Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
2 5206292024008901227

 
Magellanning dunyo sayohati.
Fernando Magellanning (1470-1521) 
sayohati geografik kashfiyotlar tarixida katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1519 yil 20 
sentabrda Magellanning beshta kemasi Sai-Lukardan chiqib, o’sha paytda «Ziravor 
orollari» deb atalgan Molukka orollarini qidirib topish maqsadida janubi-g`arbga 
tomon yo’l oldi. Magellan sayohati 1519- 1522 yillarda bo’lib o’tdi va u tarixda 
birinchi marta dunyo sayohati bo’ldi. Magellan sayohati natijasida juda ko’p 
yerlar: Janubiy Amerikada Magellan bo’g`ozi va Olovli Yer, Ulug` okeanda juda 
ko’p orollar, xususan Filippin orollari, Zond arxipelagi va hokazolar ochildi. SHu 
bilan birga Magellanning bu sayohati ispanlar bilan portugallar sayohatlarining 
o’ziga xos sintezi tariqasida muhimdir. Magellan asli portugaliyalik bo’lib, ispan 


kemalarida sayohat qildi. Sayohat marshruti ham ispanlarniki (g`arb, to’g`rirog`i, 
janubi-g`arb tomonda sayohat) bo’ldi. Ammo Magellan ham (boshqa 
portugaliyalik sayyohlar kabi) Hind okeaniga va uning o’z ziravorlari bilan dong 
chiqargan orollariga yetib borish maqsadini ko’zda tutgandi. Magellanning o’zi 
saehat vaqtida Filippin orollaridagn mahalliy aholi bilan bo’lgan to’qnashish 
vaqtida halok bo’ldi. Ekipajning omon qolgan qismi bir kemada Ispaniyaga qaytib 
keldi. Safarga chiqqan 265 kishidan atigi 18 kishi eson-omon qaytdi. 
Magellan sayohati Yerning sharsimon ekanligini tajribada isbot qilib berdi. 
Buning natijasida Yevropaliklar Ulug` yoki Tinch okean to’g`risida ham aniq 
ma’lumotga ega bo’ldilar, ammo bungacha ularda allaqanday sirli bir «janubiy 
dengiz» haqi-dagina noaniq tasavvur bor edi, xolos. 
Amerikada ispanlar kolonizatsiyasi
. Magellan o’zining bi-rinchi dunyo 
sayohatini qilganidan keyin, ispanlar Amerikani istilo qilishga kirishdilar. Ispan 
istilochilari (konkistador-lari) benihoya shafqatsizlik bilan, zo’rlik, ayyorlik va 
aldam-chilikning hamma vositalarini ishga solib, YAngi Dunyoning eng boy va 
aholisi eng ko’p bo’lgan yerlarini bosib oldilar. 
Fernando Kortes 1519-1521 yillarda juda katta Meksika mamlakatini istilo 
qiladi bu mamlakatda boshqa hind qabilalaridan ko’ra madaniy saviyasi ancha 
yuksak bo’lgan juda ko’p atsteklar qabilasi yashaydi. Bu qabilaning qiroli 
«imperator» Montesuma asir olinib, o’z xazinasidagi oltinni ispanlarga berishga 
majbur bo’ladi. 
YAna boshqa bir ispan konkistadori Fransisko Pissaro 1532-1535 yillarda 
Janubiy Amerikaning g`arbidagi inklar qabilasi hukmron bo’lgan Biru yoki Peru 
mamlakatini istilo qildi. Bunda ham inklarning qiroli «imperator» Ataxualpa oltin 
va kumushdan iborat xazinasini istilochilarga berishga majbur bo’ladi.. 
Ispanlar 1536 yilda CHilini, 1538 yilda yangi Grenadani (keyin Kolumbiya 
deb atalgan) istilo qiladilar. 1549 yilda ispanlar Argentinani bosib ola boshladilar.
1545 yilda Potozi (Boliviya)da juda boy kumush koni. topildi. O’sha 
vaqtdan e’tiboran Amerikada ko’plab kumush hamda oltin qazib chiqarish 
boshlandi. Avval Kolumb kashfiyotidan paydo bo’lgan umidsizlik kayfiyati 
yo’qolib, topilgan xazinalarni mumkin qadar tezroq qo’lga kiritib olishga urinish 
kuchaydi. 
Mahalliy aholining bir qismi krepostnoylarga va bir qismi qullarga 
aylantirildi. Ularni konlarda ishlashga majbur etdilar. Kolumbning xatosi tezda 
ma’lum bo’lib qolsada, Amerikaning tub xalqini indeetslar deb atay berdilar. Ana 
shu indeetslar o’rganmagan og`ir mehnatga bardosh berolmay, ko’plab qirilib 
ketdilar. SHundan keyin ispan mustamlakachilari Ame-rikaga Afrikadan negr-
qullar keltirib, ularni konlarda va plantatsiyalarda ishlashga majbur etdilar. 
XVI asrning birinchi yarmidayoq Amerikada negrlar ko’p edi. O’sha asrning 
ikkinchi yarmida ularning soni ayniqsa tez oshib bordi. 
Indeetslar esa, aksincha, Yevropalik mustamlakachilarnipg haddan tashqari 
zulmiga chidolmay, yoppasiga qirila boshladi. Karib dengizidagi eng katta 
orollardan YAmayka, Espanola va Kuba orollaridagi mahalliy xalq XVI asrning 
ikkinchi yarmiga kelib batamom deyarli qirilib ketdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin