Tutchilik, zotli tuxumchilik muammolari va Pillachilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash bilan Toshkent agrar universiteti ipakchilik kafedrasi va Oʻzbekiston ipakchilik instituti shugʻullanadi
Tutchilik, zotli tuxumchilik muammolari va Pillachilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash bilan Toshkent agrar universiteti ipakchilik kafedrasi va Oʻzbekiston ipakchilik instituti shugʻullanadi.
Tutchilik, zotli tuxumchilik muammolari va Pillachilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash bilan Toshkent agrar universiteti ipakchilik kafedrasi va Oʻzbekiston ipakchilik instituti shugʻullanadi.
Jahonda pilla yetishtirish va xom ipak ishlab chiqarish boʻyicha Oʻzbekiston Xitoy, Yaponiya va Hindistondan keyin 4-oʻrinni egallaydi. Hozirgi kunda yetishtirilayotgan pilla respublikaning hamma pillakashlik korxonalarini toʻliq taʼminlash bilan birga uni chet elga sotish imkonini ham beradi.
Pillachilik Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Braziliya, Tayvan, Pokiston, Suriya, Turkiya, Ispaniya, Misr va boshqa mamlakatlarda rivojlangan. Tabiiy ipak jahonda ishlab chiqariladigan toʻqimachilik tolalarining faqatgina 0,5% ni tashkil etadi, lekin ipak va ipak gazlamalarning texnika va maishiy turmushda keng qoʻllanilishi tufayli jahon bozorida tabiiy ipakka boʻlgan talab juda yuqori (yana qarang Ipakchilik sanoati).