yuqorida keltirilgan
qil, g‘ir-g‘ir, biroq, sira
kabi so‘zlar tarkibidagi «i»
fonemasining vakillari o‘rnida boshqasini qo‘llash mumkin bo‘lsa, ular boshqa-
boshqa fonemaning vakillari hisoblanadi. Masalan,
qil, kul, qo‘l, qol, kal, kel
va
h.k.
Bulardan dastlabki to‘rttasida unlilar biri o‘rnida ikkinchisi kelib ma’no
farqlash funksiyasini bajarsa, keyingi ikkitasida qo‘shimcha distributsiya
munosabatidagi unli ma’nosiz tovush birikmasini hosil qilyapti.
Ma’nosiz tovush birikmasida ham «e» va «a» boshqa, barcha unlilarga
qarama-qarshi qo‘yilgani uchun mustaqil fonema hisoblanadi. Agar
qil
so‘zi
tarkibidagi «
i
»ning fonetik sharoitini o‘zgartirsak: yo birinchi undoshni, yoki
oxirgi undoshni boshqasiga almashtirsak (
bil, til, sil, chil, xil, kil shil; qis, qir, qish,
qil, qiz
va h.k.), akustik-artikulyatsion tomondan turli sifatga ega bo‘lsa-da, ammo
biri fonemasining vakillari sifatida «eshitiladi».
Shunday qilib, fonema, bir tomondan, barcha ottenkalarning umumlashmasi,
ikkinchi tomondan, har qaysisi konkret hollarda mazkur fonemaning vakili
hisoblanadi. Fonema ottenkalari bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. Ottenkalar
guruhi (fonema) esa boshqa ottenkalar guruhi (fonema)ga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Natijada L.V.Shcherba fonemani qisqacha qilib «konkret vaziyatda ottenkalar
sifatida namoyon bo‘ladigan umumlashmadir»
1
deb izohlaydi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, fonema qarama-qarshi qo‘yish asosida aniqlanadi.
Qarama-qarshi munosabatda bo‘luvchi ikki minimal birlik qarama-qarshi a’zolar
hisoblanadi. O‘zaro qarama-qarshi munosabatda bo‘lgan fonemalar bir qator
belgilarga ega, shu belgilardan bittasi qarama-qarshi munosabatga kiruvchi
fonemalarning biri uchun farqlovchi (differensial), boshqalari farqlamaydigan
(nodifferensial yoki irrelevant) belgi hisoblanadi. Masalan, o‘zbek tilidagi
t
undoshi til oldilik,. jarangsizlik, portlovchilik, burun tovushi emaslik,
lablashmaganlik kabi belgilarga ega bo‘lib, bulardagi dastlabki uch belgisi
farqlovchi, keyingi ikki belgisi farqlovchi bo‘lmagan belgilar sanaladi. Chunki
o‘zbek tilida t undoshi o‘rnida shu keyingi ikki belgiga ko‘ra oppozitsiyaga
kirishadigan undosh qo‘llanilmaydi.
Tilning barcha fonemalari ma’lum farqlovchi belgilarga ko‘ra guruhlanadi va
shu tilning fonemalari sistemasini tashkil etadigan korrelyativ qatorlarni hosil
qiladi. Masalan, o‘zbek tilida ovozning ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra jarangli va
jarangsiz undoshlar korrelyativ qatorlarni hosil qiladi. Masalan, p-b, t-d, s-z, k-g,
q-g‘, ch-j va h.k. Shu bilan birga, korrelyativ qatorni hosil etmaydigan alohida
qarama-qarshi qo‘yish, ya’ni ajratilgan oppozitsiya ham uchrashi mumkin.
Masalan, o‘zbek tilida «x», «h» undoshlarining jarangli-jarangsizlikka ko‘ra
korrelyativ qatori yo‘q
.
Chunki ularning jarangli ziddi mavjudmas.
Dostları ilə paylaş: