dostonini bunday deb boshlaydi: «Men Portugaliya qirg`oqlaridan chiqib,
noma’lum dengizlar orqali yerning narigi tomoniga ketgan mashhur qahramonlar
haqida ...mislsiz botirlik ko’rsatgan, dong`i ko’klarga
yetuvchi yangi imperiyaga
negiz solgan yengilmas jangchilar haqida kuylamoqchiman».
Hindistonning g`arbiy va qisman sharqiy qirg`oq bo’ylarini, shuningdek,
Malakkani portugaliyalik boshqa admirallar -Almeyda (Portugaliya qirolining
Hindistondagi birinchi noi-bi (1505-1508) va Albukerk (1509-1515) batamom
bosib ola-dilar. Goa shahri (Kalikutaning shimolida) Portugaliya
qiroli noiblarining
poytaxti bo’lib qoladi. Qizil dengizning Hind okeaniga tutashadigan joyida
qurilgan Adan shahri va Fors qo’ltig`idagi Ormuza shahrining bosib olinishi
Portugaliyaning Hindistondagi hukmronligi uchun g`oyat katta ahamiyatga ega
bo’ldi, bu shaharlar savdo va strategiya jihatidan muhim punktlardir.
Bu bilan
portugaliyaliklar Hindistondan Qizil dengiz orqali Aleksandriyaga o’tadigan va
Hindistondan Mesopotamiya orqali Suriyaga o’tadigan eski savdo yo’llarini
tamomila bekitib qo’ygan edilar. XVI asrning 20-yillaridayoq portugliyaliklar
Zond arxipelagining anchagina qismini bosib olgan edilar. Ana shu tariqa qisqa bir
muddat ichida Portugaliyaning katta bir mustamlaka imperiyasi vujudga keldi.
Portugaliyaliklar ziravorlar savdosini o’z qo’llariga olib, italyanlarning savdo
monopoliyasiga zarba berdilar. Aleksandriya va qisman Venetsiya o’rnini
Portugaliyaning poytaxti Lissabon shahri egalladi.
Hindistonda, qisman Hindi-Xitoydagi (Malzchka)
va Iidone-ziya orollaridagi
asosiy mustamlakalaridan tashqari, portugaliyaliklar XVI asr boshlarida yana
Amerikaning Braziliyasini ham bosib olgan edilar. Braziliya uzoq vaqt davomida
Hindistonga boradigap ikki yo’l o’rtasidagi bekat bo’lib xizmat qilib kelgan edi.
Dostları ilə paylaş: