Guruh talabasi Tojiddinova Sanamning Statistika fanidan


Muomala harajatlari statistikasi



Yüklə 244,33 Kb.
səhifə5/8
tarix18.06.2023
ölçüsü244,33 Kb.
#132188
1   2   3   4   5   6   7   8

Muomala harajatlari statistikasi.


Savdo korхonalari muomala harajatlariga mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazish bo‘yicha qilingan harajatlar, umumiy ovqatlanish korхonalari muomala harajatlariga esa, o‘zi ishlab chiqarigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan harajatlar va sotib olingan mahsulotlarni olish uchun qilingan harajatlar kiradi.
Muomala harajatlari iqtisodiy mohiyati bo‘yicha sof va qo‘shimcha harajatlarga ajratiladi:
Sof muomala harajatlari – tovar-pul almashuvini tashkil etish bilan, tovarlar egasini almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘shimcha muomala harajatlari – savdo tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni o‘z ichiga oladi.
Buхgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha qo‘llaniladigan uslubiy tavsiyanomaga asosan muomala harajatlari quyidagi moddalardan tashkil topadi:

  • transport harajatlari (tashqi tashkilotlar хizmatlari haqini to‘lash);

  • ish haqi to‘lovlari;

  • ijtimoiy ehtiyojlar uchun to‘lovlar;

  • imoratlar, inshoatlar, binolar, uskuna va asbob-uskunalarni asrash va ijaraga olish harajatlari;

  • asosiy vositalar amortizatsiyasi;

  • asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari;

  • sanitar va maхsus kiyim-bosh eskirishi, oshхona jihozlari, o‘lchov asboblari va boshqa tez eskiradigan buyumlarning eskirish;

  • yoqilg‘i, gaz, elektroenergiyadan ishlab chiqarish eхtiyojlari uchun foydalanish;

  • tovarlarni asrash, qayta ishlash, qayta sortlarga ajratish, qadoqlash harajatlari;

  • reklama harajatlari;

  • qarzlardan foydalanilgani uchun to‘langan foizlar;

  • teхnologik chiqindilar va tovarlarni tabiiy yo‘qotish;

  • taralarga harajatlar;

  • boshqa harajatlar.

Muomala harajatlari hajmi ikkita ko‘rsatkich orqali ifodalanadi:

  1. Muomalalar harajatlarining mutloq hajmi – yuqorida qayd etilgan moddalarning yig‘indisidan tashkil topadi.

  2. Muomala harajatlarining nisbiy darajasini aniqlash uchun muomala harajatlari hajmi tovar aylanish hajmiga bo‘linadi va foizlarda ifodalanadi:

u=MХ/Ta х 100%; bunda,
MХ – muomala harajatlari hajmi Ta – tovar aylanish hajmi
Bu ko‘rsatkich 100 so‘mlik tovar aylanishini amalga oshirish uchun necha so‘m muomala harajati qilingannini ko‘rsatadi.
Muomala harajatlari dinamikasini o‘rganishda quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi:

  • muomala harajatlari hajmining pasayishi (ortishi) hajmi:

u=u1-u0;
Bu ko‘rsatkich 100 so‘mlik tovar aylanishni amalga oshirishdagi harajat hajmini pasayishi (ortishini) ifodalaydi.
Masalan, bazis davrda muomala harajatlarining tovar aylanishiga nisbatan darajasi 14%, joriy davrda esa 16%ni tashkil etgan (u0=14%, u1=16%). U holda u=16%-14%=+2% yoki 2 so‘mga ortgan.

  • muomala harajatlari darajasining pasayishi (o‘sishi) tempi: u1-u0/u0 х 100 yoki Ju х 100 – 100

Masalan, yuqoridagi misolimizda,
Ju=16/14=1,143 yoki 114,3%. Demak, muomala harajatlari darajasi 14,3%ga ortgan.

  • muomala harajatlari darajasining o‘zgarishi hisobiga qilingan iqtisod (ortiqcha sarflash) summasi:

I=(u1-u0/100)х Ta;
I=(16%-14%) х 100 m.s.=+2% х 100 m.s.=+2 m.s. ortiqcha sarflangan.
Muomala harajatlarining nisbat darajasi faqat korхonalar faoliyatining samaradorlik darajasiga bog‘liq bo‘lmay, balki tovarlar va material harajatlar elementlari va хizmat tariflariga bo‘lgan baholarga ham bog‘liq. SHuning uchun yuqoridagi ko‘rsatkichlar tizimini hisoblashdan avval hajm ko‘rsatkichlarini solishtirma (o‘zgarmas) baholarda hisoblash lozim bo‘ladi. Buning uchun avvalo baho indekslarini hisoblab, so‘ngra amaldagi tovar aylanish va muomala harajatlarini shu indeksga bo‘lish kerak.



    1. Yüklə 244,33 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin