Guruh talabasi Ergasheva Nodirabegimning Oliy nerf fiziologiyasidan


Peshona sohasining ahamiyati Peshona suyagi - os frontale



Yüklə 38,61 Kb.
səhifə6/11
tarix14.12.2023
ölçüsü38,61 Kb.
#176969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Guruh talabasi Ergasheva Nodirabegimning Oliy nerf fiziologiyasid-hozir.org

Peshona sohasining ahamiyati

Peshona suyagi - os frontale

Peshona suyagida quyidagi qismlar tafovut etiladi: serbar palla qismi - squama frontalis, burun qismi - pars nasalis va juft bо‘lgan kо‘z kosasi qismi - partes orbitales. Peshona suyagining pallasi ikki yuzadan iborat: tashqi yuzasi - facies externa, ichki yuzasi - facies interna. Tashqi yuzasida ikkita bо‘rtiq - tuber frontale tafovut etiladi. Bu bо‘rtiqlarning ostida yarimoysimon shakldagi qosh usti ravog‘i - arcus superciliari joylashadi.


Bо‘rtiqlar va ravoqlar orasidagi yuzaga burun usti sohasi - glabella deyiladi. Peshona suyagining ikki yonida yonoq suyagi bilan birikadiga о‘simtalar - processus zygomaticus bо‘ladi. Bu о‘simtalardan yuqori tarafga chakka mushagi birikishidan hosil bо‘ladigan linea temporalis yо‘naladi. Peshona suyagi tashqi yuzasining kо‘z kosasiga о‘tish chegarasidagi qirracha margo supraorbitalis deyiladi. Bu qirrada nerv va qon tomirlar yо‘nalishidan о‘yma hosil bо‘lib - incisura supraorbitali deyiladi.
Ba’zan bu о‘yma teshik foramen suproorbitale sifatida uchraydi. Tashqi yuzada peshona о‘ymasi incisura frontalis yoki teshik foramen frontalis hosil bо‘ladi. Peshona suyagining chakka yuzasi faciyes temporalis da chakka mushaklari birikadigan linea temporalis chiziqlari kо‘rinadi. Uning tepa suyaklari bilan birikadigan cheti margo parietalis deyiladi
Peshona suyagi pallasining ichki yuzasi facies interna da о‘rtadan о‘tgan qirra crista frontalis yuqoriga vena qon tomirining egati - sulcus sinus sagittalis superior ga - davom etadi. Qirraning old tomonida esa "kо‘r teshik" foramen caecum deb nomlanadigan chuqurcha bо‘ladi. Peshona suyagining burun qismi rars nasalis g‘alvirsimonsuyak bilan tо‘ldirilib turadigan о‘yma incisura thmoidalis bо‘ladi. Burun qismi - yuqori jag‘ suyagining peshona о‘simtasi va burun suyaklari bilan birlashib turadi. Bu sohada burun qirrali о‘simtasi spina nasalis cheti margo nasalis uchraydi.
Peshona suyagi g‘ovakli suyaklar turkumiga kiradi, chunki uning ichida havo saqlaydigan bо‘shliq sinus frontalis bо‘ladi va burun bо‘shlig‘iga ochiladi. Burun bо‘shlig‘iga ochilish teshigi apertura sinus fronralis deb ataladi. Peshona suyagi ichidagi havo saqlaydigan bо‘shliq tо‘siq septum sinium frontalium vositasida bо‘linadi

Yüklə 38,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin