Guruh talabasi Zokirov Jaloliddinning O'zbek tilining sohada qo'llanilishi fanidan 2- mustaqil ishi



Yüklə 14,01 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü14,01 Kb.
#194064
  1   2   3   4   5
2-mustaqil ish

130-20 guruh talabasi Zokirov Jaloliddinning O'zbek tilining sohada qo'llanilishi fanidan 2- mustaqil ishi

Mavzu: Kasbiy muloqot jarayoni

Ovozning sifatiga e’tibor berish. Muloqot jarayonida to‘g‘ri nafas olish. Tovush va so‘zlarni aniq talaffuz qilish. To‘liq va aniq diksiya So‘z va gaplarning “chaynalmasligi”. Fonetikaga oid bilimlardan xabardorlik. Nutqdagi nuqsonlarni barataraf etishga yordam beradigan mashqlar bilan muttasil ishlash.

Reja:

  • Reja:
  • Nuqsonli ovoz
  • Tovushni noaniq aytish
  • Nafas olishdagi tartibsizliklar
  • Nutq tempi, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik

Muloqot texnikasining tarkibiy qismlari:

  • 1. Muloqot madaniyati - savodli gapirish, o 'z nutqini chiroyli va tushunarli, ta'sirchan qilib bayon etish, o 'z fikr va his- tuyg ‘ularini so 'zda aniq ifodalash.
  • 2. Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma'noli qarash, rag‘batlantiruvchi yoki iliq tabassum.
  • 3. Hissiy holat - jiddiylik darajasi, xayrxohlik kayfiyatini saqlash, o‘zining hissiy holatini tashkil etish.
  • Muloqot texnikasiga qo‘yiladigan talablar:
  • 1. Ovozning sifatiga e'tibor berish;
  • 2. Muloqot jarayonida to‘g‘ri nafas olish;
  • 3. Tovush va so‘zlarni aniq talaffuz qilish;
  • 4. To‘liq va aniq diksiya;
  • 5. So‘z va gaplarning «chaynalmasligi»;
  • 6. Fonetikaga oid bilimlardan xabardor

7. Nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradiga mashqlardan muttasil foydalanib borish.

  • 7. Nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradiga mashqlardan muttasil foydalanib borish.
  • Muloqotning ta'sirchanligini ta'minlash nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik omillarni ham o‘z ichiga oladi. Bamisoli ummon bo‘lgan tilimizdan bir fikrni bir qancha shaklu shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud, ya'ni tilimizda har qanday voqea-hodisalarni ifodalash uchun so‘z va iboralar topiladi, lekin muloqot vaziyati uchun eng uyg‘un ifodani topa bilish o‘qituvchining bilimi, ma'rifatu madaniyati, mahoratu malakasiga bog‘liq.
  • Muloqotdagi ohangning tezligi, yuqori-pastligi ham ta'sirchanlikni oshiruvchi omillardir. Bunday nutqlar, odatda, muhim qarorlar, axborotlar, farmoyishlar o‘qilganda ishlatiladi.
  • Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past, talaffuzi yomon, nafasi qisqa bo‘lganligidan chiroyli va ta'sirli nutq ayta olmaganligi haqida tarixchilar yozganlar. Bu sohani chuqur o‘rgangan olim S.Inomxo‘jayev ta'kidlaganidek, keyinroq Demosfen muloqot texnikasi asoslarini egallashga juda jiddiy kirishgan. U bir yerto‘la qazib, shu yerto‘lada ovozini rivojlantirish, diksiya, deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzidagi nuqsonlar, "r" tovushini aytolmaslik, ba'zi tovushlarni noaniq aytish kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga mayda toshlarni solib, she'rlar, turli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi.Ovozini rivojlantirish, ovoz apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib tushib, nafasini ushlab turgan holda she'rlarni deklamatsiya qiladi. Demosfen gapirayotganda bir yelkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish uchun yerto‘lasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qo‘yib, yelkasini xanjarning ayni uchiga to‘g‘rilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana shunday mashaqqatli va muntazam mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning eng cho‘qqisini zabt etgan.

Yüklə 14,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin