Guruh talabasi Zokirov Jaloliddinning O'zbek tilining sohada qo'llanilishi fanidan 2- mustaqil ishi



Yüklə 14,01 Kb.
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü14,01 Kb.
#194064
1   2   3   4   5
2-mustaqil ish

Muloqot texnikasini egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan boxabarlik zarur. Ayrim kishilar ko‘pincha muloqot jarayonida boshqa joylardagiga qaraganda anchayin baland ovozda gapiradilar. Yana ba'zilar borki, ular muloqot jarayonida deyarli past ovozda so‘zlaydilar. Bunda ularning o‘zlari qiynaladilar, sezilarli samaraga erishilmaydi, faqat bunday ovoz bo‘g‘iq, tussiz eshitiladi.

  • Muloqot texnikasini egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan boxabarlik zarur. Ayrim kishilar ko‘pincha muloqot jarayonida boshqa joylardagiga qaraganda anchayin baland ovozda gapiradilar. Yana ba'zilar borki, ular muloqot jarayonida deyarli past ovozda so‘zlaydilar. Bunda ularning o‘zlari qiynaladilar, sezilarli samaraga erishilmaydi, faqat bunday ovoz bo‘g‘iq, tussiz eshitiladi.
  • Muloqot texnikasi bilan bog‘liq nuqsonlardan yana biri nutq tempi, tezligini to‘g‘ri belgilamaslik yoki tezlik-sekinlikning maqsadga ko‘ra mo‘'tadilligini saqlay olmaslikdan iborat. Muloqotning tempi, albatta, bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr strukturasiga uyg‘un bo‘lishi maqsadga muvofiq. Tinglovchining ruhiyati, charchagan yoki charchamaganligi, materialni qanday qabul qilayotganligidan kelib chikqan holda nutq tempini tanlasa, uni o‘rni bilan o‘zgartirib tursa, ham pedagogiq ham psixologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi.
  • Muloqot jarayonida diksiya masalasi ham alohida o‘rin tutadi. Masalan, ba'zan "z" tovushini jarangsiz "s" tovushiga moyil tarzda talaffuz qilish uchraydi: siz — sis, eshitdingiz — eshit-dingiz kabi. Bu singari nuqsonlar nutq tovushlarining hosil bo‘lish o‘rinlarini yaxshi bilmaslik va artikulyatsion apparat (tovush hosil qilishda ishtirok etadigai nutq a'zolari)ning yyetarli darajada faol emasligi natijasida paydo bo‘ladi. Noto‘g‘ri yoki noaniq talaffuz qilinadigan tovushning hosil bo‘lishida ishtirok etadigan nutq a'zolarining faolligini oshirish yo‘li bilan kishi nutqidagi ana shunday diktsion xatolarni tuzatish mumkin. Buning uchun xilma-xil mashqlar yaxshi yordam beradi. Masalan, turli tez aytishlar, maqol va matallar, turli mazmundagi matnlarni muntazam ovoz chiqarib takrorlash ana shunday mashqlarning bir ko‘rinishidir.

Yüklə 14,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin