Vestgotlarning Tuluza qirolligi. Italiyada bir oz vaqt turgandan keyin,
vestgotlar Gonoriy hukumati bilan kelishib, Janubiy Galliyaga o’tdilar va u yerda
419 yili Rim imperiyasi territoriyasida dastlabki varvarlar qirolligini tuzdilar,
uning poytaxti Tuluza shahri bo’ldi. Tuluza qirolligi Rim imperatoriga nomigagina
qaram hisoblanar edi. Aslida u butunlay mustaqil edi. Galliyaga ko’chib
o’tganlaridan keyin vestgotlar juda ko’p yerlarni boshqatdan taqsimladilar. Ular
mahalliy galliyalik-rimlik quldorlar ixtiyoridagi yerlarning uchdan ikki qismini
uydagi qullar, binolar, qishloq xo’jalik asbob-uskunalari va boshqa narsalari bilan
birgalikda musodara qilib, o’zaro bo’lishib oldilar, katta-katta latifundiyalardagi
eng yaxshi yerlarni, qullarni va asbob-uskunalarni qirol bilan zodagonlar oldi.
Oddiy vestgot jangchi dehdonlar o’zlarining oilaviy chek yerlarini – sortes - ya’ni
aynan olganda qur’aga (chekiga) chiqqan yerlarni oldilar. Bular: haydaladigan
yerlardan, jamoaga qarashli yer-mulklar-o’rmonlar, yaylovlar va boshqalardan
iborat edi. Keyincha V asrning oxiri - VI asrning boshlaridan boshlab Vestgotlar
qirolligi Pireneya tog’larining narigi tomoniga Ispaniyaga ham yoyildi. Uning
poytaxtl Toledo shahriga ko’chirildi.
SHimoliy Afrikada vandallar kirolligi. Taxminan, Galliyada vestgotlar o’z
davlatini vujudga keltirgan vaqtda, boshqa bir gruppa varvar qabilalari Pireneya
yarim oroliga bostirib kirdi. Bular svevlar bilan vandallar edi. Svevlar yarim
orolning shimoli-g’arbiy qismini bosib oldilar, vandallar janubga kirib borib,
birmuncha vaqtgacha Gvadiana daryosi janubidagi territoriyada yashadilar.
Hozirgi vaqtda ham shu oblast Andaluziya deb ataladi (dastlabki vaqtlarda
Vandalusiya deb atalar edi. Vandallar bu yerdan qirol Geyzerix boshchiligida
SHimolii Afrikaga hujum qildilar. Vandallar SHimoliy Afrika aholisining quyi
tabaqalari orasida Rim xukumatining va katta quldorlarning e’tibori yo’qligidan
foydalanib, bu keng territoriyani bosib oldilar va 439 yilda Rim imperiyasi
territoriyasida ikkinchi varvar qirolligini vujudga keltirdilar, bu davlatning poytaxti
qadimgi Karfagen bo’ldi. Vandallar Rim zodagonlarining juda ko’p yerlarini ham
musodara qildilar. Lekin ularning o’zlarida ham zodagonlar tezlik bilan tarkib
topmoqda edi, bu zodagonlar bosib olingan yerlar, olingan qullar va boshqa xil
o’ljalar hisobiga boyib ketdi. Vandal zodagonlari Italiyaga qilingan bosqinchilik
hujumlari natijasida ayniqsa boyigan edi. 455 yilda vandallar Rimni bosib olib,
vestgotlarning 410 yildagi talon-torojidan battarroq misli ko’rilmagan darajada
taladilar va vayron qildilar. Vandallar Rimning eng nodir qadimgi yodgorliklarini
ayovsiz buzib tashladilar. SHu sababli «vandalizm» degan so’z madaniyat
yodgorliklarini vahshiyona vayron qilish timsoli bo’lib qoldi.