Turli yosh davrlarida o'zlashtirish xususiyatlari .
Reja: 1.Bolalik va erta davr. 2.Maktabgacha davr. 3.Kichik maktab davrida o’qitish. 4.O’smirlik va o’spirinlik davrlarida o’qitish va o’zlashtirish.
Chaqaloqlik davri. Juda ko'p tadqiqotchilar, amaliyotchi psixolog va psixiatrlar inson xotirasida o'zining ona qornidagi davri hayoti va biologik tug'ilishi haqidagi esdaliklarni bilishga qiziqib kelganlar hamda bu fenomenni tushuntiruvchi va homila psixik hayoti sir-sinoatlarini ochib beruvchi ba'zi ma'lumotlar ham mavjud. Homila bilan aloqa o'rnatishga intilib, tadqiqotchilar uning harakat reaksiyalari va yurak urishini o'rganganlar.
Homilaning ona qornidagi davri psixologiyasi sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar antenatal psixologiya, yani homilaning paydo bo'lgandan boshlab tug'ruq davri boshlangunga qadar bo'lgan davri uning bosh miyasi, sensor sezgirligi, idrok, xotira va psixik jarayonlari hamda aynan shu davrda tug'ilajak boladagi psixik hodisalar rivojlanishini o'rganadigan sohaga asos solinishiga olib keldi. Rivojlanayotgan organizmning murakkab faoliyat qobiliyati haqidagi tasavvurlarga uning funksional faolligini o'rganish bilan ega bo'lish mumkin. Ona qornidagi homila faolligi yurak urishi, harakat faolligi, uxlash va uyg'oqlik maromi kabi jarayonlarda namoyon bo'ladi.
Go'daklik davri.Bizning dunyo haqidagi va o'z tanamiz xaqidagi bilimlarimizning asosiy manbai sezgilardir. Ular bosh miyaga tashqi dunyo xodisalari va inson organizmi haqidagi ma'lumotni yetkazib beruvchi asosiy kanallar bo'lib, insonga tashqi dunyo va o'z tanasida yo'nalishni belgilashga yordam beradi. Agar bu kanallar yopiq bo'lganda edi sezgi organlari kerakli informatsiyani etkazib bermagan bo'lardilar, xar qanday ongli xayotning imkoni bo'lmagan bo'lar edi.
Maktabgacha davr.Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o’zgarishlari bo’lishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4 yosh) kichik maktabgacha davri(4-5 yosh) kichik bog’cha yoshi, o’rta maktabgacha davr (o’rta bog’cha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bog’cha yoshilarga ajratish mumkin.