ta’biri bilan aytganda, DARS ilmiy markazi asosida shakllandi (mazkur ilmiy
markaz asoschilari Dmitriev, Avanesov, Reformatskiy,
Sidorovlarning bosh
harflaridan olingan). Leningrad fonologik maktabidan farqli ravishda MFMda
fonema ma’lum avtonomlikka ega bo‘lgan, so‘z va morfemaning tovush qobig‘iga
bog‘liq
bo‘lmagan mustaqil birlik emas, balki so‘z va morfemaning tarkibiy
elementi hisoblanadi. LFM va MFMda fonemaga bunday ikki xil nuqtai nazar bir
fonetik qurshovdagi ayrim tovush birikmalarini ikki xil talqin qilishga olib keladi.
Masalan, «angla» so‘zidagi birinchi tovush A.Shcherba konsepsiyasi bo‘yicha «a»
fonemasining
varianti, chunki fonetik qurshovda «a» fonemasidan boshqa barcha
fonemalar ottenkasi bilan qarama-qarshi munosabatda bo‘la oladi. Moskva
fonologik maktabi konsepsiyasiga ko‘ra, bu fonema «o» fonemasining varianti,
chunki o‘zak tarkibida kuchli pozitsiyada (urg‘u ostida) «o»
holida talaffuz
qilinadi.
Moskva fonologik maktabi konsepsiyasining katta yutug‘i shundaki, ular so‘z
shaklning tovush tomonini farqlash darajasiga ko‘ra fonemalarni ikki pozitsiyasi –
maksimal farqlash pozitsiyasi (kuchli pozitsiya) va minimal farqlash pozitsiyasi
(kuchsiz pozitsiya)ga ajratadi.
Qurshovdagi tovushlarning ta’siriga kam berilgan, perseptiv tomondan
maksimal differensial pozitsiya fonemalarning kuchli pozitsiyasi hisoblanadi. Rus
tili unlilari uchun bunday pozitsiya urg‘u osti pozitsiyasi, undoshlar uchun esa unli
oldi pozitsiyasi hisoblanadi. O‘zbek tili unlilari uchun so‘zning
faqat bir unlidan
tashkil topgan so‘zning birinchi bo‘g‘ini kuchli pozitsiyadir.
R.A.Avanesov fonemalar pozitsiyasini tasniflarkan, ma’lum bir fonemaning
bir belgisi uchun kuchli pozitsiya shu fonemaniig boshqa belgisi uchun kuchsiz
bo‘lishi mumkinliginp aytadi. Shuning uchun u pozitsiyalarni quyidagi to‘rt
guruhga ajratadi:
1. Jarangli-jarangsizlik belgisi uchun ham, qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun
ham kuchli pozitsiya.
2. Jarangli-jarangsizlik
belgisi uchun kuchli, qattiqlik
-
yumshoqlik belgisn
uchui kuchsiz pozitsiya.
3. Qattiqlik-yumshoqlik belgisi uchun kuchli, jarangli-jarangsizlik
belgisi
uchun kuchsiz pozitsiya.
4. Har ikki belgi uchun absolyut kuchsiz pozitsiya.
Pozitsiya tushunchasi asosida MFM fonema variantlari va variatsiyalarini
ham ajratadi. Jumladan, A.A.Reformatskiy kuchsiz pozitsiyalarli ikkiga – perseptiv
kuchsiz (bilish tomonidan) va signifikativ kuchsiz (farqlash tomonidan)
pozitsiyalarga ajratgani holda, birinchisi fonema variatsiyalarini,
ikkinchisi esa
variantlarini hosil qilishini aytadi. Birinchisiga «a»ning turli ottenkalari: «mat»,
«mat», «myat», «myat»; ikkinchisiga so‘zning oxirgi pozitsiyasi – prud va prut
kiritiladi.
MFMning yana bir yutug‘i muayyan belgisi asosida oppozitsiyaga kirishgan
fonemalarning shu belgi uchun kuchsiz pozitsiyada oppozitsiyaning yo‘qolishi,
ya’ni ikki fonemaning bir variantga muvofiqlashuvi – neytralizatsiyasi haqidagi
ta’limotdir. Masalan,
yod
va
yot.
MFM
fonemani avtonom holda emas, balki
morfema
va
so‘zning
ichida
uning
elementi
sifatida
o‘rganganidan
morfonologiyaning vujudga kelishiga qulay sharoit yaratdi.
MFM pozitsiya tushunchasi bilan bog‘liq giperfonema tushunchasini ham
tilshunoslikka olib kirdi. Masalan, urg‘uli bo‘g‘in oldida kelgan «o» va «a» unlilari
rus tilida neytralizatsiyaga uchraydi. Masalan,
baran
. Bu so‘zdagi birinchi a
tovushi o fonemasining ham, a fonemasining ham varianti bo‘lishi mumkin; ammo
qaysi fonemaning varianti ekanini isbotlash qiyin.
Bu variant a-o gruppasidagi
fonemalardan birining varianti hisoblanadi. MFM terminologiyasi bo‘yicha ana
shunday fonemalar guruhi giperfonema sanaladi.
Dostları ilə paylaş: