Gurux elementlarining binar birikmalari va sanoatda ahamiyati



Yüklə 170 Kb.
səhifə3/3
tarix07.04.2023
ölçüsü170 Kb.
#94721
1   2   3
gURUX ELEMENTLARINING BINAR BIRIKMALARI VA SANOATDA AHAMIYATI

MeI SO MeIII SO H O
2 4 2 4 2 2 ( ) 24 bu yerda
3 3 3 3 
4 Me I NH , K , Na , Rb yokiCs , Me III Cr , Al , Fe yokiV
.
Ayrim achchiq toshlarning trivial (qadimiy) nomlari:

K2SO4· Al2(SO4)3· 24H2O yoki KAl(SO4)2 · 12H2O–alyumokaliyli achchiqtosh;


K2SO4 . Cr2(SO4)3·24H2O yoki KCr(SO4)2 · 12H2O-xrom kaliyli achchiqtosh;
K2SO4·Fe2(SO4)3· 24H2O yoki KFe(SO4)2·12H2O-temir kaliyli achchiqtosh.
Kо‘pincha «kaliy» sо‘zi tushirib qoldiriladi va achchiq xromli, temirli va hokazo achchiq toshlar, alyumokaliyli achchiqtoshni oddiy achchiq tosh deb ham atalaveradi.
Mor tuzi. Bu achchiqtosh emas, uning tarkibi – (NH4)2
SO4·FeSO4·6H2O bо‘lib, tahliliy kimyoda reaktiv sifatida ishlatiladi.
Sulfatlardan ammoniy sul’fat va kaliy sul’fat о‘g‘it sifatida va achchiqtoshlar olishda, Na2SO4 shisha ishlab chiqarishda, Na2S2O3 fotografiyada, gazlamalarni oqartirgandan keyin qoladigan xlor qoldiqlarining yо‘qotishda qaytaruvchi sifatida (antixlor) ishlatiladi.
Sul’fat kislotaning olinishi.
Hozirgi paytda sul’fat kislotasi jahon bо‘yicha kontakt usulida olinadi. Asosiy dastlabki maxsulot, oltingugurtni yoqib yoki piritni kuydirib olinadigan SO2- dir. Ayrim metallarning sul’fidlarini kuydirib, metall olishda chiqadigan chiqindi gaz SO2 dan ham sul’fat kislota olishda foydalaniladi.
Kontakt usulida sulfat kislota olishda quyidagi sxema amalga oshiriladi:
FeS2 (S) → SO2 →SO3→ H2SO4
Pirit va oltingugurtni yonishi quyidagi tenglama bilan boradi:
4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2↑
S + O2 = SO2 ↑
2SO2 + O2 2SO3 + 47 kkal
Bu jarayonda kat: Pt yoki V2O5, t = 4000C
Tozalangan SO3 yuttirish minorasiga yuboriladi va u yerda SO3 96% li sulfat kislotaga yuttiriladi:
SO3 + H2SO4 = H2S2O7
oleum
SO3 ning sulfat kislotadagi eritmasi havoda tutaydi, chunki SO3 – ajralib chiqadi va havodagi suv bug‘lari bilan oq tutun hosil qiladi.
Shuning uchun ichida SO3 erigan sulfat kislotasiga «tutovchi» (oleum) kislota deyiladi. Sulfat kislota cheklanmagan miqdorda oltingugurt (VI) ni eritadi, demak oleum tarkibi har xil bо‘ladi va umumiy formula H2SO4 · xSO3 bilan ifodalanadi. X=1 bо‘lganda pirosulfat (H2S2O7) kislotaning rangsiz kristallari hosil bо‘ladi, uning qisqartirilgan formulasi:
HO – SO2 - O – SO2 – OH.
Pirosulfat kislota (tc = 350C) har xil organik moddalarni ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Oleumdan sulfat kislota olishda, uni suvda eritiladi:
H2S2O7 + H2O = 2H2SO4
Suv miqdori nazorat qilinganda 100% li toza sulfat yoki uning konsentrlangan eritmasi olinadi. Konsentrlangan sulfat kislotasining zichligi =1,84 g/sm3 bо‘lib, unda 98 % gacha H2SO4 bо‘ladi.
tq=3380C, y SO3 tuman hosil qilib qaynaydi. Suv bilan suyultirilganda kuchli qizish kuzatiladi (gidratlarning H2SO4 SO3 hosil bо‘lish) va atrofga sachraydi. Shu sababli kislota eritmasini tayyorlash qoidasi: kislotani suvga asta–sekinlik bilan aralashtirib turgan holda
quyiladi, aksincha emas.
Konsentrlangan sulfat kislotasi juda gigroskopik shuning uchun u kо‘pgina gazlarni quritishda ishlatiladi (ammiakni quritishda ishlatib bо‘lmaydi, chunki ammiak bilan H2SO4 reaksiyaga kirishib ammoniy sulfat tuzi hosil bо‘ladi).
Konsentrlangan sulfat kislotasi shunchalik kuchli suvni tortib olish xossasiga egaki, u hatto organik birikmalarda vodorod va kislorodning nisbatlari 2:1 bо‘lsa, suv sifatida tortib oladi va organik moddani kо‘mirga aylantiradi:
C H O HSOkons C H O
2
( )
12 22 11 2 4 12 11
Saxaroza kо‘mir
Sulfat ioni ( 2 )
4
SO bariy ioni (Ba2+) bilan mayda kristallik chо‘kma BaSO4 ni hosil qiladi. Ba2+ioni sulfat ioniga reagentdir, bu reaksiya sulfat ioniga sifatiy reaksiyadir.
Sulfat kislotaning ishlatilishi.
Sulfat kislotasi kimyo sanoatining asosiy mahsulotidir. Undan kimyoviy tola ishlab chiqarishda (viskoza shoyisi, charm, poliamid tolasi), о‘g‘itlar (superfosfat), portlovchi moddalar, yuvuvchi, hо‘llovchi va emulgirantli vositalar, bо‘yoqlar, dorivor preparatlar, hamda har xil sulfatlar, oddiy va murakkab efirlar, ayrim kislotalar (HF, HCl, vino kislotasi va boshqalar), mineral moylarni rafinirlashda, metallarga kimyoviy usulda ishlov berishda, galvanik elementlar va qо‘rg‘oshinli akkumulyatorlarda elektrolit va boshqa kо‘pgina maqsadlarda ishlatiladi.
Kislorod – D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida 2- davr, oltinchi bosh ruppada joylashgan, tartib raqami (yadro zaryadi) 8, kimyoviy belgisi O (lotincha Oxygenium-“kislota tug‘diruvchi” degan ma’noni bildiradi), nisbiy atom massasi Ar (0)=16. Atom tuzilishi:
1s22s22p4 r-elementlar oilasiga mansub. Valent elektronlari: 2s22p4, yacheykalarda quyidagicha taqsimlanadi.
2s 2p
2 ta toq elektroni bor, 2s va 2r pog‘onachalardagi juft elektronlarni bо‘sh orbitallarga tkazish imkoniyati yо‘q, chunki kislorod 2- davrda joylashganligi uchun, bо‘sh orbitallari yо‘q. Shu sababli kislorodning maksimal kovalentligi 4 ga teng
Oksidlanish darajasi. Kislorod murakkab kimyoviy birikmalarda –1, -2, (2 ta elektron kabul kilib tugallangan tashki pog‘onaga ega bо‘ladi) va +1, +2 (fakat ftor bilan hosil qilgan birikmalarida OF2, O2F2) oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.
Ochilishi. Kislorodning kashf qilinishi 3 ta buyuk olimlarining nomi bilan bog‘lik. Kislorod birinchi marta erkin holda selitrani, aniqrog‘i Mg(NO3)2 tuzini qizdirib 1770 yilda (ayrim manbalarda 1772 yil deb kо‘rsatilgan) Shved kimyogari Sheyele olgan. 1774 yil
ingliz olimi Pristli simob oksidi (HgO) va qо‘rg‘oshinli surikni (Pb3O4- 2PbO, PbO2) parchalab olgan.
Kо‘pgina moddalarning xavoda yonishi reaksiyasida kislorodning roli 1775 yil fransuz olimi Lavuazye tushuntirdi va xavoning tarkibini о‘rganadi. Lavuazye о‘z tekshirishlari bilan 1697 yil nemis olimi Shtal tomonidan yaratilgan flogiston nazariyasini asossiz ekanligini isbotladi. Erkin holda kislorod ikki atomli molekula (O2) holida mavjud bо‘ladi. Nisbiy molyar massasi Mr (O2)= 32, Molyar massasi M ( O2) = 32 g/mol
Kislorodning tabiiy izotoplari:
16 99,76%
8 O
17 0,04%
8 O
18 0,2%
8 O
363
Tabiatda tarqalishi. Kislorod yer qobig‘ida eng kо‘p tarqalgan element tarqalishi bо‘yicha birinchi о‘rinda turadi. Kislorod yer qobig‘ining massasi jihatdan 49,13% ini, atom jihatdan 55,1% ini tashkil qiladi. Kislorod erkin holda havo tarkibida massa ulushi
jihatdan 23,15% ini, hajmi jihatdan 20,95% ini tashkil qiladi.
Kislorodning ______________atmosferadagi umumiy massasi 1,1 ·1010 t., va tabiiy
suvlarda (dengiz, daryo va kо‘llarning) erigan holda bо‘ladi.
Atmosfera havosi tarkibi.
Azot – 78,09% (hajmiy) 75,51% ( massa )
Kislorod-20,95% 23,15%
Argon –0,93% 1,28%
Karbonat angidrid-0,03% 0,046%
Suv bug‘lari ( 250S ) - 3% 0,27%
Bulardan tashkari havo tarkibida Ne, He, Kr, Xe, CH4, azot oksidlari, SO, oltingugurt oksidlari, vodorod sulfid va tasodifiy gazlar bо‘ladi.
Xavoning zichligi 00S va 101,325 kPa (1atm) da 1,293 g/l ga teng.
Yerning havo qatlami (ayniqsa ozon qatlami) quyoshning zararli ultrabinafsha nurlarini yutib va neytrallab yerning sirtini qizib ketishidan saqlaydi. Kimyoviy bog‘langan kislorod suvda 88,89% , tuproqda 56%, qumda ( SiO2) 53,3%, silikatlarda turli minerallar va hamma
tirik organizmlar tarkibiga kiradi. Odam organizmini massa jihatdan 65% ni kislorod tashkil qiladi. Bulardan tashqari kislorod tabiatda juda kо‘p tog‘ jinslari va ma’danlar tarkibiga kiradi.
О‘zida kislorod tutgan 1400 tabiiy minerallari ma’lum.
Kislorodning tabiatdagi roli
Hamma organizmda uchraydigan birikmalar bu tarkibida kislorod bо‘lgan birikmalar – shu sababli kislorod xamma tirik organizmlar uchun hayotiy zarur bо‘lgan elementdir. Xamma yashil о‘simliklar havodan karbonat angidridni barglari orqali va ildizi orqali esa suvni va
turli mineral ozuqalarni olib, о‘z organizmida quyosh nuri ta’sirida uglevodlarni hosil qiladi. Bu juda murakkab kimyoviy jarayon bо‘lib fotosintez deb ataladi.
6CO2+ 6H2O fermentlar C6H12O6 ↑ + 6O2↑
Jarayon natijasida erkin kislorod ajralib chiqadi va atmosferaga kо‘tariladi.
Demak, atmosfera havosiga va suvda erigan kislorodni beradigan birdan bir manba yer yuzida о‘sadigan yashil о‘simliklar va dengiz xamda okean suvlarida о‘sadigan yashil о‘tlardir. Nafas olish tirik organizmlarda boradigan modda almashinish jarayonlari orqali о‘tadi.

Qonda kislorod gemoglobin bilan kuchsiz bog‘lanadi va oksigemoglobin hosil qiladi, va shu kо‘rinishda tо‘qimalarga tarqaladi. Fermentlar ta’sirida kislorod qondagi glyukozani oksidlaydi va uni karbonat angidrid hamda suvga aylantiradi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan


energiya turli hayotiy muhim jarayonlarni borishini (muskullarning ishlashi, organizmni isishi, ishlash) ta’minlaydi. Hayvon va о‘simliklarning qoldiqlarining chirishi va suv hosil bо‘lib, havoga chiqadi va qaytadan fotosintezda ishtirok etadi.
Demak, hayvon va о‘simliklar hayot faoliyati uchun zarur bо‘lgan energiyani nafas olishda organizmga kiradigan kislorod bilan turli moddalarning biokimyoviy oksidlanishidan oladi. Yer kurrasida kislorod eng kо‘p tarqalgan element bо‘lganligi uchun uning tabiatdagi roli beqiyosdir.
Ammo shuni esda tutish lozimki, keyinchalik XX asr oxirida kimyo sanoatining kuchli rivojlanishi, mashinasozlikning rivojlanishi, kimyoviy maqsulotlarning halk xо‘jaligida ayniqsa qishloq xо‘jaligida qо‘llanish darajasi haddan tashqari ortib borgan sari havo va suv havzalarni hamda tuproqni har xil sanoat chiqindilari (ranglar, zaharli gazlar, tozalanmagan va tarkibida turli zaharli moddalar bо‘lgan suyuqliklar) bilan ifloslanishi atrof muhit ekologiyasini buzishga olib kelmoqdaki, bu insonlar salomatligiga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Butun dunyo miqyosida ekologik muammolar kо‘payib bormoqda. Tabobat ilmining buyuk bobokaloni Ibn Sino toza havo insonlar salomatligiga ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri ekanligini uqtirib: “… agar biz nafas olayotgan havoda chang va g‘ubor
bо‘lmasa, inson ming yillar yashashi mumkin” deb bundan 1000 yillar oldin aytgan edilar.
Shuni takidlash lozimki, atmosfera havosining, tuproq va suv havzalarining ortiq darajada ifloslanishiga kimyo sanoatlari chikindilari ham sabab bо‘lmoqda, shu sababli kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri kimyo sanoatida chiqindisiz ishlaydigan texnologiyani joriy qilish ekanligini kо‘rsatgan.
Hozir butun dunyo bо‘yicha ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan juda kо‘p amaliy ishlar olib borilmoqda. Ekologik muammo insoniyat oldidagi hayotiy muammodir.
Allotropiya (yunoncha) - Kimyoviy elementlarning ikki yoki undan ortiq oddiy modda shaklida mavjud bо‘la olishi allotropiya deyiladi.
Moddalarning har xil modifikasiyalari allotropik shakl о‘zgarishlari deyiladi.

Allotropiyaning sababi molekulalardagi atomlar sonining turlichaligi, masalan kislorod ikki xil allotropik kо‘rinishda O2 va O3 ozon holida yoki moddaning har xil odifikasiyadagi kristallar


hosil qilganligi (masalan, uglerod atomlaridan tuzilgan olmos, grafit va karbin) bо‘lishi mumkin. Dikislorod, kislorod O2 molekulasining ana’naviy usulda tasvirlanishi O = O yoki O O uning haqiqiy tuzilishini aks ettirmaydi, chunki suyuq kislorod magnitga tortiladi, Lyuis nazariyasi bо‘yicha uning molekulasida toq elektronlar yо‘q. Haqiqatdan kislorod molekulasi paramagnit, uning molekulasida ikkita toq elektron bо‘ladi: O O
Kislorodning magnit xossasini yoki uning molekulasida ikkita toq elektronlar mavjudligini molekulyar orbitallar usuli tushuntiradi.
O2 i i eaeoeaneaa i i eaeoeye i eaeoaeeaei ei a ooceeeo e
Kislorodning laboratoriyada olininshi
Laboratoriyada kislorodni olish, kislorodga boy bо‘lgan va nisbatan beqaror moddalarni parchalab olishga asoslangan:
Oksidlarni parchalab:
4MnO2 t2Mn2O3 + O2 ↑
4CrO3 t2Cr2O3 + 3O2↑
2 HgO t2Hg + O2 ↑
Tuzlarni parchalab:
2NaNO3 t2NaNO2 + O2↑
2 KClO3 t,MnO22 KCl + 3O2↑
Bu reaksiyada MnO2 - katalizator, uning о‘rniga Cr2O3, Fe2O3 larni xam ishlatish mumkin.
Laboratoriyada kislorod olishni eng qulay va havfsiz usullardan biri KMnO4 ni parchalashdir.
O2 molekulasida molekulyar orbitallarning tuzilishi
2 KMnO4 tK2MnO4+ MnO2 +O2↑
Bu usulda olingan kislorodga toza kislorod deyiladi.
4. Ammo shuni qayd kilish lozimki, mahsus tozalikdagi kislorod suvni elektroliz qilib parchalab olinadi. Bunda H2SO4 yoki ishqorning distillangan suvdagi 10% li eritmasini elektroliz qilinadi, katodda vodorod olinadi
H2SO4 2H+ +SO 24
(H2O)
2N++2ye-= N2↑
2N2O- 4ye = 4N+ + O2↑
2N2O elek.toki2N2↑+O2↑
Amalda suv elektrolizga uchraydi, H2SO4 elektr о‘tkazuvchanlikni oshiradi.
Vodorod peroksidni katalitik parchalab (kat=MnO2)
2H2O2 = 2H2O + O2↑
Canoatda olinishi.
Sanoatda kislorod olishning eng qulay va arzon usuli suyuq havoni fraksiyalab olishdir (Linde usuli). Suyuk xavoni fraksiyalab kislorod olish maxsus ajratish kolonnalarida amalga oshiriladi va bu jarayon suyuq azot va suyuq kislorodning har xil temperaturada qaynashlariga asoslangan, bunda azot gaz holida maxsus gaz yig‘uvchi –gaz golderlarga о‘tadi, kislorod esa suyuq holda qoladi. Izolirlangan asboblarda yoki suvosti kemalarida kislorod olishning maxsus usuli, ishqoriy metallarning peroksidlari bilan uglerod dioksidini ta’sirlashuviga asoslangan:
2Na2O2+2CO2 = 2Na2CO3+O2↑
4KO2+2CO2 = 2K2CO3+ 3O2↑
KO2-kaliy nadperoksidi xamisha Na2O2 tarkibida oz miqdorda qо‘shimcha sifatida uchraydi.
Kislorodning fizikaviy xossasi
Kislorod rangsiz, hidsiz, ma’zasiz, tamsiz gaz.101,325 kPa (1atm) va 200S da uning zichligi (r* 1,27g / sm3 ), (* suyuqlanish temperaturasida qattiq kislorod uchun), gaz holda kislorod zichligi ( r 1,428g / l ).
Kislorod havodan 1,1 marta og‘ir tc= -2190C, tk = -1830S. Suyuq va qattiq kislorod och havo rangli, magnitga tortiladi. Kislorod suvda azotga nisbatan biroz yaxshiroq eriydi, suvda erigan havo tarkibida 36 hajmiy foiz kislorod bо‘ladi yoki 270S da suvda 31 ml kislorod
eriydi. Kislorod pо‘lat ballonlarda 150 atm. bosim ostida saqlanadi va tashiladi. Suyuq holdagi kislorod yaxshi termoizolyasiyalangan maxsus idishlarda (ularni “tank” deyiladi) saqlanadi. Ishga yaroqli bir tonnali “tank” bir soat davomida 4 kg kislorod yuqotadi (asosan
yuqoridagi teshikdan bug‘lanishi hisobiga). Suyuq kislorod raketalarga yoqilgi sifatida qо‘yiladi.
Laboratoriya sharoitida gaz holidagi kislorod gazometr deb ataladigan idishlarda, suyuq holdagi kislorod esa Dyuar idishlarida saqlanadi.
Dyuar idishi qо‘sh devorli maxsus idish bо‘lib, qо‘sh devori orasidagi havo sо‘rib olingani uchun tashqaridan ichkariga issiqlik deyarli о‘tmaydi.
Kislorodning kimyoviy xossalari.
Kislorod kimyoviy eng aktiv metalmas element ftordan keyingi ikkinchi elementdir. Kislorod kо‘pgina boshqa elementlar: vodorod, bor, uglerod______________, xalkogenlar, azot va fosfor, hamda kо‘pdan kо‘p metallar bilan bevosita reaksiyaga kirishadi.
