Xitoy va Hindistonga (shimoli-sharqiy tomondan) olib boradigan SHimoliy dengiz
yo’lini qidirib kelib qolgan edi. Oxirgi qishlov vaqtida u o’z hamrohlari bilan
sovuqqa qotib halok bo’ldi.
SHimoliy Muz okeanini hamda Tinch okeanning shimoliy qismini tadqiq
qilishga oid ruslarning geografik kashfiyot-lari juda katta ahamiyatga ega o’ldi.
Ruslar birinchi bo’lib (gollandlardan ancha ilgariyoq) YAngi Yerga hamda
SHpitsbergan oroliga (Skandinaviya yarim orolining shimoliga) borib yetgan
edilar. Ular Ob va Yenisey daryolarining quyiladigan joyla-rini tekshirdilar,
Taymir yarim orolini aylanib o’tdilar. XVI asrning oxirlaridayoq yangi yerlarni
qidiruvchi rus sayyohlari Tinch okeanning sohillariga yetib borishgan, deb taxmin
qilish mumkin. XVII asrning 30-yillarida Ivan Moskvitin boshchiligidagi
krasnoyarsklik kazaklarning bir guruhi Lena daryosining so’l irmog`i -Aldan
daryosi bo’ylab yurib bordilar, tog`lardan oshib o’tib Oxota dengiziga chiqdilar.
40- yillarda YAngi yerlar qidiruvchi sayyohlardan Poyarkov bilzn Xabarov Quyi
Amurni tekshirib, birinchi marta ana shu daryoning kartasini tuzdilar.
1648 yilda sibirlik kazak Semyon Dejnev tomonidan (1605-1672) Uzoq
SHarqning eng chekkasidagi (uning nomiga qo’yilgan) burunning hamda Osiyo
qit’asini Amerikadan ajratib turuvchi Bering qo’ltig`ining kashf qilinishi Uzoq
SHarqdagi eng yirik geografik kashfiyot bo’ldi. Rossiya harbiy xizmatining
kapitani Bering bu qo’ltiqni yangitdan tekshirib chiqishidan 80 yil ilgari Dejnev
kashf qilgan edi.
Dostları ilə paylaş: