Buxoro davlat universiteti
Filologiya va tillarni o`qitish:O`zbek tili
REFERATI
Mavzu: Halima Ahmedova ijodi.
Talaba: To`ychiyeva Nargiza
Reja:
1. H.Ahmedova hayot yo`li.
2. H.Ahmedova bilan suhbat.
3. H.Ahmedova she`rlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. H.Ahmedova hayot yo`li.
Halima Ahmedova 1960-yil 1-oktyabrda Buxoro viloyati, Qiziltepa
tumanidagi Po lot qishlog ida tug ildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi
ʻ
ʻ
ʻ
O zMU)ning filologiya fakultetida (1978–1983), Moskvadagi Oliy adabiyot
ʻ
kursida (1988–1991) tahsil oldi.
Mehnat faoliyatini o qituvchilikdan boshlab, Navoiy shahar pedagogika
ʻ
bilim yurtida dars berdi (1983–1884). Shundan so ng Navoiy viloyatining
ʻ
“Do stlik bayrog i” gazetasida (1985–1986), G afur G ulom nomidagi
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
adabiyot va san at nashriyotida (1987–1988), “Tong yulduzi” (1994–1998)
ʼ
gazetasida turli vazifalarda xizmat qildi. 1998 yildan O zbekiston radiosi
ʻ
musiqiy yozuvlar bo limida faoliyat yuritadi.
ʻ
Shoiraning “Ko zimning tili” (1986), “Tungi marvaridgullar” (1987), “Erk
ʻ
darichasi” (1996), “Tiyramoh” (2005), “Afsun” (2007), “Umid soyasi”
(2008), “Shafaq ibodati”, “Nigoh qiblasi” (2011), “Yosuman gulining
soyasi” (2013), “Yashil”, “Tashbeh” (2016) nomli kitoblari chop etildi.
Shoiraning “Vatan” she ridagi rayhon, tuproq obrazlariga yuklatilgan badiiy
ʼ
obraz Vatan tushunchasini butkul yangicha talqin etishga olib kelgan.
She rning badiiy-estetik salohiyatini poetik obrazlar zimmasiga yuklatilgan
ʼ
ohorli mazmun belgilaydi. “Nigoh qiblasi”, “Shafaq ibodati” majmualari lirik
qahramon yuragidagi Olloh nigohining ma nolarini, Tangri nazarining
ʼ
ranglarini anglashga, tushuntirishga yo naltirilgan. Quyosh – Tangri
ʻ
taoloning oliy nigohi. U shunchalar ozodaki, hatto tog u toshlar ham nurga
ʻ
yo g rilib poklanadi:
ʻ ʻ
…Hayotni qaytadan sevishim uchun,
Ko zimu ko nglimni yuvib ber, quyosh.
ʻ
ʻ
Inson ma nan tozarib, poklangani sayin ko nglidagi Ollohni tanib, bilib
ʼ
ʻ
boradi. Shoira o z she rlarida ana shu jarayonni tasvirlashga harakat qiladi.
ʻ
ʼ
Bir necha oydan beri Halima Ahmedovaning “Akademnashr” nashriyotida
chop etilgan “Tashbeh” to‘plami ta’sirida yuribman. Kitobni ilk bora
qo‘limga olib, duch kelgan sahifani ochganimda, ko‘zim tushgan satr shu
edi:
Yoshim ishqim bilan barobar…
Ishq bilan tug‘ilgan, faqat sevgan onlaridagina yashagan, muhabbatdan ayro
hayotni yo‘qlikka, o‘limga teng ko‘rgan shoira… Bu qanday yorqin umr, bu
qanday go‘zal ishq ekanki, hayotning boshqa yillarini yo‘qlikdek xira
torttirib yuborsa?! Hayratlantiradi!
Man o‘tarman mungli mungli
Manimdan so‘ng ko‘zlar qolur.
O‘tarman, ko‘ksim arolab
Yergacha ildizlar qolur…
Bu ko‘ngilga aylangan daraxtningmi yo daraxtga aylangan ko‘ngilning
tarjimai holi? Ildizi ko‘ksdan yergacha bo‘lsa, o‘zi naqadar balandligini,
naqadar cho‘ngligini tasavvur qilish mumkin.
Shularni o‘qidimu, to‘plam meni o‘ziga bog‘lab oldi. Uch oyki undan ayrila
olmayotirman. Oxiri quyidagilarni qoralashga tushdim. Bular ilmiy tahlil
emas, taassurotlar desa, balki to‘g‘ri bo‘lar. Lekin yozib qo‘ymasa
bo‘lmaydigan taassurotlar.
She’rni anglash nimaga bog‘liq? U o‘quvchidan nimani talab qiladi? Qanday
xususiyat, fazilat, qobiliyat kerakki, ular she’rni tushunishga, undan
lazzatlanishga olib boradi? Buning yo‘riqnomasi ham, tayyor “resepti” ham
yo‘q. Shoir yaxshi she’rni qanday yozasiz degan savolga javob
berolmaganidek, o‘quvchi ham she’rni qanday qilib tushunasiz degan
savoldan tili tutilib qolishi bor gap. Menga qolsa, she’r – bu ruh va kayfiyat
mahsuli. Bir ruhning bir kayfiyatda turib yozgan narsasini boshqa bir ruh
o‘shanga yaqin kayfiyatga yetib kelganidagina anglaydi. Ungacha… ungacha
she’rni olim bo‘lib tahlil qilish, oddiy o‘quvchi bo‘lib o‘qish, anglagandek
bo‘lgan ayrim narsalarini nodir topilmadek ko‘zko‘zlab yuraverishi mumkin.
Ammo nasib qilgan, peshonaga yozilgan bo‘lsa, o‘sha kun keladiki, siz
shoirni ayni satrlarni yozib turganda nima his qilgani-yu, nima
o‘ylaganigacha anglab, uni tanib qolasiz. O‘shanda yuz marta o‘qib shundoq
o‘tkazib yuborgan misrangiz, so‘zingiz, balki 101-martasida ko‘zingizga
ilinib, osilib oladi va sizga o‘z sirini ochadi. Avvalgi 100 o‘qish sizni shu
kashfiyot uchun tayyorlaganini anglaysiz. She’rni, misrani, tashbehni anglash
– inoyat, in’om va imtiyozdir.
Halima Ahmad tashbehlari yaxlit, yirik, keng, nafis, sodda, murakkab,
chuqur… xullas, turli, rang-barangdir. Meni lol qoldirgani uning ko‘pqavatli
tashbehlari.
Men sevdim…
Ko‘ksimda nilufar gullagan tunlar
Xayolni quchoqlab, yulduzday kuydim.
Oy tuqqan bog‘larning qalbini
G‘arib tilanchiday tilanib suydim…
Nilufar – o‘zi mansub oilaning yagona qizi (ya’ni nilufarguldoshlar oilasiga
mansub yagona gul), mifologiyada u goh quyosh, mangulik, rivojlanish
ramzi, gohida marhumlarning ruhi degan talqinlari bor. Halima Ahmadning
nilufarlari esa boshqacha: kuydirguvchi, o‘rtaguvchi bir tuyg‘uning ramzi.
Shoiraning yulduzi ham yonmaydi, kuyadi. Shu qavatgacha tashbehlarni
anglagandek bo‘ldim. Ammo undan keyin… “oy tuqqan bog‘” nima? Uning
qalbi naqadar azizki, uni tilanchidek tilanib suyadilar? Yo tilanchiga
beriladigan chaqadek qiymatsizmi? Bu tashbehning sirini anglash uchun
Halima Ahmadga hali ko‘p qaytaman, shekilli. Ana shunaqa qavatma-qavat
ko‘tarilib, anglab, hayratlanib, alaloqibat, o‘zingiz ham birmuncha o‘sib
qolasiz. Shoira didingizni, tafakkuringizni, farosatingizni tashbehlari bilan
tarbiyalaydi.
Halima Ahmad bedorlikka ham o‘ziga xos, nafis va o‘xshashi yo‘q bir
tashbeh topgan:
Kunday yorug‘ qorong‘ulikda
Kiprikda chizingiz tunning suratin…
Yoki
Qaldirg‘och kiprigi ila chizilgan
Tunlarga ketaman, tunlarga…
Dostları ilə paylaş: |