Kislorod faqat galogenlar bilan bevosita birikmaydi, ularning kislorodli birikmalari bilvosita usulda olinadi. Kо‘pchilik metalmaslar qizdililganda shiddatli reaksiyaga kirishadi. Bunday reaksiyalar paytida issiqlik va yorug‘lik chiqadi. Issiqlik va yorug‘lik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar yonish reaksiyalari deyiladi. Yonish reaksiyalari havo muhitiga qaraganda sof kislorod muhitida yoki kislorodga boyitilgan havo muhitida ancha shiddatli boradi:
S +O2 =SO2
S + O2 = SO2
4P + 5O2 =2P2O5
Demak, kislorodning kimyoviy birikishiga oksidlanish deyiladi, yo tez yoki sekin bо‘ladi. Sekin oksidlanishga temirdan yasalgan buyumlarning zanglashi, organik qoldiqlarning chirishi, organizmda oziqovqatlarni hazm bо‘lishi, rezinaning eskirishi, yog‘ bо‘yoqlarning qotishi kabilar misol bо‘ladi. Tez oksidlanishga hamma yonish reaksiyalari kiradi.
Kislorodda murakkab moddalar ham yonadi:
2H2S + 3O2 = 2SO2↑ +2H2O
Dyuar idishi

2P2H4 + 7O2 = 2P2O5 + 4H2O


4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O
SiH4 +2O2 = SiO2 + 2H2O
Hamma organik moddalar kislorodda tо‘liq yonganda karbonat angidrid va suv hosil bо‘ladi:
2S2N6 + 7O2→4SO2 +6N2O
S2N5ON + 3O2→ 2SO2 + 3N2O
Ushbu reaksiyalar jarayonida kо‘p miqdorda issiqlik va yorug‘lik chiqishi bilan sodir bо‘ladi.
Kislorod davriy sistemadagi aksariyat kо‘pchilik metallar bilan reaksiyaga kirishadi. Ishqoriy va ishqoriy–yer metallari bilan kislorod orasidagi reaksiyalar juda shiddatli boradi, ayrimlari (Rb, Cs,…) hatto yonishi bilan sodir bо‘ladi.
4Li + O2 = 2Li2O
Esda tutish lozimki, litiydan boshqa ishqoriy metallar kislorod bilan ta’sirlashganda peroksidlar yoki nadperoksidlar hosil bо‘ladi:
2Na + O2 = Na2O2
K + O2 = KO2
2Mg +O2 =2MgO
2Ca + O2 = 2CaO
3Fe + 2O2 = FeO · Fe2O3 (yoki Fe3O4)
Kislorodni metallmaslar yoki murakkab moddalar bilan о‘zaro ta’siridan (yonish reaksiyalari) hosil bо‘lgan binar birikmalarga oksidlar deyiladi (oksidlar mavzusiga qarang).
Kislorodning ishlatilishi.
Kislorod yoki kislorod bilan boyitilgan havo metallurgiya, kimyo ______________sanoati va medisinada ishlatiladi. Suyuq kislorod-raketa yoqilg‘isining asosiy komponentidir. Kislorod metallarni payvandlashda, kesishda, nafas olish apparatlarida hamda kо‘pgina kimyoviytexnologik jarayonlarda, yer ostida qо‘ng‘ir kо‘mirini gazifikasiyalash usulida issiqlik hosil qilishda suyuq havoni aktivlangan kо‘mir, yog‘och uni va boshka dispers materiallar bilan aralashmasi portlovchi moddalar olishda ishlatiladi.
Kislorod ishlatilishi jihatdan sanoatda ishlab chiqariladigan kimyoviy maxsulotlar orasida sulfat kislota va sо‘ndirilgan ohakdan keyin uchinchi о‘rinda turadi. Dunyo miqyosida har yili 80 mln tonnadan ortiq kislorod ishlab chiqariladi. Ayni paytda yer yuzi aholisining
( 6 mlrd. kishi deb hisoblasak) faqat ularning nafas olishlari uchun bir yil mobaynida 2,01 mlrd. tonna kislorod sarflanishini hisobga olsak, har bir kishiga 263 m3 dan kislorod tо‘g‘ri keladi. Ushbu sonlarni keltirishimizdan asosiy maqsad insonlarni yashashlari uchun eng zarur bо‘lgan kislorodni yashil о‘simliklargina yetkazib beradi. Shu sababli о‘simliklarni ehtiyot qilish, ularning о‘sishi va rivojlanishi uchun hamma sharoitlarni yaratish, yangi о‘rmon zor va mevazorlarni kо‘paytirish, parvarish qilish har birimizning insoniy burchimizdir.
