ANNOTATSIYA Ushbu maqolada darsni olib borishning umumiy muammoli jihatlaridan biri bo'lgan, an'anaviy va noan'anaviy darslar haqida fikrlar berilgan. Pedagoglar har ikki dars turida ham sifatni oshira olish imkoniyati tahlil qilingan. Kalit so'zlar: noan'anaviy dars, an'anaviy dars, pedagogik texnologiya, ta'lim jarayoni, dars vaqti. Noan'anaviy bo'lmagan dars - noan'anaviy (noma'lum) tuzilishga ega bo'lgan improvizatsiya qilingan o'quv mashg'ulotlaridir. Pedagogik adabiyotlarning tahlili bir necha o'nlab turdagi nostandart darslarni ajratish imkonini berdi, ammo ular bitta maqsadga birlashtirilgan - asosiy qonunning bajarilishiga olib keladigan yangi usullar, shakllar, texnikalar va o'qitish vositalarini ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.
Darslarni o'tish jarayoni o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi aloqa bilan yaratiladi, an'anaviy dars - ko'p hollarda ta'lim jarayoning birdan-bir modeli bo'lib qo'lmoqda. An'anaviy dars - passiv dars berish usuli bo'lib, darsning samaraliligi uni rejalashtirilishiga bog'liq bo'ladi. Ma'lumki an'anaviy darsda ta'lim jarayonining markazida o'qituvchi turadi. An'anaviy dars o'tish modelida ko'proq ma'ruza, savol -javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an'anaviy dars samaradorligi ancha past bo'lib, o'quvchilar ta'lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.
Dars rivojlanishining asosiy tendensiyalari darsga bo'lgan talablarda o'zining aniq ifodasini topadi. Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim: - fanning ilg'or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o'quvtarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish; - darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta'minlash; - o'quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o'zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish; - o'quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog'liklarni o'rnatish; - ilgari o'rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o'quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish; - shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; - o'quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;