2. O‘tish bosqichi-bunda ishtirokchilar o‘rtasida ancha yaqinlik paydo bo‘la boshlaydi. Endi ular trenerning ishlarini baholashlari, ya’ni uning o‘zini tutishi, guruhga aralashib ketishi, guruhni faollashtirishi, hozirjavobligi, bilim doirasini kuzatishadi.

Trenerning vazifasi - ishtirokchilarda namoyon bo‘layotgan hissiyotlarni e’tiboridan chetda qoldirmaslik, guruh erishmoqchi bulgan maqsad va kutishlarni aniqlash, guruh a’zolari o‘zlarini qanday his etayotganligiga e’tibor berish. Asosiysi - ishtirokchilarni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish va ularni o‘zgartirishga urinmaslikdan iborat.
3. Ish faoliyati bosqichi-bu bosqich ishtirokchilarning o‘z maqsadlariga erishishida asosiy qism hisoblanadi. Ishtirokchilar guruhda ishlash qoidalariga rioya qilishadi. O‘zaro yordam so‘rash imkoniyatidan kelib chiqib bir-birlariga ishonch paydo bo‘ladi. SHuning uchun trenerning ayrim fikrlariga ko‘shilmasalar, ular orasida trenerga nisbatan norozilik, ayrim hollarda asabiylashish, tushkunlik holatlari ham kuzatiladi.

Trenerning vazifasi: guruhda ishonchli munosabatlar shakllanishiga yordam berish, guruhdagi voqealarni e’tiborsiz qoldirmaslik, guruh dinamikasini kuzatish, guruhdagi nizolik va asabiylashish holatlarini bartaraf etuvchi o‘yinlar o‘tkazish, guruhda ishonch munosabatining shakllanishiga yordam berishdir.