O'quvchini darsda faolligi va diqqatini boshqa vaziyatlar olib o'tmasligi foydali bo'ladi hamda ta'lim sifati oshib boradi. Ushbu jarayonga biz quyidagicha taklif bermoqdamiz: - ta'lim jarayonida o'quvchilarda tasavvur imkoniyati yetarli bo'lmaganligi uchun dars jarayoniga modellashtirish texnologiyalarini olib kirish; - darslarda texnik qurilmalarni amaliy foydalanish imkoni bo'lmagan hollarda ishlash jarayonini virtual holda yaratish va natijani ko'rsatish; - modellashtirilgan obyektlar asosida tahlilni olib borish; - kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ularni ko'rsatish; - biologiya darslarida jonli tabiatdan hamda modellardan foydalanish; - geografiya darslarida esa xaritalar va shaharlarning yaratilgan modellaridan unumli foydalanish mumkin.
Akvarium metodi: Bunda 5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo'ylab o'tiradilar. Ular - «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o'tiradilar (yoki turadilar). Ular - «baliq ovchilari». Ichki doira a'zolari («baliqlar») o'qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama qiladilar. "Baliq ovchilari" esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan biron o'quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar: qo'shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. SHunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak. Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so'ng ishtirokchilar joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo'ylab o'tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o'tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Foydalanish doiralari. Tabiiy va aniq fanlarni o'rganish jarayonlarida qo'llaniladi. Afzalliklari. Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni (masalani) hal qilish bo'yicha o'z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi. Muhokama jarayoniga erkin qo'shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi. Tahliliy fikrlash, e'tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi. Qiyinchiliklari. Muammoni muhokama qilishda barcha o'quvchilar faol ishtirok etish jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. SHu bois o'qituvchi yaxshi tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo'lishiga yo'l bermaydigan uslublarni bilishi lozim.
Noananaviy darsda vaqt talabi dars vaqtining ko'p qismi o'quvchilarning mustaqil topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o'z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanishi bilan belgilansa, an'anaviyda dars vaqtining ko'p qismi o'qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o'zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi. Noananaviy dars turlari dars samaradorligini oshiradi va akademik ishlarga barqaror qiziqish uyg'otish va dasturiy ta'minot materiallarining eng yaxshi yutug'ini saqlashga yordam beradi.