Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari


Filipp II davrida Ispaniya va uning tashqi siyosati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
2 5206292024008901227

Filipp II davrida Ispaniya va uning tashqi siyosati. 
1556 yilda Karl V dan keyin uning o’g’li Filipp Ispaniya taxtiga o’tirdi. 
Filipp II o’z otasiga o’xshab ― Joyidan qimirlamaydigan qirol‖ emas edi. U ham 
juda ko’p urushlar olib borgan bo’lsada, ammo bu urushlarda odatda uning 
generallari qo’mondonlik qilardi. Qirolning o’zi bo’lsa o’z mamlakatining hech 
qachon deyarli tashlab chiqmasdi. 
Germaniyaga Karl V ning ukasi Ferdinand imperator bo’lib olganligidan, filipp II 
qo’l ostidagi yerlar endi avvalgidek juda hilma-hil emasdi. Filipp mamalkarni 
markazlashtirish yo’lida ba’zi tadcbirlarni amalga oshirdi. U Ispaniyaning yangi 
doimiy poytaxtini barpo qildi. Poytaxt uchun Madrid shahrini tanladi. Filipp II 
Aragonni avtonomiyadan mahrum etdi.saragossani va Kastiliya garnizomnlariga 
ega bo’lgan Aragon qal’alarini egallab oldi hamda Aragon dvoryanlarining sud 
sohasidagi eski imtiyozlarini bitirdi, ya’ni ularning sud ishlarini o’zlarining maxsus 
oliy sudyasi bo’lgan xustisiyada ko’riladigan bo’ldi. 1580 yilda Filipp II 
Portugaliyani ham o’z yerlariga qo’shib olishga muvaffaq bo’ldi. Endilikda butun 
Pireneya yarim oroli yagona davlatga birlashtirilgan edi. Inkvizitsiya FilipppII 
qo’lida eng dahshatli qurol edi, bu inkvizitsiya filipp II davrida Ispaniyadagi oliy 
siyosiy sudga aylandi, bu suddan qirolning hech bir dushmani qochib qutila olmas 
edi. Filipp II davrida idora qilish ishlari bilan shaxsan o’zi juda ko’p shugu’llanar 
edi. U juda keng ko’lamda byurakratik yozishmalar olib borardi, markazdagi oliy 
amaldorlarni va joylardagi gubernatorlarni shaxsan o’zi tanlab qo’yardi. Filipp II 
davtida davlat soliqlarining miqdori juda ko’payib ketdi. Moliya mahkamasi butun 
mamlakatni son sanoqsiz soliq to’lovchilar bilan o’rgimchak uyasiday chulg’ab 
oldi. Karl davridagidek, Ffilipp II davrida ham ispan absolyutizmi faol emas edi. 


Filipp II mamlakarni burjuaziya negizida rivojlantirish bilan qiziqmadi va ispan 
savdosi hamda sanoatini taraqqiy ettirish uchun hech qanday amaliy tadbirlar 
ko’rmadi. Ispaniyadagi yitik dunyoviy va cherkov yer egaligi XVI asrda ham 
o’zining g’oyat katta imtiyozlari va biqiq-kasta xarakterini saqlab qolgan eid. 
Mayorat haqida, daxlsiz yerlar haqida, cherkov yerlariga imtiyozlar berish haqida 
qonunlar Ispaniyadagi yer egaligini qat’iy tasdiqlar, uni abadiy daxlsiz qilib 
qo’yar, demak shu bilan burjuaziya orasidagi faolroq elementlarning, mayda 
dvoryanlar va dehqonlarning yerga ega bo’lish imkoniyatini bo’g’ib qo’yardi. 
Filipp II olib borgan urushlar ochiqdan-ochiq sulolaviy, tor dvaryanlik tusidagi, 
o’zining go’yasi jihatidan reoksion-katolik xarakterdagi urushlar eid. Bu uruhshlar 
ispan qirolining yerlarini ko’paytirish va qirolni Yevropaning xalqaro siyosatida 
gegimon qilish maqsadi bilan olib borilar edi. Shu bilan bir paytda bu urushlardan 
ispan dvaryonlarini boyitish maqsadi ham ko’zda tutilardi, chunki bu 
dvaryanlarning zebi-ziynat va aysh—ishrat ichida kechirayogan dabdabali 
hayotlari uchun ispan dehqonlairdan olinadigan renta haqlarigina kifoya qilmas 
edi. Ba’zi urushlarda ispan savdosi va mustamlakalarning manfaatlari ham ko’zda 
tutilgan edi. Xuddi ana shu urushlarda Filipp II ning hukumati sharmandalarcha 
yutqizdi va shunday qilib, bu urushlar ham ispan burjuaziyasijga hech narsa 
keltirmadi. 
Filipp II ning olib borgan ba’zi urushlarigina muvaffaqiyatli tugadi. 60-70 yillarda 
Turkiyaga qarshi olib borilgan urushni va 1580 yilda Portuhgaliyaning bosib 
olinishi shun day urushlar jumlasiga kiritish mumkin. 1571 yilda Lepanto yonida 
bo’lgan jangda turklar dengizda ayniqsa katta mag’lubiyatga uchratildi. Jangda 
Filipp II ning ukasi Don-Xuan Avstriyskiy ispan-venetsian birlashgan eskadrasiga 
qo’mondonlik qilib, turklarning 264 kemadan iborat flotini tor mor qildi, bu flotda 
80 ming kishilik qo’shin bor edi. Bu mag’lubiyatning turklarning boshidan 
kechirgan birinchi katta mag’lubiyati edi. Va bu Turkiya imperiyasining ancha 
jiddiy ichki tushkunlikkauchray boshlashidan darak berardi. 
1580 yilda Portugaliya ustidan qozonilgan g’alaba ham Portuhgaliyaning bundan 
oldin 1578 yilda portugal feodallarining marokashda mag’lubiyatga uchragani 
tufayli bo’lgan edi va bu vaqtda qirol Sebastyan butun qo’shini bilan birga halok 
bol’gan edi. 
Ammo Filipp II nming o’zi ham shunday mag’lubiyatga uchraydiki bu 
mag’lubiyatlar Ispaniyaning buyuk davlat sifatidagi ahamiyatini yo’qotib qo’ydi. 
Bu yerda XVI asrning ikkinchi yarmidagi Niderlandiya inqilobini birinchi o’ringa 
qo’yish kerak, bu inqilobning keyinchalik golland-ispanning savdo va 
mustamakachilik uchun bo’lgan qator urushlariga aylanib, Hindiston va 
Indoneziyada ispan portugal mustamlakalarining Gollandiya qo’liga o’tishi, 
so’ngra esa Portugaliyaning o’zi ham Ispaniyadan ajralib keirshi bilan tugallandi. 
Filipp II ning Angliyaga qarshi olib borgan muvaffaqiyarsiz uruhbshibda Ispaniya 
yana katta mag’lubiyatga uchradi. Ingliz dengiz bosqinchilari Dreyk Reli va 
boshqalar vest-Indiya qirgo’qlariga hamda yangi yerdan kumush ortib Ispaniyaga 
qaytib borayotgan flotiga hujjum qiladilar. Filipp II bunga javoban 1588 yil iyulida 
Angliyaga qarshi yurish boshladi, bu yurijsh ― Yengilmas armada ‖ nomi bilan 
mashhurdir. Ispan floti rasmiy ravishda shunday nom bilan atalgan bo’lib, flot 


tarfki bida 130 dan ortiq kema bor edi, dengiz ekipaji 7500 kishidan va askarlari 
17000 kishidan i borat edi. 
Harbiy dengiz ishidan xabardor bo’lmagan grand Medina Sidoniya bosh qilib 
qo’yilgan bu yurish ninhoyatda yomn uyushtirilgan edi. Eskirib qolgan bu 
beso’naqay ispan kemalari inglizlarning ancha mayda bo’lsada, puxtaroq yasalgan 
va ancha yaxshi to’olar bilan ta’minlangan kemalariga bas kela olmadi. 
―Armada‖ning Niderlandiya janu bidagi ispan harbiy kuchlari bilan qo’shilish 
rejasi bajarilmadi. Ingliz admirallari katta jang qilishni istamadilar va ―Armada‖ga 
kichik-kichik eskadralar bilan hujjum qilish taktikasini ishlatib ispan flotining 
ayrim kemalatini yoki ayrim turkumlarini alohida-alomhida yo’q qilib bordilar. 
Avgust boshida La-Manshda bo’lib o’tgan boron ispanlarga katta ziyon yetkazdi. 
Flotning qolgan qismi ob-havo yomon kelganligi tufayli Ispaniyaga ilgarigi 
yo’ldan qaytib borolmay, Britaniya orollarini aylanib o’tishga majbur bo’ldi va 
mamlakariga sog’ qolgan ozgina kemalari bilan juda xarob holda qaytib keldi 
―Armada‖ning 
mag’lubiyatga 
uchraganligi 
natijasida 
ispaniya 
Atlantika 
okeanidagi savdo yo’llarini nazorat qilib turishdan mahrum bo’ldi. 1596 yilda 
inglizlarning o’zlari Ispaniya qirg’oqlariga hujum qilib Ispaniyaning Kadis pportini 
talab ketdilar. Shu paytdan boshlab Ispaniya dengizdagi gegemonligini butunlat 
yo’qotib qo’ydi. 
Filipp II ning 90 yillar boshida Fransiyaga qarshi boshlagan intervensiyasi ham 
muvaffaqiyatsizlik bilan tuhgadi Filipp II fransuz qirollarining protestant - 
gugenotlatga qarshi olib borgan urushlariga aralashdi. Ispan qo’shinlari Parijga 
bostirib kirdi va u yerda Parijni qamal qilib turgan gugenotlar yo’lboshchisi qurol 
Gentix IV burbonga qarshi kurashda katoliklarga yordam berdi. Ispanlarning 
yordami katoliklarni saqlab qola olmadi. Parij taslim bo’lishga majbur bo’ldi. Parij 
olinganida taslim bo’lgan qo’shinlar prasida Filipp II ning ham otryadlari bor edi 
filipp II intervensiyaga juda ko’p mablag’ sarf qilgan bo’lishiga qaramay, 
Fransiyaga o’z ta’sirini kuchaytirish uyoqda tursin, balki aksincha Ispaniyaga eng 
ashaddiy dushman orttirdi. Keyinchalik XVII asrning birinchi yarmida Ispaniya 
bilan Fransiya o’rtasida urushlar to’xtovsiz davom etib turdi. Bu urushlar Pireneya 
monarfxiyasi uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 
Muvaffaqiyatsizliklar bilan olib borilgan katta urushlar Filipp II ning moliyaviy 
ahvolini tamomila qaqshatib qo’ydi. U o’zini ikki marta - 1575 va 1596 yillarda 
singan deb e’lon qilib, davlat qarzlarini to’lashdan bosh tortdi. Gabsburglarga qarz 
berib turgan Fuggerlarning bir o’zi 3 million gulden pulidan mahrum bo’ldi. 
Savdo, sanoat, dehqonchilikdan olinadigan soliqlar muttasil oshib borib aholini 
g’oyat qiybnab qo’ydi. 
1594 yilda korteslardagi shaharlarning deputatlari ― 1000 dukat kapitaldan 300 
dukat soliq olinadigan bo’lgan dan keyin savdo bilan shug’ullanib bo’larmijdi?‖ 
deb noligan edilar. 
Filipp II 1598 yilda vafot etadi, un dan o’z vorisiga davlatning umuman 100 
million gulden qarzi meros qoldi. XVI asrning oxirada Ispaniyaning butun xalq 
xo’jaligini chulg’ab olganiqtisodiy harakat moliya ishlarining vayron bo’lishiga 
asosiy sabab bo’ldi. 



Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin