vol a:
Fayllar nusxalarini saqlash (arxivlash) Fayllarni nusxalari qattik diskning BACKUP katalogida, diskning esa o‘zagida hosil qilinadi. BACKUB buyrug‘i copy, xcopy buyruqlaridan shu bilan farq qiladiki, bu buyruq bilan yaratilgan fayllar nusxalari qayta tiklanmaguncha ulardan foydalanib bo‘lmaydi. BACKUB buyrug‘ida foydalanish mumkin bo‘lgan kalitlar: /s - katalogni va undagi barcha qism kataloglarning fayllari nusxalarini saqlash; /a - yangi fayllar nusxalarini saqlab qo‘yilgan nusxalariga qo‘shish. Kalit ko‘rsatilmasa, avvalgi nusxalar o‘chiriladi. /m -oxirgi backup buyrug‘idan so‘ng o‘zgartirilgan fayllarning nusxalarini saqlash; /t:03:29:57 - ko‘rsatilgan vaqtdan keyingi hosil qilingan yoki o‘zgartirilgan fayllar nusxalarini saqlash; /f - nusxalar saqlanadigan diskni formatlash Masalan, a: diskning ABMSHR katalogidagi va qism kataloglaridagi kengaytmasi .txt bo‘lgan fayllarni nusxalarini c: qattiq diskda saqlash buyrug‘i: backup a:g‘ABMSHRg‘*.txt c:
buyruq bajarilgach s: qattik diskda backup katalogi va bu katalogda backup.001 va control.001 fayllari hosil bo‘ladi. Birinchi backup.001 faylida barcha fayllarni nusxalari mujassamlangan, control.001 faylida esa, fayllarning yo‘llari haqidagi axborotlar saqlanadi. Yo‘qolgan fayllarni tiklash uchun restore buyrug‘idan foydalaniladi. U quyidagi kalitlar yordamida beriladi: /p - saqlanishdan so‘ng o‘zgargan fayllarni qayta tiklash yoki tiklamaslik so‘rogi bilan buyruqni ishlatish; /s - katalog va undagi barcha qism kataloglardagi fayllarni tiklash; /b: 13-02-98 - ko‘rsatilgan sanaga kadar o‘zgartirilgan fayllarni tiklash; /a: 17-05-98- ko‘rsatilgan sanadan keyin o‘zgartirilgan fayllarni tiklash; /e: 11:01:00 - ko‘rsatilgan vaqtgacha o‘zgartirilgan faylarni tiklash; /I: 11:01:00 - ko‘rsatilgan vaqtdan keyin o‘zgartirilgan fayllarni tiklash; /m -so‘ngi saqlash buyrug‘idan so‘ng o‘zgartirilgan fayllarni tiklash; /n - o‘chirilgan fayllarnigina tiklash. /b, /a, /n - kalitlari bir vaqtda ishlatilmaydi. Misol, a: diskning ABMSHR katalogidagi va qism kataloglaridagi kengaytmasi .txt bo‘lgan fayllarni s: qattiq diskdagi nusxalaridan tiklash buyrug‘i: restore c: a:g‘ABMSHRg‘*.txt /s