Ozon 1840 yilda kislorodni uch atomli molekulasi O3 gazsimon yangi modda olindi. U xossalari bilan O2 dan keskin farq qiladi. Xarakterli hidi bо‘lganligi uchun uni ozon (grekcha-ozon «hidli» degani) deb nomlanadi. Ozon, kislorodga о‘xshab, oddiy modda, uning allotropik shakl kо‘rinishidir.
Ozon molekulasi uchburchak shaklda tuzilgan bо‘lib kislorod atomlari sp2 gibridlanishda, bog‘lanish burchagi 1200. O3 molekulasi gazsimon ozon havorangli, suyuq holatda ozonning tc=-1920S, tk= - 1120S.
Hamma agregat holatlarda ozon (zarb ta’siridan) portlovchi, suvda eruvchanligi O2 nisbatan ancha yuqori. Tabiatda ozon momaqaldiroq (chaqmoq) chaqqanda va ayrim organik moddalarning oksidlanishidan hosil bо‘ladi:
O2 O*+O*, O* + O2 = O3 yoki umumiy reaksiyasi: 3O2→ 2O3.
Ozonning molyar massasi havoga nisbatan ancha katta bо‘lgani uchun, chaqmoqli yomg‘irlar paytida hosil bо‘lgan ozon pastga tushadi. Shu sababli yomg‘irdan keyin havoning yoqimli hidli bо‘lishi, unda ozon gazlarining borligidan darak beradi.
Igna bargli о‘rmonlarning havosida (yog‘och smolasining oksidlanishidan) hamisha ozon bо‘ladi.
Dengiz sohillarida ham, suv о‘tlarini tо‘lqin qirg‘oqqa chiqarishidan chirishida ham ozon
hosil bо‘ladi. Havoda ozon miqdori kam bо‘lganda nafas olish yо‘llariga yaxshi ta’sir qiladi, ammo konsentrasiyasi katta bо‘lsa ozon kuchli zaharli.
Laboratoriyada ozon maxsus ozonator deb nomlanadigan asbobda tinch elektr zaryadi ta’sirida
kisloroddan olinadi. Ozon olish laboratoriya uskunasi rasmda kel- Ozonator tirilgan.
Ozonning hosil bо‘lishi hajmning kamayishi bilan sodir bо‘ladi:
3O2=2O3- H0=-69 kkal.
Ozon vaqt о‘tishi bilan о‘z-о‘zidan kislorodga aylanadi: 2O3→ 3O2
va bu jarayon ekzotermik energiyaning, chiqishi bilan sodir bо‘ladi.
Ozon kuchli oksidlovchi, uning oksidlovchilik xossasi u osonlik bilan bitta atomar kislorod chiqarish bilan asoslanadi: O3→O2 + O*
Ozon ta’siridan Au, Pt va Zr dan boshqa hamma metallar oksid holiga о‘tadilar.
Ozon sulfidlarni sulfatlargacha, ammiakni nitrit va nitrat kislotalargacha oksidlaydi. Rezina va kauchukni ozon tez yemiradi, kо‘pchilik organik moddalar ozon ta’sirida о‘z-о‘zidan alangaladi.
Uning kuchli oksidlovchilik xossasi (oksidlovchilik aktivligi) eng xarakterli xossalaridan biridir.
Ozon ichimlik suvlarini zararsizlantirishda, tabiatda dezinfikasiyalovchi vosita sifatida, sanoat chiqindi suvlarini zararsizlantirishda ishlatiladi. Yer yuzasidan 25-30 km balandlikda ozon qatlami mavjud bо‘lib, u quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarini tutib
qoladi, bu nurlar hamma tirik organizmlar uchun juda xavflidir.
Shunday qilib, stratosferadagi ozon qatlami yerda organik hayotni normal rivojlanishni ta’minlaydi.
Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin