2. H.Ahmedova bilan suhbat.
1-OKTYABR – SHOIRA HALIMA AHMEDOVA TAVALLUD
TOPGAN KUN
Adabiyot olamiga kirgan inson borki, menimcha bu dunyodan
yaxshilik izlab yashaydi. Aslida men barcha ijodkorlarni (xom xayol deb
o‘ylamang) ezgulik elchilari deb bilaman. Ular qaysidir ma’noda tili,
millati, mansabidan qat’i nazar bir-biriga qarindoshdek tuyuladi
menga…
Shu kunlarda bolalikka har kuni xayolan o‘n marta qaytaman desam,
ishonavering. Bu shaffof davrning o‘z ehsonlari bor. Men bolaligimdan
shuning uchun ham minnatdormanki, u menga eng chiroyli xayollarni berdi,
tabiatdan sir terishni o‘rgatdi.
Bir paytlar katta bir shoira opamiz biznikiga borganda, «Kichkina
qishloqchada yashar ekan», degan ekan. Ammo mening ko‘zimga hanuz
qishlog‘imiz juda bepoyon va katta ko‘rinadi. Ayniqsa, hovlimiz ortidagi
bog‘ – mening eng katta darsxonam edi. Balki menga adabiyotni shu
bog‘dagi daraxtlar o‘rgatgandir, ajriqlaru pechakgullar o‘rgatgandir. Har
holda shuncha yoshga kirib hali hech qayerdan o‘sha mo‘’jaz bog‘imizdan
topgan tuyg‘ular shu’lasini topolganim yo‘q.
Ko‘p she’rlarimda daraxt obrazi uchrashi ham shu bog‘ bilan bog‘liq
menimcha. Juda xayolparast bo‘lganman, bu esa juda ko‘p kitob
o‘qiganimning ta’siridan deb o‘ylayman. Aslida barcha ijodkorlarning
adabiyotga kirib kelish yo‘li qaysi ma’nodadir bir-biriga o‘xshaydi.
Aytaylik, bolaligida ko‘p kitob o‘qiydi, jindak xayolparast va juda
rahmdil bo‘ladi.
Xudo rahmatiga olgan bo‘lsin, bobom nihoyatda savodli odam edi. Har kuni
meni yonlariga chaqirib, Bedil, Mashrab, Yassaviy, Navoiy va mavlono
Rumiyni o‘qib berardilar. Menga o‘shanda g‘azallarning mazmunidan ko‘ra
ohangi ko‘proq yoqardi. Chunki, mazmuniga tishim o‘tmasdi.
Qachonlardir kitob shaydosi bo‘lganim rost. Dadam menga juda ko‘p
kitob olib kelardilar. Menga ajratilgan kichkina xona kitobga to‘la
bo‘lardi. Negadir xonamga hech kimning kirishini istamas edim. Ba’zan
ota-onamdan yoki ustozlarimdan dakki eshitgan vaqtlarim yaxshi
ko‘rgan asarlarimning ichiga kirib berkingim kelardi.
Bobom o‘qigan g‘azallar ohangi meni nimadir yozishga undardi. Ilk
she’rimni o‘n bir yoshimda yozganman. Va uni apil-tapil tuman gazetasiga
jo‘natganman. Eng qizig‘i, mashqim o‘sha gazetada bosilgan. «Onajon» deb
atalgan shu ilk she’rim bilan maktabda ancha vaqt mashhur bo‘lib
yurganman…
Ilk kitobim «Tungi marvaridgullar» (nomini sevimli shoirim Shavkat
Rahmon tanlagan) men Moskva shahridagi kasalxonada yotganimda chop
etilgan. O‘shanda hayot bilan o‘limning orasida edim. Shuning uchunmi ilk
kitob menga uncha tatimagan. Keyinchalik, sog‘ayib ketganimdan so‘ng
«Tungi marvaridgullar» haqida o‘quvchilardan iliq gaplar eshitib
quvonganman.
Eng katta va ulug‘ ustozim – o‘qigan kitoblarim deb o‘ylayman. Ular
menga ko‘p narsani o‘rgatdi. Odamlarni yaxshi ko‘rishni, ishonishni, hech
kimga hasad qilmay yashashni ulardan o‘rgandim.
Hayotim davomida ishonuvchanligim ortidan ko‘p xatolar qildim.
Ammo hasad qilmay yashash, haqiqatni sevish oldida bu xatolar hech
narsa emas.
Ba’zida manfaat topish uchun xudbin va beshafqat bo‘lgim keladi. Ammo
qurbim yetmaydi. Zotan, kitoblar yuqtirgan mehribonlik, haqiqatparastlik
bunga yo‘l qo‘ymaydi…
Yaxshimi, yomonmi sakkizta kitobim chop etildi. Menda g‘alati bir odat
bor. She’rni bir nafasda yozaman-da qaytib o‘qib ko‘raman. O‘zimga
yoqqanday bo‘ladi. Kitob bo‘lib chiqqandan so‘ng mutlaqo begonadek
ko‘rinadi. Keyin yozgan she’rimning ustidan ishlasam soxta chiqib
qoladigandek tuyulaveradi. Ko‘ngil to‘lmasligi ham yaxshi narsa shekilli,
bo‘lmasa shuncha dard yetmaganidek, (hozir urchib ketgan) o‘zimga
mahliyolik kasalini orttirib olarmidim…
Adabiyot olamiga kirgan inson borki, menimcha bu dunyodan yaxshilik
izlab yashaydi. Aslida men barcha ijodkorlarni (xom xayol deb
o‘ylamang) ezgulik elchilari deb bilaman. Ular qaysidir ma’noda tili,
millati, mansabidan qat’i nazar bir-biriga qarindoshdek tuyuladi menga.
Shuning uchunmi, ijodkorlar bilan o‘z og‘aynimdek ochilib-sochilib
gaplashaman.
Ummonlarda suvni filtrlaydigan baliqlar yashar ekan. Ta’bir joiz bo‘lsa
adabiyot ahlini men shu baliqlarga o‘xshatgan bo‘lar edim. Zero,
jamiyatdagi har qanday ezgulikda, qalb tozaligida, adabiyotning,
chinakam ijodkorlarning mehnatini ko‘rganday bo‘laman.
So‘zda Haqning jamoli bor, deyishadi. Shundanmi, so‘z ishqiga tushgan
shoiru yozuvchini Yaratgan ayovsiz sinaydi. Goh dard beradi, goh qayg‘u
beradi, goh hayotning ko‘chalarida sarson tentiratadi. Shularning barchasiga
chidasang, mana ol, deb mastona devonaligini beradi. Bu devonalikka
«shukr» so‘zini oshiq eta olgan ijodkorgagina ijodning betimsol vasli nasib
etadi.
Konfutsiyning: «Dushmaningni faqat maqtagin, toki u maqtovdan shishib
yorilsin», degan gapi bor. Qolaversa xalqimiz ichida ham «Dushmanni
shakarda o‘ldir», degan naql yuradi. Men buni bekorga keltirmadim. Zo‘r
shoir va yozuvchiga maqtovning keragi yo‘q. Shuningsiz ham qalb uning
asarlarini yaxshi ko‘rib o‘qiydi.
Shu kunlarda bolalikka har kuni xayolan o‘n marta qaytaman desam,
ishonavering. Bu shaffof davrning o‘z ehsonlari bor. Men bolaligimdan
shuning uchun ham minnatdormanki, u menga eng chiroyli xayollarni
berdi, tabiatdan sir terishni o‘rgatdi.
Bir paytlar katta bir shoira opamiz biznikiga borganda, «Kichkina
qishloqchada yashar ekan», degan ekan. Ammo mening ko‘zimga hanuz
qishlog‘imiz juda bepoyon va katta ko‘rinadi. Ayniqsa, hovlimiz ortidagi
bog‘ – mening eng katta darsxonam edi. Balki menga adabiyotni shu
bog‘dagi daraxtlar o‘rgatgandir, ajriqlaru pechakgullar o‘rgatgandir. Har
holda shuncha yoshga kirib hali hech qayerdan o‘sha mo‘’jaz bog‘imizdan
topgan tuyg‘ular shu’lasini topolganim yo‘q.
Ko‘p she’rlarimda daraxt obrazi uchrashi ham shu bog‘ bilan bog‘liq
menimcha. Juda xayolparast bo‘lganman, bu esa juda ko‘p kitob
o‘qiganimning ta’siridan deb o‘ylayman. Aslida barcha ijodkorlarning
adabiyotga kirib kelish yo‘li qaysi ma’nodadir bir-biriga o‘xshaydi.
Aytaylik, bolaligida ko‘p kitob o‘qiydi, jindak xayolparast va juda rahmdil
bo‘ladi.
Qachonlardir kitob shaydosi bo‘lganim rost. Dadam menga juda ko‘p kitob
olib kelardilar. Menga ajratilgan kichkina xona kitobga to‘la bo‘lardi.
Negadir xonamga hech kimning kirishini istamas edim. Ba’zan ota-
onamdan yoki ustozlarimdan dakki eshitgan vaqtlarim yaxshi ko‘rgan
asarlarimning ichiga kirib berkingim kelardi.
Bobom o‘qigan g‘azallar ohangi meni nimadir yozishga undardi. Ilk
she’rimni o‘n bir yoshimda yozganman. Va uni apil-tapil tuman gazetasiga
jo‘natganman. Eng qizig‘i, mashqim o‘sha gazetada bosilgan. «Onajon» deb
atalgan shu ilk she’rim bilan maktabda ancha vaqt mashhur bo‘lib
yurganman…
Ilk kitobim «Tungi marvaridgullar» (nomini sevimli shoirim Shavkat
Rahmon tanlagan) men Moskva shahridagi kasalxonada yotganimda chop
etilgan. O‘shanda hayot bilan o‘limning orasida edim. Shuning uchunmi ilk
kitob menga uncha tatimagan. Keyinchalik, sog‘ayib ketganimdan so‘ng
«Tungi marvaridgullar» haqida o‘quvchilardan iliq gaplar eshitib
quvonganman.
Eng katta va ulug‘ ustozim – o‘qigan kitoblarim deb o‘ylayman. Ular
menga ko‘p narsani o‘rgatdi. Odamlarni yaxshi ko‘rishni, ishonishni, hech
kimga hasad qilmay yashashni ulardan o‘rgandim.
Hayotim davomida ishonuvchanligim ortidan ko‘p xatolar qildim. Ammo
hasad qilmay yashash, haqiqatni sevish oldida bu xatolar hech narsa emas.
Ba’zida manfaat topish uchun xudbin va beshafqat bo‘lgim keladi. Ammo
qurbim yetmaydi. Zotan, kitoblar yuqtirgan mehribonlik, haqiqatparastlik
bunga yo‘l qo‘ymaydi…
Yaxshimi, yomonmi sakkizta kitobim chop etildi. Menda g‘alati bir odat
bor. She’rni bir nafasda yozaman-da qaytib o‘qib ko‘raman. O‘zimga
yoqqanday bo‘ladi. Kitob bo‘lib chiqqandan so‘ng mutlaqo begonadek
ko‘rinadi. Keyin yozgan she’rimning ustidan ishlasam soxta chiqib
qoladigandek tuyulaveradi. Ko‘ngil to‘lmasligi ham yaxshi narsa shekilli,
bo‘lmasa shuncha dard yetmaganidek, (hozir urchib ketgan) o‘zimga
mahliyolik kasalini orttirib olarmidim…
Adabiyot olamiga kirgan inson borki, menimcha bu dunyodan yaxshilik
izlab yashaydi. Aslida men barcha ijodkorlarni (xom xayol deb o‘ylamang)
ezgulik elchilari deb bilaman. Ular qaysidir ma’noda tili, millati,
mansabidan qat’i nazar bir-biriga qarindoshdek tuyuladi menga. Shuning
uchunmi, ijodkorlar bilan o‘z og‘aynimdek ochilib-sochilib gaplashaman.
So‘zda Haqning jamoli bor, deyishadi. Shundanmi, so‘z ishqiga tushgan
shoiru yozuvchini Yaratgan ayovsiz sinaydi. Goh dard beradi, goh qayg‘u
beradi, goh hayotning ko‘chalarida sarson tentiratadi. Shularning barchasiga
chidasang, mana ol, deb mastona devonaligini beradi. Bu devonalikka
«shukr» so‘zini oshiq eta olgan ijodkorgagina ijodning betimsol vasli nasib
etadi.
Konfutsiyning: «Dushmaningni faqat maqtagin, toki u maqtovdan shishib
yorilsin», degan gapi bor. Qolaversa xalqimiz ichida ham «Dushmanni
shakarda o‘ldir», degan naql yuradi. Men buni bekorga keltirmadim. Zo‘r
shoir va yozuvchiga maqtovning keragi yo‘q. Shuningsiz ham qalb uning
asarlarini yaxshi ko‘rib o‘qiydi.
Adabiyot maydoniga sof tuyg‘ulariyu orzulari bilan kirgan, kirayotgan
ijodkorlarning bitta kitobi chiqar-chiqmas uch-to‘rt betlab maqtovnoma-
taqrizlarning chiqayotganini (ayniqsa chiroyli ijodkor qizlarga) qaysidir
ma’noda ularning ijodiga suiqasd deb o‘ylayman. Adabiy tanqidchiligimiz
bugun ko‘zini kattaroq ochsa yaxshi bo‘lardi.
Nazarimda o‘quvchilar ham, ijodkorlar ham, olovli, toza bahslarni,
haqiqatdan suv ichgan taqrizlarni juda sog‘inishgan…
Bilmadim, mavridimi yoki yo‘qmi, ichimda necha yildan buyon maddalab
yotgan bir gapni aytgim kelayapti. Ancha yillar oldin murg‘ak bolam bilan
ijarama-ijara yurgan kezlarimda xushxabar eshitdim. Yozuvchilar
uyushmasining uysiz-joysiz a’zolariga uy ajratilibdi. Do‘ppimni osmonga
otib, xursand bo‘ldim: haqiqat bor ekan-ku! Darrov Yozuvchilar
uyushmasining o‘sha paytlardagi mas’ullaridan birining qabuliga kirdim. U
meni sovuq qarshi olib: «Hamma uyning o‘z egasi bor, sen esa bu yerda
izg‘ib yurmasdan qishlog‘ingga ket, adabiyotga nima ham qilib berarding»,
dedi. Karaxt tortdim. Ruhim yer bilan bitta bo‘ldi. Afsus, shunga o‘xshash
iddaolarni yana ko‘p eshitdim.
O‘sha kunlar mening adabiyotdan topgan haqiqatim chil-chil singandek
bo‘ldi. Qanchadan-qancha iste’dodli yoshlar o‘shanday undovli gaplarni
eshitib, o‘z qishloqlariga qaytishdi. Shu-shu hech qayerda ko‘rinmay
ketishdi. O‘zingiz o‘ylang, bu endigina porlayotgan iste’dodning ustiga
loqaydlik bilan tuproq tortish degani emasmi?!
Hammasi ortda qoldi. Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining
ijodkorlarga, ayniqsa yosh ijodkorlarga ko‘rsatayotgan muruvvatidan
ko‘nglim yayraydi. Ana shu muruvvatni qadrlab zo‘r asarlar yaratish
payti keldi nazarimda.
Adabiyotimiz dengiziga bugun yangi-yangi to‘lqinlar kirib kelayapti.
Ko‘ngilga yangi havo olib kirayotgan yoshlarimizni qutlamoq va asramoq
lozim, deb o‘ylayman. Ijodkorlar bir-birining ijodiga hasad bilan emas,
havas bilan qarasa bu qanchadan-qancha yuksalishga yo‘l ochgan bo‘lardi.
O‘zingiz o‘ylang, qachondir «xalq dushmani» deb otilgan, aslida esa
xalqning chinakam do‘stlari bo‘lgan Cho‘lpon, Usmon Nosir, Abdulla
Qodiriy, Fitratlarning umriga zavol bo‘lgan hasad emasmidi! Yaratgan bir-
birini qo‘llaganni qo‘llaydi… Dunyoga ko‘z-ko‘z qilsa arzigulik
adabiyotimiz boru, ammo haligacha nimagadir shu yo‘lda oqsayapmiz.
Bir paytlar katta bir shoira opamiz biznikiga borganda, «Kichkina
qishloqchada yashar ekan», degan ekan. Ammo mening ko‘zimga hanuz
qishlog‘imiz juda bepoyon va katta ko‘rinadi. Ayniqsa, hovlimiz ortidagi
bog‘ – mening eng katta darsxonam edi. Balki menga adabiyotni shu
bog‘dagi daraxtlar o‘rgatgandir, ajriqlaru pechakgullar o‘rgatgandir. Har
holda shuncha yoshga kirib hali hech qayerdan o‘sha mo‘’jaz
bog‘imizdan topgan tuyg‘ular shu’lasini topolganim yo‘q.
Ko‘p she’rlarimda daraxt obrazi uchrashi ham shu bog‘ bilan bog‘liq
menimcha. Juda xayolparast bo‘lganman, bu esa juda ko‘p kitob
o‘qiganimning ta’siridan deb o‘ylayman. Aslida barcha ijodkorlarning
adabiyotga kirib kelish yo‘li qaysi ma’nodadir bir-biriga o‘xshaydi.
Aytaylik, bolaligida ko‘p kitob o‘qiydi, jindak xayolparast va juda
rahmdil bo‘ladi.
Adabiyot maydoniga sof tuyg‘ulariyu orzulari bilan kirgan, kirayotgan
ijodkorlarning bitta kitobi chiqar-chiqmas uch-to‘rt betlab maqtovnoma-
taqrizlarning chiqayotganini (ayniqsa chiroyli ijodkor qizlarga) qaysidir
ma’noda ularning ijodiga suiqasd deb o‘ylayman. Adabiy
tanqidchiligimiz bugun ko‘zini kattaroq ochsa yaxshi bo‘lardi.
Nazarimda o‘quvchilar ham, ijodkorlar ham, olovli, toza bahslarni,
haqiqatdan suv ichgan taqrizlarni juda sog‘inishgan…
Bilmadim, mavridimi yoki yo‘qmi, ichimda necha yildan buyon
maddalab yotgan bir gapni aytgim kelayapti. Ancha yillar oldin murg‘ak
bolam bilan ijarama-ijara yurgan kezlarimda xushxabar eshitdim.
Yozuvchilar uyushmasining uysiz-joysiz a’zolariga uy ajratilibdi.
Do‘ppimni osmonga otib, xursand bo‘ldim: haqiqat bor ekan-ku! Darrov
Yozuvchilar uyushmasining o‘sha paytlardagi mas’ullaridan birining
qabuliga kirdim. U meni sovuq qarshi olib: «Hamma uyning o‘z egasi
bor, sen esa bu yerda izg‘ib yurmasdan qishlog‘ingga ket, adabiyotga
nima ham qilib berarding», dedi. Karaxt tortdim. Ruhim yer bilan bitta
bo‘ldi. Afsus, shunga o‘xshash iddaolarni yana ko‘p eshitdim.
O‘sha kunlar mening adabiyotdan topgan haqiqatim chil-chil singandek
bo‘ldi. Qanchadan-qancha iste’dodli yoshlar o‘shanday undovli gaplarni
eshitib, o‘z qishloqlariga qaytishdi. Shu-shu hech qayerda ko‘rinmay
ketishdi. O‘zingiz o‘ylang, bu endigina porlayotgan iste’dodning ustiga
loqaydlik bilan tuproq tortish degani emasmi?!
Hammasi ortda qoldi. Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining
ijodkorlarga, ayniqsa yosh ijodkorlarga ko‘rsatayotgan muruvvatidan
ko‘nglim yayraydi. Ana shu muruvvatni qadrlab zo‘r asarlar yaratish
payti keldi nazarimda.
Adabiyotimiz dengiziga bugun yangi-yangi to‘lqinlar kirib kelayapti.
Ko‘ngilga yangi havo olib kirayotgan yoshlarimizni qutlamoq va
asramoq lozim, deb o‘ylayman. Ijodkorlar bir-birining ijodiga hasad
bilan emas, havas bilan qarasa bu qanchadan-qancha yuksalishga yo‘l
ochgan bo‘lardi. O‘zingiz o‘ylang, qachondir «xalq dushmani» deb
otilgan, aslida esa xalqning chinakam do‘stlari bo‘lgan Cho‘lpon, Usmon
Nosir, Abdulla Qodiriy, Fitratlarning umriga zavol bo‘lgan hasad
emasmidi! Yaratgan bir-birini qo‘llaganni qo‘llaydi… Dunyoga ko‘z-
ko‘z qilsa arzigulik adabiyotimiz boru, ammo haligacha nimagadir shu
yo‘lda oqsayapmiz.
|