Operatsion sistemalar turli masalalar uchun mo‘ljanlangan bo‘ladi. Xozirgi zamon operatsion sistemalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Kichik xajmdagi shaxsiy EXMlarga mo‘ljallangan OS (MS DOS, PC DOS); O‘rta xajmdagi shaxsiy EXMlarga mo‘ljallangan grafik OS (Windows, Apple Os); Katta xajmdagi mantiqiy tarmoqlarni boshqaruvchi OS (Windows NT, Unix, Xenix, Oracle). Windows operatsion sistemasi MS DOS operatsion sistemasiga nisbatan grafik imkoniyatlari mavjudligi uchun ancha qulaydir, ammo Windowsdan foydalanish uchun tezkor kompyuter va kattaroq xotira xajmi talab qilinadi. Fayllar sistemasi Axborotlar diskda fayllar ko‘rinishida saqlanadi. Fayl turli belgilar, sonlar va xarflarning mantiqiy ketma-ketligidir. Ana shunday ketma-ketlik oddiy matnni ifoda etsa, bunday fayl matn fayli deyiladi. Fayl nomi uzunligi 8 dan, kengaytma uzunligi esa 3 simvoldan oshmasligi kerak. Ajralib turishlari uchun fayl nomi bilan kengaytmasi orasiga nuqta qo‘yiladi:
command.com autoexec.bat muhammad.hat
config.sys matemat8.txt a%&^s#$.$!
Faylga kengaytma qo‘yish majburiy emas. Ammo ko‘pgina dasturlar shu dasturda belgilangan kengaytmali fayllar yaratadi va fayllarni kengaytmasiga ko‘ra aniqlaydi. Aksariyat matn muxarrirlari .bak kengaytmasidan fayl nusxalari uchun foydalanadilar. Fayl kengaytmasi qanday bo‘lishdan kat’iy nazar taxrir va o‘zgartishlardan so‘ng yozilgan fayl bilan birgalikda faylning avvalgi ko‘rinishi .bak kengaytmasi bilan saqlanadi. Ya’ni taxrir va o‘zgartirishlar noo‘rin bajarilgan bo‘lsa, faylning avvalgi xolatiga qaytish imkoniyati mavjud. MS DOS ning ichki buyruqlari Joriy diskda DOS foyllaridan tashqari foydalanuvchi fayllari joylashgan bo‘ladi. Bu fayllar ko‘p xollarda kataloglarga saralangan bo‘ladi. Bunday kataloglarni ochish quyidagicha amalga oshiriladi: S:\>md nammpi Bu erda:
S:\>
- sistemaning taklifi;
md
- DOS ichki buyrug‘i. Bu buyruq yordamida yangi katalog tashkil qilinadi;
Nammpi
- yangi tashkil qilinadigan katalogning nomi;
- klaviaturadagi Enter tugmachasi.
Avval tashkil kilingan katalogni ochish ya’ni ichiga kirish uchun cd buyrug‘idan foydalaniladi: S:\>sd kafedra Bu erda:
S:\> sd kafedra
- sistemaning taklifi; - DOS ichki buyrug‘i. Bu buyruq yordamida katalog ochiladi; - mavjud katalogning nomi - klaviaturadagi Enter tugmachasi.
Kerak bo‘lmagan katalogni o‘chirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
txt
Matn fayli
.doc
Dasturgaoidko‘rsatmalar
.bas
Beysik tilidagi dastur
.pas
Paskal’ tilidagi dastur
.c
Si tilidagi dastur
.exe
Bajariladigan fayl
.com
Bajariladigan fayl
.bat
buyruq fayli
.sys
sistema fayli
S:\>rd kafedra Bu erda:
S:\> rd kafedra
- sistemaning taklifi; - DOS ichki buyrug‘i. Bu buyruq yordamida katalog o‘chiriladi; - mavjud katalogning nomi; - klaviaturadagi Enter tugmachasi.
Type buyrug‘i Matn faylini monitor ekranida ko‘rib chikish mumkin. Buning uchun type buyrug‘idan foydalaniladi: type a:brr1.txt Ko‘pincha matn fayli o‘lchami katta bo‘lgani uchun ekranga sig‘maydi. Bu xolda more buyrug‘i yordamga o‘tadi, ya’ni: type a:brr1.txt | more Saxifama-saxifa matnni ko‘rishlik more buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi. Ixtiyoriy qatorda uni to‘xtatishlik CTRLT+S yoki PAUSE tugmachalari orqali amalga oshiriladi. Ren buyrug‘i Fayl nomlarigina o‘zgartirish rename buyrug‘i orqali amalga oshiriladi.