Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo’lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o’zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan hatti–harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o’sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmogi kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Maktabgacha davrda bolalarning ko’zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko’rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi.
Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o’zi bilganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi.
Kichik maktab davridao’quv maskanida muvaffaqiyatli o’qishi ko’p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog’liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo’lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o’ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi xali o’sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o’rgatish xali barmoq muskullari to’liq rivojlanmaganlik sababli ularga ma’lum darajada zarar keltirishi yoki uni chiroyli yoza olmasligi, o’z-o’zidan bolani o’ziga nisbatan ishonchini yoki o’qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin.
Keyingisi bolaning aqliy tayyorgarligidir. Ko’pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning ma’lum bir dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar o’quv maskani beradigan ta’limga asos bo’lishi mumkin, lekin so’z boyligi, ma’lum hatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko’rsatkichi bo’la olmaydi.Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bog’liq.
Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi. O’quv maskanida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, Pedagoglari bilan munosabatga kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o’z ichiga oladi. Har bir bola bolalar jamoasiga qo’shila olishi, ular bilan hamkorlikda harakat kila olishi, ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. Ushbu xususiyatlar bolaning o’quv maskanidagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini ta’minlab beradi.
O’smirlik va o’spirinlik davrlarida o’qitish va o’zlashtirish.
O'smirlik 10–11 yoshlardan 14–15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga o’tish, asosan, 5–sinflardan boshlanadi. «Endi o’smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o’smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o’smir rivojida keskin o’zgarishlar ruy bera boshlaydi. Bu o’zgarishlar fiziologik hamda psixologik o’zgarishlardir.
O’smirlik davrida yetakchi faoliyat – bu o’qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O’smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to’la o’rtoqlik kodeksiga bo’ysunadi.
O’smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti ularning katta bo’lganlik hissi asosida tuzilgan bo’ladi. Ular kattalar tomonidan qilinadigan xak-xuquqlarini cheklashlariga, qarshilik va e’tirozlariga qattiq qayg’uradilar. Lekin shunga qaramasdan, u muloqotda kattalarning qo’llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar.
Ilk o’spirinlik yoshi bolalarning 15 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan taraqqiyot davrini o’z ichiga oladi. Bu akademik litsey va kasb-xunar kollejlari o’quvchilaridir. Bo’yning o’sishi o’spirin qizlarda 15-16 yoshgacha, o’g’il bolalarda 17-18 yoshga davom etadi.
Xulosa:O’spirinlarda, o’quv fanlariga nisbatan munosabatlarni to’g’ri shakllantirish orqali kelgusida kasbiy ko’nikmalarniegallashga zamin xozirlaydi.
Xulosa:O’spirinlarda, o’quv fanlariga nisbatan munosabatlarni to’g’ri shakllantirish orqali kelgusida kasbiy ko’nikmalarniegallashga zamin xozirlaydi.