o‘ziga o‘zi o‘xshashligicha qolaveradi».
1
Jahon tilshunosligida fonologiya tilshunoslikiing alohida bo‘limi sifatida
fonema va ularning farqlovchi belgilarini o‘rganuvchi soha deb e’tirof etildi
(funksional tomoni).
Yuqorida ta’kidlanganidek, fonologiya fonemalar haqidagi ta’limot sifatida
yosh grammatikachilarning fonetikani ijtimoiy fanlar qatoriga emas, balki tabiiy
fanlar qatoriga qo‘shish konsepsiyasiga qarshi yuzaga keldi. Bunday sharoitda
an’anaviy fonetikaga yangi yaratilgan fonologiyaning qarama-karshi qo‘yilishi,
so‘zsiz, ijobiy hodisa bo‘ldi. Ammo keyinchalik bir qator tilshunoslar, xususan,
daniyalik tilshunos L.Yelmslev va boshqa strukturalizm vakillari asarlarida
fonetikadan fonologiyani farqlash shu darajaga yetdiki, ular bir-biridan tamoman
ajralgan (fonetika tabiiy fanlar, fonologiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradigan) ikki
sohaga aylanib qoldi. Natijada fonologiyaning birligi bo‘lgan fonema o‘zining
ob’ektiv reallikdagi material asosidan ajratib qo‘yildi.
Rus fonologiya maktabi vakillari esa ularga qarama-qarshi ravishda
I.A.Boduen da Kurtene va L.V.Shcherba an’analarini davom ettirgan holda, bir-
biridan ajralgan ikki mustaqil ilmiy predmet – fonetika va fonologiya mavjudligini
inkor qiladi. L.V.Shcherba fonologiyani fonetikadan uzib qo‘yuvchilarga tamoman
qarshilik ko‘rsatish lozimligini, ma’lum tilning fonologik sistemasini, har bir
fonemaning farqlovchi belgilarini faqat uning shu tildagi konkret talaffuzi asosida
tadqiq qilish kerakligini uqtiradi.
2
R.A.Avanesov ijtimoiy hodisa bo‘lgan tilning tovush tomoni bilan til
strukturasining elementi sifatidagi nutq tovushlarini o‘rganadigan faqat bitta ilmiy
predmet muvofiq kelishini aytadi.
3
Nutq tovushlarini o‘rganadigan ikki predmet
emas, balki ikki tadqiqot aspekti mavjuddir. Fonologiya fonetikaning yuqoriroq
bosqichi sifatida haqiqiy lingvistika predmetiga aylandi va grammatika bilan bir
qatorda til strukturasini o‘rganish uchun xizmat qila boshladi. Har qanday fonolog
bir vaqtning o‘zida fonetistdir. Chunki fonologiya oppozitsiyalari konkret
tovushlarga asoslanadi. Shu bilan birga, har qanday fonetist ma’lum ma’noda
fonolog hamdir. Chunki fonetika tadqiqotchisi har qanday tovushlarni emas, balki
nutq tovushlarini, ularning ma’lum tildagi farqli belgilarini o‘rganadi.
Shunday qilib,
fonetika va fonologiya o‘zaro chambarchas bog‘langan.
Ularning asosiy o‘rganish ob’ekti bitta. Birinchisi eng kichik nutq birliklarini,
ikkinchisi esa shu nutq birliklarining farqli (differensial) belgilarini o‘rganadi.
Demak, ular o‘zlarining ob’ekti jihatidan emas, balki bir ob’ektning turli o‘rganish
aspekti ekani bilan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: