yer-mulk va daromadlar (feod) odatda katta o’g’ilga berilar edi va kichik aka-
ukalar esa otadan qolgan merosdan biror narsa olishga haqlari yo’q edi. SHarqdagi
yerlarni bosib olish maqsadida u yerlarga yurishlar qilish bunday ritsarlarniig
mushkul ahvoldan chiqishlarining birdan-bir yo’li edi. Yirik feodallar (knyazlar va
baronlar) o’z sinflari ichidagi mojaro va ixtiloflarning oldini olish uchun
ritsarlarning diqqat-e’tiborini boshqa narsalarga jalb etish muhimroq edi.
XI asr oxiri - XII asr boshpda salib yurishidagi g’oyat
muhim masala-
dehkonlar masalasi edi. o’arbiy Yevropaning feodal zulmi natijasida asoratga
tushirilgan, ezilgan dehqonlari dastlabki paytlarda SHarqqa bajonu dil yo’l oldilar.
Krepostnoy qaramlikdan xalos bo’lish, qarzlarni tugatish, SHarqdan yer olish
umidi (shuni aytish kerakki, dehqonlarning geografik tasavvuri tamomila xayoliy,
amalga oshmaydigan bir tasavvur zdi) o’n minglab kishilarning tug’ilib o’sgan
shahar va qishloklarini tashlab, uzoq yurtlarga ketishga majbur etdi va ularning
ko’plari bu joylarda och-yalang’och qolib, xor-zorlikda o’lib ketdi. Dunyoviy va
ruhoniy feodallar dehqonlarning SHarqqa qiladigan yurishini
vujudga kelgan ogir
ahvoldan qutulishning o’ziga xos bir yo’li deb bilardilar. Bu narsa tovar-pul
munosabatlari rivojlanishi bilan feodal-krepostniklik tuzumi keng tarqalayotgan va
feodal ekspluatatsiyasi kuchayib borayotgan bir sharoitda Yevropada dehqonlar
urushining to’g’ridan-to’g’ri boshlanib ketish xavfidan hukmron sinflarni
qutqargan bo’lardi. Ko’pdan-ko’p monaxlar va boshqa daydi voizxonlar dehqonlar
orasida targ’ibot yurgizib, ularni SHarqqa yurishdek «ezgu ishda» qatnashishga
da’vat etardilar. Biroq dehqonlar masalaning mohiyatiga darhol tushunib yetmagan
bo’lsalar-da, lekin ohibat-natijada, ular gapning nimada
ekanligini ochiq-oydin
payqab oldilar. SHarqqa qilingan dastlabki ikki yurishda dexqonlar ko’pchilikni
tashkil qilgan bo’lsalar, uchinchi yurishdan boshlab ular qatnashmay qo’ydilar.
Bundan keyingi salib yurishlarining hammasida faqat feodallarning o’zlari
qatnashdilar. Yevropa qirollari, eng yirik feodallar (graflar va baronlar),
shuningdek, ko’pdan-ko’p ritsarlar YAqin SHarqda, faqatArab SHarqidagina
emas, balki Vizantiyada xam yangi feodal davlatlar barpo etish masalasiii ochiq-
dan-ochiq ko’zlay boshladilar. Quddus va Falastin masalasi, keyinchalik ularning
rejalarida ikkinchi darajali masala bo’lib qolgan edi.
Italiya shaharlari, ayniqsa ulardan ikkitasi - Genuya bilan Venetsiya - salib
yurishlarida juda faol katnashdilar. Bu shaharlarning
floti salibchilarni SHarqqa
tashib olib .bordi, salib lashkarlarini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlab turdi.
Bosib olingan xududlarni taqsimlashda bu har ikki shahar qatnashib, birinchi galda
SHarqning portlari va bozorlarini o’zlariga monopoliya qilib olishga harakat
qildilar. Lekin, shunga qaramay, shaxarlar salib yurishlarida harakatga keltiruvchi
asosiy kuch e.mas edi.SHarqqa qilingan salib yurishlarini «muqaddas urushlar»
deb e’lon etgan katolik cherkovi, tabiiy, bu yurishlardan o’z manfaatlari yo’lida
foydalanishga intildi.
Bu vaqtga kelib papalik zo’r qudratga ega bo’ldi. Dunyoviy hokimiyat bilan olib
borilgan to’qnashuvlarda papa impera-torning o’zini bir necha marta.
mag’lubiyatga uchratdi. Salib yurishlari papalikka ko’pgina real foydalar
keltirishni, par-chalanib ketgan feodal Yevropasiga siyosiy jihatdan rahbarlik
qilishi, sharqiy «sxizmatiklar»ni, ya’ni sharqiy pravoslav
cherkovining ajralib
ketgan xristianlarini Rimga bo’ysundirish uchun, katolik ruhoniylari katolitsizm
mazhabiga o’tkazishni orzu qilgan SHarq musulmonlari orasidagi missionerlik
faoliyati uchun juda katta ionalar to’plashi mumkin edi. Ana shu vajdan,papaUrban
II 1095 yilning kuzida Janubiy Frantsiyaning Klermon shahrida.ko’p kishilik
cherkov yig’inini to’plab, unda so’zga chiqib «kofirlar»ga qarshi kurashmoq uchun
SHarqqa jo’nab ketishga da’vat etdi. Urbanning asosiy da’vati«Iso payg’ambar
qabrini» xristianlarga qaytarib olib berish va «muqaddao Falastinni xalos qilishdan
iborat edi. Papa salib qatnashchilarining gunohidan kechishni va’da . qildi,
shuningdek, u SHarqda salibchilarni kutayotgan boy o’lja haqida ham ochiqdan-
ochiq aytdi. Yig’inda qisman frantsuz, qisman boshqa mamlakatlardan kelgan
minglab ritsarlar hozir bo’ldilar. Feodallarning ko’pdan-ko’p yig’inlarini o’tkazish
faktining o’zi shu narsani yaqqol ko’rsatadiki, papa bosh ko’tarib chiqmasdan
ancha burun ritsarlar orasida keng propaganda olib borilgan
va ularning bir qismiii
Falastinga salib yurishi o’tkazish rejasidan manfaatdor qilishga ulgurilgan.
Papaning bu chiqishi ancha ilgari tayyorgarlik ko’rila boshlagan ishni tashkiliy va
ideologiya jihatdan rasmiylashtirishdan iborat bo’ldi, xolos.
Dostları ilə paylaş: