PPTP (Point-to-Point Tunneling Protocol) – “nuqta-nuqta” xilidagi kanal sathining tunnel protokoli. Ushbu protokol, tunnelga xizmat qilish uchun, qo‘shimcha TCP-ulanish yordamida PPP-kadrlarni IP-paketlarga inkapsulyatsiyalaydi. Mijozlarni autentifikatsiyalash uchun masofaviy foydalanishning turli protokollarini, jumladan MSCHAPv2 protokolini, madadlaydi. Shifrlashda RC4 algoritmni amalga oshiruvchi MPPE protokol madadlanadi.
L2TP (Layer 2 Tunneling Protocol) – PPP-kadrlarni tarmoq sathi paketlariga inkapsulyatsiyalovchi kanal sathining tunnel protokoli. Protokolning afzalligi sifatida foydalanish ustuvorliklarini va multiprotokollikni (nazariy jixatdan Ipga bog‘liq emaslikni) madadlashini ko‘rsatish mumkin. Shifrlash mexanizmi o‘zidan yuqori sathga ishonib topshiriladi, masalan IPSec apparat yordamida amalga oshirilishi mumkin. PPTPdan farqli holda, TCP/IP tarmoqlarida ushbu protokol transport protokoli UDPga moslangan. IPSec (IP Security) protokoli ikkita rejimda – transport va tunnel rejimida ishlaydi. Transport rejimida (ushbu rejim hostlar orasidagi ulanishlarni o‘rnatishda ishlatiladi) IPSecdan, qandaydir boshqa usul, xususan, shifrlash funksiyasi bo‘lmagan L2TP tomonidan tashkil etilgan “nuqta-nuqta” xilidagi tunnellarni himoyalashda foydalanish mumkin.