– media matnlarni yaratish va ularni tahlil e tish;
– media matnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi.
Bugungi kunda media, ya’ni ommavi y a xborot vositalari, kino, teatr, san’atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma’lumot insonongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi kunda media ta’lim, media savodxonlik, media tanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan i ntilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uningtarqalish jarayonini tushunib ye tish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.
Ayni paytda media ta’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga kiritish, o‘quvchila yoshlarga maktablarda ta’lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda bahola y o lish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozi ts iyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
“Ma’rifat”- “Учитель Узбекистана” gazetasi
O’ZME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Villasenor rodriges’ I. ( 1999 ). “Axborot olish vositalari: manbalar”.
Axborot manbalari: nazariy-amaliy tadqiqotlar. Madrid: Sintez
XULOSA.
Asosiy xulosa shuki, biz hammamiz media olamida yashaymiz va har kuni media savodxonlik muammolariga duch kelamiz. Yoshlarga bunday qiyin sharoitda o‘zini tutish qoidalari va o‘z-o‘zini himoya eta olishni o‘rgatish juda muhimdir. Hozirgi paytda hamma joyda, har qanday ishlar axborot va media orqali amalga oshirlayotganini inobatga olsak, demak har bir jamiyat fuqarosi axborot resurslaridan to’laligicha va mukammal foydala olishi shart va zarur ekan.