yaxshilandi.
Hunarmandchilikni
rivojlantirishda
ancha
olg’a
ketildi,
Germaniyaning ko’p joylarida yer ustidagi yekn uncha katta bo’lmagan
chuqurlikdagi rudalar ishlana boshlandi. CHegara oblastida
yashovchi germanlar
rimlik savdogarlar bilan oldi-sotdi qila boshladilar. Varvarlarning aholisi tobora
ko’payib borganligi uchun yer masalasi juda keskin masala bo’lib qoldi. Varvarlar
aholining oshib-toshib ketayotganligini sezmoqda edilar.
Ular imperiyaning
serhosil va qisman butunlay ishlov berilmagan yerlarini ishg’ol qilishga intildilar.
Butun bir varvar qabilalarini Rim imperiyasiga qarshi keskin kurash olib borishga
olib kelgan eng muhim va asosiy sabab yer tanqisligi edi.
Bu vaqtga kelib german qabilalarining ichida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi.
German jamiyatining tobora ko’proq tabaqalanib borishi - zodagonlarnint ajralib
chiqishi, ularga qaram bo’lgan kishilar sonining ko’payishi
va hokazolar bilan bir
qatorda, qabilalarning katta-katta ittifoqlarga birlashuv protsessi ham yuz
bermoqda edi. Quyi Reynda hamda YUtlandiya yarim orolida angl-saks qabilalari
birlashmasi; O’rta Reynda
frank qabilalari ittifoqi; YUqori Reynda allemanlar
ittifoqi (bunga kvadlar, markomanlar, qisman svevlar kirardi); Elbada va Elbaning
narigi
tomonida langobardlar, vandallar, burgundlarning ittifoqlari tashkil topdi.
Bundan oldingi bobda gotlarning ikkita ittifoqi - vestgotlar ittifoqi va ostgotlar
ittifoqi vujudga kelib, bularning har biri Dunay va Qora dengiz bo’yi rayonida ko’p
qabilali davlat tashkil qilganligi gapirib o’tilgan edi. IV
asrniig oxirlaridan boshlab
va ayniqsa V asrda varvarlar yoppasiga imperiya territoriyasiga qarab yo’l olib, uni
asta-sekin istilo qila boshladilar. To’g’ri, bu istilo qilish qariyb butun bir asrga
cho’zildi. Ancha vaqtgacha bu istilochilar rasman imperiyaning «ittifoqchilari» deb
qaraldi. Biroq zamondoshlar bu nomga aldanmadi. o’arbiy Rim imperiyasining
tobora qulab borayotganligi shubhasiz haqiqat edi.
CHunki varvarlar imperiyani
istilo etish bilan bir vaqtda imperiya territoriyasiga o’zlarining butun oilalari, uy
anjomlari, sigir-buzoqlari va hokazolari bilan ko’chib kelib; o’rnashayotgan edilar.
SHuning uchun IV asrning oxirini va V asrning hammasini o’z ichiga olgan bu
davrni tarixchilar odatda Xalqlarning buyuk ko’chish davri deb ataydilar.
Dostları ilə paylaş: