O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
H.R.Zokirova
O‘ZBEK TILI
MORFONOLOGIYASI
O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA
A N D I J O N - 2 0 1 6
Taqrizchilar:
Sh.Shahobiddinova – filologiya fanlari doktori, professor.
U. Rahimov
– filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Mas’ul muharrir: Z.Qodirov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil
6-aprel 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5120100
–
filologiya va tillarni
o‘qitish (o‘zbek filologiyasi) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va Hozirgi o‘zbek tili
faning namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda nazariy fonetika masalalari
yoritilgan.
Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurti filologiya fakultetining birinchi bosqich
talabalariga hamda fonetikaning nazariy masalalarini o‘rganuvchi barcha
qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur qo‘llanma ADU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining yig‘ilishida
(2015 yil 12-may, 3-raqamli bayonnoma),
ADU Ilmiy-metodik kengashi
yig‘ilishida (2015-yil 26-noyabr, 3-raqamli bayonnoma) muhokama qilinib,
nashrga tavsiya etilgan.
SO`Z BOSHI
Ushbu majmuada “O’zbek tili morfonologiyasi” fanining maqsad va
vazifalari, obyekti va prеdmеti, ilmiy-nazariy masalalari, umumiylik va xususiylik
kategoriyalari, til strukturasining sathli tuzilishi,
sistema va struktura, morfologik
o’zgarishlarning sabablari, o’zbek tili morfonologiyasining mundarijasi va
tilshunoslik bo’limlari tizimidagi o’rni bilan bog’liq masalalarga e’tibor berilgan.
Binobarin, Oliy ta'lim muassasalarida, ilmiy tadqiqot
institutlarida faoliyat
ko’rsatish uchun ham bu fan bo’yicha muayyan malakaga ega bo’lish talab etiladi.
Nеgaki, o’zbek tili morfonologiyasi asosida nazariy va amaliy bilimga, muayyan
malakaga ega bo’lmay turib, bu fan bo’yicha yеtuk mutaxassis bo’lish qiyin.
Fanni o’qitishning maqsadi o’zbek tili morfonologiyasining predmeti,
vazifalarini yoritish, fan doirasida o’rganiladigan
asosiy masalalarning mazmun
mundarijasini belgilash, til strukturasining sathli tuzilishlari, morfologik
o’zgarishlarning sabablari, o’zbek tilining
morfologik xususiyatlari, morfonologik
talablarni yuzaga keltiruvchi omillar, tovush tuzilishlari, tovush ortishi bilan
bog’liq hodisalar haqida ma’lumot berishdir.
Fanni o’qitishning vazifalari – talabalarda “O’zbek tili morfonologiyasi”
fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo’yicha bilimlarni
shakllantirish va
mustahkamlash; talabalarda o’zbek tili morfonologiyasi bo’yicha boshlang’ich
bilimlarni shakllantirish; morfonologik talablarni yuzaga keltiruvchi omillar,
tilshunoslik fani bo’limlari, tilshunoslikda faol qo’llaniladigan atamalarni
o’zlashtirish va til strukturasi haqida bilim berishdan iborat.
“
O’zbek tili morfonologiyasi” fanini o’zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-
sistema va sturktura. Til strukturasining sathli tuzilishi.
Sathga ajratish
muammolari va tamoyillari. Sath birliklari. Sath birliklari o‘rtasidagi munosabatlar.
Bir sathga mansub birliklar o‘rtasidagi munosabatlar. Turli sathga mansub birliklar
o‘rtasidagi munosabatlarni bilishi kerak;
-
tilshunoslik bo‘limlari tizimida morfonologiyaning o‘rni. Morfemalar zanjiri.
Morfemalar zandiridagi morfologik o‘zgarishlar. Morfologik o‘zgarishlarning
sabablari. Morfonema tushunchasi haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi
kerak;
- t
illarning morfologik xususiyatlari. Agglyutinatsiya. Agglyutinativ tillarning
xususiyatlari. Fleksiya. Flektiv tillarning xususiyatlari. Fuziya. Tilshunoslikda
morfonologiya masalasi. Morfonologiya va uning o‘rganish birligi. Praga
lingvistik maktabining morfonologik qarashlari. O‘zbek tilshunosligida
morfonologiya masalalari haqida tushunchaga ega bo’lishi kerak.
“O’zbek tili morfonologiyasi” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 8-
semestrlarda o’qitiladi.
“O’zbek tili morfonologiyasi” dasturini amalga oshirish o’quv rejasida
keltirilgan falsafa, mantiq, tilshunoslik nazariyasi fanlarida o’rganiladigan
muammolar borasida yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni talab etadi.