bilishi kerak; -
Yangi zamon davridagi xalqaro munosabatlar ham jahon tarixining ajralmas
qismi sifatida boshqa davrlar bilan o’zaro bog’langan holda o’rganishni taqozo
qiladi. Shunday ekan magistrlar mazkur fanni o’rganish jarayonida yangi
zamon davri tarixi bo’yicha
ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; -
Magistr jahon miqyosida birinchi marta g’alaba qilgan burjua inqilobi, yangi
burjua davlatining tashkil topishi, rivojlanishi, jahon xalqlarining yangi davrga
o’ta boshlashi, shu bilan birga har bir siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
o’zgarishlarga siyosatchilarning, diplomatlarning va davlat boshliqlarining
munosabati masalasiga, eng yangi advrdagi xalqaro munosabatlar masalalariag,
xalqaro tashkilotlarning pyado bo’lishiga, harbiy-siyosiy bloklarning pyado
bo’lishi, «sovuq urush» kabi alohida masalalarga etibor qaratishi lozim. Undan
tashqari har bir talaba jamiyat taraqqiyoti bosqichlari jarayoni malakalariga ega
bo’lishi kerak.
Fanning o’zlashtirilishiga qo’yiladigan talablar. ·
Dars orqali talabalarda mavzu bo’yicha umumiy tasavvur hosil qilinadi. Sodir
bo’lgan tarixiy voqyelik to’g’risida tushunchaga ega bo’ladi.
·
Talaba o’tilgan mavzu bo’yicha umumiy nazariy bilim va ko’nikmaga ega
bo’ladi. Talabaning tarixiy mushohadalash, tarixiy jarayonlarga o’z mustaqil
nuqtai nazarini bildira olish, fikrini erkin bayon etish qobiliyati shakllantiriladi
hamda rivojlantiriladi.
·
Dars orqali talabani mustaqil ilmiy faoliyatga jalb etishga, fanga, tarixga
bo’lgan qiziqishini o’stirishga harakat qilinadi.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Magistrantlar “Yangi va eng yangi zamon davri xalqaro munosabatlar tarixi”
fanini samarali o’zlashtirishlari uchun “Jahon tarixi”, “Vatan tarixi”,
“Siyosatshunoslik”, “Madaniyatshunoslik”, “Tarix falsafasi va metodologiyasi”,
5
“Arxeologiya”, “Manbashunoslik”, “Tarixshunoslik”, “Etnologiya” va boshqa
fanlardan ham yetarlicha bilimlarga ega bo’lishlari lozim.