Nazariy qism Korrelyatsiya. O‘zaro-korrelyatsiya funksiyasi (O‘KF) svyortkalash bazasi
asosida ikkita signallar: ma’lum (asosiy) va noma’lum (o‘lchangan) orqali
hisoblanadi. Bu ikkita signalning o‘xshashlik darajasini va umumiy
xususiyatlarining ko‘rsatkichidir. Avto-korrelyatsiya funksiyasi (AKF) signal va
uning siljigan nusxasi o‘rtasidagi o‘xshashlik darajasini ko‘rsatadi. Korrelyatsion
tahlil elektron qurilmalarda va signallarga raqamli ishlov berish tizimlarida
noma’lum kirish signallari yoki shovqinlarga ega bo‘lgan signallarni tahlil qilish va
taqqoslashda qo‘llaniladi
Diskret AKF signallar uchun signalning juft qiymatlari hosilasining yig‘indisi
va uning siljigan nusxasi ishlatiladi. Yig‘indida kirish signalga nisbatan namunaning
qancha holatga siljiganligini ko‘rsatuvchi n butun son ishlatiladi
Vs(n) = Si * Si - n (2.1) bu yerda Si – diskret kirish signalining namunaviy qiymati, Si-n – bu n holatga
kechiktirilgan signal nusxasining namunaviy qiymati.
Svyortka eng ko‘p ishlatiladigan amallardan biri bo‘lib, u ikkita signallar
ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi: signallardan biri kirish signali, ikkinchisi
esa tegishli filtrning impulsli xususiyati.
Ikki signallar ketma-ketligini svyortka amalini bajarishning algoritmik
jarayoni h(n) va x(n) qiymatlarning h(n) ga nisbatan x(n) ni ketma-ket siljish bilan
bosqichma-bosqich yo‘naltirilgan ko‘paytirishdan iborat. Bunday holda quyidagi
operatsiyalar amalga oshiriladi: bosqichma-bosqich siljitish, signalning juft
qiymatlarini va impulsli xususiyatlarini ko‘paytirish, juft ko‘paytirish natijalarini
to‘plashdan (ketma-ket yig‘ish) iborat. 2.1-rasmda ikki signallar ketma-ketligini
(X = (1, 2, 3) va Y = (1, 3, 5)) svyortka amalini bajarish natijasini hisoblash ketma-
ketligi keltirilgan. 2.2-rasmda esa raqamli signal ketma-ketliklari yordamida ikkita
raqamli signallarni svyortkalash tartibi keltirilgan.
Amaliy qism Topshiriq: Matlab paketida signallarga raqamli ishlov berish
Berilgan funktsiyalardan variant tanlanib, olingan variantlar ustida quyidagi amallar bajariladi:
1. 2 ta funktsiya svyortka qilinadi
2. 2 ta funktsiya korrelyatsiya qilinadi
Olingan natijalar va dastlabki natijalar bilan birgalikda grafik orqali ifodalanadi.
23-variant
23
z=cos(x)+2sin(x)
, y=2;
Yodgorov Maxmudjon G'ani o'g'li 210-21
Dastur kodi :
h = 0.01;
x1 = -3;
x2 = 3;
y=2;
x = x1:h:x2;
n = length(x);
y1 = zeros(n, 1);
y2 = zeros(n, 1);
Xulosa Biz ushbu amaliy ishda svyortka va korrelyatsiya amallari ustida ishladik.
Ushbu jarayonlardan oldingi va keyingi olingan natijalarni tahlil qilib grafiklarni solishtirdik. Cheksiz bo’laklarga bo’linganda grafik 0 ga qarab intiladi , dastlab 2 bo’lakda esa to’liq holatda bo’ladi