edilar, mahalliy aholi esa katolik dinida edi. SHunday qilib, Teodorix siyosati
zamirida katta ziddiyatlar bor edi. Bu siyosat SHarqiy Rim imperiyasi bilan qayta
qo’shilishi orzusida bo’lgan rimlik quldor zodagonlarni qoniqtirmas edi. SHu bilan
birga Teodorixning italiyaliklarga nisbatan jonkuyarlik bilai munosabatda bo’lishi,
o’zini
ilgarigi
imperatordarntsng
vorisi
deb
hisoblashi,
rimliklarning
bilimdonligiga tan berishi, yerlarni yangidan musodara qilishni xohlamasligi-
bularning hammasi got zodagonlari va oddiy jangchi-ostgotlar orasida unga qarshi
norozilik tug’dirdi. Teodorix o’z mavqeining mustahkam emasligiga qirolligining
oxirgi davrida o’zi ham amin bo’ldi, bu davrda o’zining yuqori mansablardagi
ba’zi rimlik amaldorlarining fitnachilik bilan shug’ullanib, imperator saroyi bilan
maxfiy muzokaralar olib borganligi fosh qilindi. O’sha vaqtdagi Rim papasi ham
davlatga
xiyonat qilishda ayblandi, u Konstantinopolga maxsus safar qilgan va u
yerda uni imperator alohida izzat-ikrom bilan kutib olgan edi.
Teodorix vafotidan keyin Ravenna saroyida ikkita gruppa bir-biri bilan qattiq
kurash olib bordi: bular-dan biri - Konstantinopol bilan ittifoq tuzish tarafdori
(«Rim guruhi»), ikkinchisi - mustaqil siyosat yuritish va rimlik quldorlarni yanada
cheklash tarafdori («Got guruhi» yoki «Eski got guruhi») edi. Bu janjallardan
vizantiyaliklar foydalandilar. Imperator YUstinian I zamonida vizantiyaliklar
ostgotlar Italiyasini istilo etdilar va butun Apennin yarim orolini Vizantiyaga
qo’shib oldilar. Lekin Italiyani Vizantiya osonlik bilan bosib olmadi. Gotlar urushi
20 yildan ortiq davom etdi. Ostgotlar o’zlarini juda qattiq himoya qildilar. YAngi
saylangai ostgot qiroli Totila (541-552) Vizantiyaga qarshi kurashga, ostgotlardan
tashqari, ezilgan italiyaliklarning bir qismini ham tortdi. Ostgotlar qo’shiniga,
ijtimoiy chiqishi kim bo’lishiga qaramay, qullar bilan kolonlar qabul qilindi qul va
kolonlar shu bilan erkinlikka chiqdi. Avvaliga Totila muvaffaqiyat qozonib turdi.
U vizantiyaliklardan Italiyaning kattagina qismini qaytarib olishga muvaffaq
bo’ldi.
U flot qurdi, Sitsiliyani va O’rta dengizdagi yana boshqa orollarni bosib
oldi. Biroq Vizantiyadan yetib kelgan yangi qo’shinlar ostgotlarni mag’lubiyatga
uchratdi (552). Vizantiyaliklar Arianlik IV va V asrlarda xristian cherkovida juda
kupchilikki tashkil qilgan bir mazhab bo’lib, asosan imperiyaning sharqiy
viloyatlarida, shuningdek, varvarlar orasida - ostgotlar, vestgotlar, vandallar,
burgundlar va boshqalar orasida keng tarqalgan edi. Bu mazhabga asos solgan
kishi aleksandriyalik Ariy degan bir ruhoniy bo’lib, u, Iso xudo - xudo-padar emas,
balki xudo tomonidan yaratilgan, deb targ’ib qilgan.
Italiyani 555 yilda batamom bosib oldi. Ostgotlarning deyarli hammasi qirib
tashlandi. Butun Italiya vayron va xarob bo’ldi. Teodorix zamopida qishloq
xo’jaligi, hunarmandlik va savdo bir oz rivojlangan edi,
bu ham vayronlik solgan
urush natijasida yo’qqa chiqdi.
Imperator YUstinian farmonlar chiqarib, Italiyada ilgarigi quldorlik tuzumini
tikladi. Totilaning qullar va kolonlar to’g’risidagi farmon va hukmlari bekor
qilindi.
SHimoliy Italiyaning langobardlar tomonidan istilo qilinishi. Vizantiyaning
Italiyada hukmronlik qilishi uzoqqa bormadi. 568 yilda SHimoliy Italiyaga yangi
varvarlar-langobardlar bostirib kirdilar. Langobardlar oldin Elbaning chap
qirg’og’ida yashagan bo’lib, svev qabilalariga qarindosh edi. Langobardlariing
boshlig’i qirol Alboin edi. YAngi davlatning poytaxti Paviya shahri bo’ldi.
Italiyada langobardlarning nomi shu mahalgacha ham saqlanib qolgan-hozirgi
shimoliy Italiya Lombardiya deb ataladi.
Langobardlar istilosining o’ziga xos bir qancha xususiyatlari bor edi.
Birinchidan, langobardlar shimoliy va qisman o’rta Italiyani batamom ishg’ol
qildilar, mahall.iy quldor zodagonlar bilan hech qanday bitimga kelmadilar. Ular
Apennid yarim oroliga rimliklarning federatlari sifatida emas, balki ularni istilo
qiluvchilar sifatida keldilar. Ikkinchidan, langobardlar Rim quldorlarining juda
ko’p mol-mulkini musodara qildilar. Masalan, biz yuqorida ko’rib o’tganimizdek,
vestgotlar, ostgotlar yoki burgundlar yerning uchdan bir
yoki uchdan ikki qismini
musodara qilgan bo’lsalar, langobardlar esa bunga qoniqmay, badavlat
rimliklarning pomestelarini butunlay tortib oldilar. Ko’pdan-ko’p rimlik quldorlar
qulga aylantirildi, bir qismi oila a’zolari bilan boshqa mamlakatlarga sotib
yuborildi.
Langobardlar
istilosining
uchinchi xususiyati ulardagi ijtimoiy
tuzumning o’ziga xos xislatidan kelib chiqdi. Langobardlar Italiyaga kelgan
vaqtlarida ularda urug’chilik aloqalari birmuncha mustahkam edi. Ularda Rim
madaniyatining ta’siri hali juda kuchsiz edi. Ularning Italiyada joylashuvining o’zi
ham hali xiyla darajada urug’chilik tusida edi. Buni «fara» (yoki «fari») degan so’z
ko’rsatib turadi, bu so’z^langobardchasiga «urug’» degan ma’noni bildirib, hozirgi
SHimoliy va Urta Italiyadagi jo’pchilik shahar va qishloqlar nomida saqlanib
kelmoqda. Langobardlar istilosi natijasida xiyla katta va kuchli varvar qirolligi
vujudga keldi; bu qirollikda juda ko’p dehqonlar va ancha erta tashkil topgan ko’p
yerli, kuchli zodagonlar bor edi. VII asrda langobard zodagonlari o’zlarining eng
nufuzli vakillari bo’lgan gertsoglar orqali o’z qirollari bilan qattiq kurash olib
bordilar, qirollar esa yer magnatlariga qarshi shimoliy Italiya shaharlariga
tayanishga
harakat qildilar, u vaqtda bu shaharlar iqtisodiy jihatdan hali bir qadar
ahamiyatga ega edi.
Langobard qirolligi bilan bir vaqtda Italiyada VI-VII asrlarda yana bir
siyosiy tashkilot papalik vujudga keldi. Italiyaga langobardlar kelgandan keyin
ham rimlik yepiskoplar-papalar rasman o’zlarini SHarqiy Rim imperatorlarining
oliy hokimiyati qo’l ostida deb hisoblab keldilar. Haqiqatda esa Konstantinopolga
bo’lgan bu qaramlik kundan-kun yo’qola bordi. Papalar asta-sekin O’rta
Italiyaning mustaqil hukmdorlariga aylana boshladilar, Rimning va Rim
oblastinnng ham diniy, ham dunyoviy hokimi bo’lgan birinchi papa Grigoriy I
(590-604) bo’ldi. Langobard qirollari keyincha papa oblastini o’z-hokimiyatlariga
bo’ysundirishga harakat qildilar, lekin bu harakat natija bermadi. Papalar frank
qirollaridan iborat ittifoqchilarga ega edilar. VIII asrning yarmida ular shu frank
qirollarinipg yordami bilai o’zlarining papa cherkovi davlatini
uzil-kesil tashkil
etdilar, bu davlat ham, shunday qilib, ilgarigi Rim imperiyasining o’ziga xos bir
qoldig’i edi.
Dostları ilə paylaş: