Gurux talabasi Xamidova Dilshoda Raqamli va axborot texnologiyasi fanidan mustaqil ish



Yüklə 1,99 Mb.
tarix10.11.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#68318
menejment mustaqil ish

76-20 gurux talabasi Xamidova Dilshoda Raqamli va axborot texnologiyasi fanidan MUSTAQIL ISH

Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi to’g’risida”gi farmonida belgilangan ijtimoiy vazifalar va ularni amalga oshirish bo’yicha xarakatlar yo’nalishlari. Ijtimoiy fan muammolari uchun modellar va algoritmlar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi.

I. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish 1.1. Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar. 1.2. Umumiy o‘rta taʼlim va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohalarini rivojlantirish. 1.3. Oliy taʼlim va oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim sohalarini yana-da takomillashtirish.

II. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish 2.1. Yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari. 2.2. “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” shiori ostida bunyodkorlik va islohotlarni targ‘ib qilish tadbirlari.

III. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish 3.1. Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va axoli bandligini taʼminlash. 3.2. Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish.

IV. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish 4.1. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yana-da rivojlantirish. 4.2. Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

V. Arzon uy-joylarni barpo etish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish 5.1. Arzon uy-joylar qurish dasturini izchil davom ettirish. 5.2. Ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv tizimlarini rivojlantirish. 5.3. Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilash.

VI. Madaniyat, sport va turizmni yanada rivojlantirish 6.1. Madaniyat sohasini tubdan takomillashtirish choralari. 6.2. Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabada O‘zbekistonning munosib hissasini targ‘ib qilish. 6.3. Turizm sohasi va yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish.

I. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish 1.1. Maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar.

  •  2017-yilning birinchi yarim yilligida respublika bo‘yicha 631 ta oilaviy tipdagi MTTlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda 19 401 nafar bola qamrab olindi. Natijada nodavlat MTTlarining umumiy soni 1383 taga yetkazilib, ularda 80 ming nafardan ortiq bola taʼlim-tarbiya olmoqda. 

1.2. Umumiy o‘rta taʼlim va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohalarini rivojlantirish.

  • Qaror bilan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Shuningdek, pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori ish haqi to‘lash tizimini joriy qilishga qaratilgan “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqildi.

1.3. Oliy taʼlim va oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim sohalaridagi chora-tadbirlar.

  • Qarorga asosan, 2020-2021 o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalari bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakliga 103 575 nafar, sirtqi taʼlim shakliga 31 350 nafar, kechki taʼlim shakliga 5 025 nafar, magistratura uchun esa – 10 425 nafar etib tasdiqlandi.

Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 1. Oylik va maoshlar, pensiya va ijtimoiy nafaqalarning bosqichma-bosqich oshib borilishi; 2. Aholi bandligini oshirishning samarali usullari; 3. Aholini arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlash; 4. Aholining yashash sharoitini yaxshilash; 5. Ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish; 6. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimi; 7. Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish; 8. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.

Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun 114 trln so‘m va salkam 31 mlrd AQSh dollari yo‘naltirilgan.

 5 yillik davrda Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun 311ta (80tasi yaxlit) qonun, 2 mingta prezident farmon va qarorlari hamda 3 mingta Hukumat qaror va farmoyishlari qabul qilingan.

Ijtimoiy fan muammolari uchun modellar va algoritmlar. Texnologiya ijtimoiy ish amaliyotining tabiatini o'zgartirdi va ijtimoiy ishchilarning muhtojlarga yordam berish qobiliyatini sezilarli darajada kengaytirdi.

 Zamonaviy ijtimoiy ishchilar shaxsiy mijozlarga onlayn maslahatlar, telefon orqali maslahatlar, videokonferentsiyalar, o'z-o'zini boshqaradigan veb-ga asoslangan aralashuvlar, elektron ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, avtomatlashtirilgan o'quv qo'llanmalari, elektron pochta, matnli xabarlar va boshqa xizmatlardan foydalangan holda xizmatlar ko'rsatishi mumkin. 


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin