Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari


Kolumbning Amerikani kashf qilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85
2 5206292024008901227

 
Kolumbning Amerikani kashf qilishi.
Portugaliyaliklar Hindistonga 
Afrikaning g`arbiy qirg`oqlari bo’ylab siljib borayotgan bir paytda, qo’shni 
Ispaniyada xuddi o’sha Hindistonga borish yo’lining boshqa bir varianti chiqib 
qoldi. Genuyalik Xristofor Kolumb (1451—1506) 1492 yilda Ispaniyaning 
Ferdinand va Izabella hukumatiga Hindistonga g`arb tomondan boradigan sayohat 
loyihasini taklif qildi. Kolumb Yerning sharsimonligi haqidagi ta’limotga 
asoslanib ish ko’rdi. XV asr oxirlarida Yevropa fan ahllari bu ta’limotning 
to’g`riligiga yana bir iqror bo’ldilar. Kolumb bundan ilgari ham o’zining shunday 
loyihasi bilan Portugaliya hukumatiga murojaat qilgan edi, ammo rad javobi olgan 
edi. Portugaliyaliklarnnng dengizdan Afrika bo’ylab Hiidistonga boradigan o’z 
rejalari bor edi; Diasning kashfiyotidan keyin bu rejaning uzil kesil amalga 
oshirilishi yaqinlashib qolgan edi. Xuddi shu vaqtga kelib, Granada qirolligini 
istilo qilish ishini tamomlagan ispan hukumati Kolumb loyihasiga, aksincha, 
xayrixohlik bilan qaraydi. Sayohatni uyushtirish uchun zarur bo’lgan mablag`ning 
bir qismini Kolumbning o’zi, ko’p qismini hukumat berdi. Kolumb yangi ochilgan 
mamlakatlarda o’ziga va vorislariga qirol noibi va admiral lavozimlarini egallash 
huquqi berilishini shart qilib qo’ydi. Uch kemadan iborat kichkina bir eskadra 
1492 yilning 3 avgustida Palos gavanidan Atlantika okeaniga jo’nab ketadi. 
1492 yil 12 oktabrda Kolumb Karib dengizida Markaziy Amerikaga yaqin 
joydagi Bagama orollaridan birini topdi. Tezda u katta qo’shni orollar-Gaiti va 
Kuba orollarini kashf etdi. SHundan keyingi sayohatlaridan birida Kolumb Janubiy 


Amerika (Orinoko daryosining quyar joyi yaqinidagi) qirg`oqlarini topdi. Kolumb 
hayot ekanligidayoq ispanlar Ame-rikani kolonizatsiya qila boshlaydilar. Espanola 
deb boshqacha nom berilgan Gaiti orolida birinchi koloniya tuziladi. YAngi 
dunyoni Kolumb kashf etgan bo’lsa-da, bu dunyoga uning nomi be-rilmaydi. 
Kolumb Hindiston, Xitoy va YAponiyani kashf qildim deb qattiq turib oladi. 
Amerikadagi Kolumb kashf qilgan yerlar ko’p o’tmay Ispaniyaning hafsalasini pir 
qiladi. CHunki Kolumbning yangi «G`arbiy Hindistoni» haqiqiy «SHarqiy Hin-
diston»dan ko’ra kambag`alroq bo’lib chiqadi, shaharlari va tsi-vilizatsiyasi 
bo’lmaydi. Mahalliy xalqda oltin va kumush uchrasa-da, lekin kutilgan 
darajadagidan ancha kam bo’ladi. Tez orada Kolumb saroyning g`azabiga yo’liqdi. 
U 1506 yilda Kolumb qashshoqlikda va hammaning nazaridan qolib chetda o’lib 
ketdi. Viloyat shaharlaridan biri Validolidda vafot etgan Kolumb-ning o’limidan 
zamondoshlari mutlaqo bexabar qoldilar. 
Kolumb ochgan qitaga Amerika degan nom boshqa bir ital-yan, 
florentsiyalik Amerigo Vespuchchi (1452—1512) nomidan olib berildi. Amerigo 
«YAngi yerga» bir necha marta sayohat qilib, Janubiy Amerikaning shimoli-
sharqiy qirg`oqlarini batafsil tekshirib chiqdi. Amerigoning dengiz sayohatlari 
to’g’risidagi 1507 yilda nashr etilgan hikoyalar to’plami juda mashhur bo’lib ketdi. 
Kartograflar Kolumb kashf qilgan yerlarni 1507 yildayoq o’z kartalarida «Amerigo 
yerlari» degan umumiy nom bilan ko’rsata boshladilar. Keyinchalik «Amerigo» 
degan nomni eski qit’alar-Osiyo, Yevropa, Afrika nomlariga monandlashtirib 
«Amerika» deb o’zgartirdilar. 
Kolumb kashfiyoti Portugaliya bilan Ispaniya o’rtasida yangi yerlar uchun 
raqobat chiqishiga sabab bo’ldi. Nizoning oldini olish uchun har ikki davlat 1494 
yilda Tordessilyas shahrida o’zaro shartnoma tuzdi. Bu shartnomaga muvofiq 
YAshil Burun orollaridan g`arbga tomon 2053 kilometr narida Qutbdan-Qutbga 
qarab chegara chizig`i tortildi. Bu chiziqning g`arb tomonida yangi ochilgan 
hamma yerlar ispanlarga, sharq tomonidagi yerlar portugaliyaliklarga qaraydigan 
bo’ldi, ammo bu chegara chizig`i butun yer sharini kesib o’tmaganligi, balki faqat 
G`arbiy yarim-shardangina o’tganligi tufayli ispanlar .bilan portugaliyalik-lar 
Molukka orollarida duch kelib qoldilar va o’rtada nizo chiqdi. SHundan keyin 
1529 yilda Saragosda yangi shartnoma tu-zilib, bu shartnomaga muvofiq SHarqiy 
yarim sharda Molukka orollaridan sharq tomonda 17° da yangi chegara chizig`i 
tortildi. Mustamlaka duiyosini birinchi marta taqsimlash ana shu tarzda ro’y bergan 
edi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin