining aksariyati global iqlim isishi oqibatidir. Yer o‘z 
yuzasidagi infraqizil nurlarni fazoga qayta chiqarmaslik xususiyatiga egadir. Ular erni
issiq “ko‘rpa”ga o‘rab, issiqxona samarasini beradi va yerdagi haroratni saqlab turadi. 
Mazkur jarayon yerni hayot uchun yaroqli qiladi. Issiqxona gazlarisiz er hozirgidan
taxminan 30 darajaga sovuqroq bo‘lar edi. Ammo afsuski, inson faoliyati natijasida 
atmosferaga yuqorida keltirib o‘tilgan gazlar chiqarilmoqda. Raqamlarga e’tibor
bersangiz, bir kunda dunyoda 9 milliard litr neftь yoqiladi. Buning natijasida havodagi 
SO2 ning miqdori yiliga 30 foizga ortib bormoqda. Uning oqibatlari esa quyidagicha:
harorat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Muzliklar eriganda okean suvining harorati 
va fizik xossalari, okean oqimlari, mazkur oqimlarga bog‘liq bo‘lgan mamlakatlarda
iqlim, global gidrologik tsikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o‘zgaradi. Oqibatda 
yog‘ingarchiliklar amplitudasida katta o‘zgarishlar yuz berib, u o‘ta ko‘p yog‘in yog‘ishi
yoki umuman yog‘masligi bilan belgilanadi, qurg‘oqchilik va toshqinlar soni ko‘payadi, 
tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko‘chkilar yuz beradi.
Bir qarashda bu uncha qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmasligi mumkin. Ammo Yerda 
harorat yana 5 darajaga ko‘tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo‘lmaydigan
tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug‘iladi. Inson biologik tur 
sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o‘rin oladi. Ayni shu sababli bu
muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. 
Iqlim o‘zgarishi muammosi O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay
qolmaydi. Albatta iqlim o‘zgarishi natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararni hali 
hech kim hisoblagani yo‘q. Xo‘sh, bizning faoliyatimiz iqlim o‘zgarishiga ta’sir
ko‘rsatadimi? Albatta, ha. Avvalo bu avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazlar
neftь, gaz, ko‘mir va o‘tinni yoqish oqibatida ajraladigan SO2, atmosferadagi
aerozollar, tsement sanoati. Shuningdek, dehqonchilik, ozon qatlamining 
yupqalashishi, chorvachilikning rivoji, o‘rmonlarning kesilishi ham iqlim o‘zgarishiga
ta’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 1901-2012 yillarda o‘rtacha global 
harorat Tselьsiy bo‘yicha 0,89 darajaga ko‘tarilgan. Bu 1400 yil mobaynidagi eng
yuqori ko‘rsatkichdir. Xavotirli tomoni shundaki, bu jarayon davom etishi bashorat 
qilinmoqda. Ya’ni, 2016-2035 yillarda sayyoramizda havo harorati yana 0,3-0,7
darajaga ko‘tarilishi ehtimoldan xoli emas. Buning oqibatida yaqin o‘n yillikda qish 


chillasida harorat 20-30 daraja issiqqa ko‘tarilishi, yozda esa havoning sovub ketishini


kuzatish mumkin. Eng achinarlisi, issiqxona effekti oqibatida dunyo aholisini, xususan 
siz-u bizning ichimlik suvimiz bo‘lmish tog‘lardagi muzliklarning zahiralari erishi
natijasida kamayib boradi. 1960 yildan boshlab bugungi kunga qadar Erdagi qor va 
muz qoplami 15 foizga qisqardi. Iqlim isishi, ya’ni havo haroratining global ortishi
muammosini bartaraf qilish juda murakkab vazifadir. Chunki, bu muammo ham 
“tabiat-inson-jamiyat” munosabatlariga, ya’ni uchlikning muvozanatiga, uyg‘un
rivojlanishiga bog‘liqdir. Ushbu muvozanat yo‘llarini topish va uni saqlash uchun 
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
- iqlim o‘zgarishi muammosi mazmun-mohiyatini chuqur anglash, er shari aholisi, 
davlatlar, xalqaro tashkilotlarning hamkorligiga erishish;
- issiqxona hosil qiluvchi gazlar emissiyasini (atmosferaga chiqarishni) kamaytirish 
imkoniyatini beradigan yangi texnologiyani ishlab chiqish va unga o‘tish;
- muqobil energiya manbalariga o‘tish va ularning samaradorligini oshirish; 
- ekinzorlardan, ayniqsa, sholipoyalardan metan gazining ajralib chiqishini
kamaytiradigan texnologiya va usullarga erishish; 
- uy-joy va binolarni isitishda tejamkor, ekologik talablarga javob beradigan
usullarni joriy etish
- har bir insonda “Sayyoramiz-umumiy uyimiz” tuyg‘usi va mas’uliyatini
oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish; 
- maishiy chiqindilarni oqilona bartaraf qilish texnologiyasini takomillashtirish; 

- iqlim isishi indikatori va oqibatlarini hududlar doirasida o‘rganish va uni 


bartaraf qilishning geografik asoslarini izlash va ushbu mavzuda loyihalarni ishlab
chiqib amaliyotga tatbiq qilishdir. 
Umuman olganda, ekologik muvozanatning buzilishi va erlar degradatsiyasining
oldini olish, bioxilmaxillikni saqlash, cho‘llanish hamda qurg‘oqchilikka qarshi 
kurashishda biologik resurslarni muhofaza qilish talablariga to‘liq rioya etilishini
ta’minlash, shamol va suv eroziyasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va 
atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida:
birinchidan, yer va suv resurslarini boshqarishdagi iqtisodiy mexanizmlar hamda 
huquqiy asoslarni takomillashtirish va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy
rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish; 


ikkinchidan, yer hamda suv resurslarini barqaror boshqarish va keng o‘rmonlarni


barpo etish yo‘li bilan bioxilmaxillikni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, 
iqlimning noqulay oqibatlariga moslashish;
– Ekologiya sizu biz, jamiyat, davlatning kelajagidir. Uning yomonlashuvi 
kelajagimizning barbod bo‘lishidir. Bu gaplar sal balandparvoz tuyulishi mumkin.
Ammo bugungi kunda O‘zbekistonda tabiatga munosabatga bir nazar tashlaylik. 
Ekologiya bo‘yicha qonunlar deyarli ishlamayapti. Orqama-ketin qabul qilinayotgan
qarorlar qog‘ozda qolib ketmoqda. Butun dunyo daraxtlarni saqlash, hayvonlarni 
himoya qilishga bel bog‘laganda, bizdagi quruq gaplarning aksariyati qog‘ozda qolib
ketmoqda. Yaqinda jamoatchilik tomonidan juda ham ko‘plab e’tirozlar bildirilgan 
daraxtlarni kesishni to‘xtatish maqsadida moratoriy (atigi bir yilga) e’lon qilindi.
Ammo “qimmatbaho navli daraxtlar” ro‘yxati e’lon qilinmadi. Ya’ni aholiga oxirigacha 
mazkur qarorning ahamiyati to‘liq tushuntirib berilmadi. Ekologiya qo‘mitasi, Ekologik
Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin