Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/85
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191371
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85
2 5206292024008901227

Karl Buyuk diplomatiyasi.
Karl Buyukning shaxsan o’zi 50 dan ortiq 
yurishda qatnashdi. U Yevropaning turli joylarida urush qildi. U avvalo 
laigobardlar masalasiga juda katta e’tibor berdi. Langobardlar Pipin tomonidan tor-
mor qilingan bo’lishiga qaramay, langobardlar saroyida franklar bilan ittifoqda 
bo’lishga qarshi turgap guruh bor edi. 773-774 yillarda Qarl langobardlarga qarshi 


yana urush ochdi. U langobardlar poytaxti Paviyani bosib oldi va langobardlar 
qiroli Dezideriyni taxtdan tushirdi. Langobardiya shundan keyin o’z mustaqilligini 
yo’qotdi, frank qirolligiga qo’shib olinib, graflar tomonidan idora qilina boshladi. 
Keyincha Karl Langobardiyaga o’zining o’g’li Pipinni vitse-qirol qilib tayinladi. 
VIII asrning 70-yillarida Karl arablar bilan ham urush kildi. U 778 yilda 
Pireneya tog’lari orqasiga yurish qilib, Saragosa shahrini bosib olishga harakat 
qildi. YUrish muvaffaqiyatsiz chiqdi, Saragosani ololmadi. Qaytishda Ronseval 
darasida franklar arergardiga mahalliy aholi basklar hujum qildi. Bu jangda 
franklar otryadi deyarli butunlay qirib tashlandi. Halok bo’lganlar qatorida Bretan 
markasining grafi Roland ham bor edi. Keyincha bu epizod «Roland haqida 
qo’shiq» nomli mashhur dostonga tema bo’ldi, bu doston ancha keyin yozildi (XI 
asrning ikkinchi yarmida batamom yozilib bo’ldi). 773 yilda Ispapiyada qilingan 
yurish 
muvaffaqiyatsizlikka 
uchragai 
bo’lsada, 
franklarning 
Pireney 
tog’laridanoshib o’tishlarining o’zi diqqatga sazovordir. Keyinchalik, VIII asrning 
oxiri va IX asrning xuddi boshida franklar Pireneya tog’lari orqasiga yana 
birnechamarta harbiy yurish qildilar; bu yurishlar natijasida Pireneya tog’lari bilan 
Ebro daryosi o’rtasidagi oblast bospb olindi. Bu yerda Ispan markasi deb atalgan 
alohida bir chegara okrug tuzildi, bu okrugga keyincha Barselona grafligi deb nom 
berildi. Notinch Akvitaniya ustidan nazoratni kuchaytirish uchun Qarl u yerga 
boshqa bir o’g’li Lyudovikni noib qilib tayinlab, unga Akvitaniya qiroli unvonini 
berdi. Lekin Karl Buyuk urushlarning ko’pini sharqda - Markaziy Yevropada olib 
bordi. U sakslar bilan bo’lgan urushlarga ayniqsa ko’p kuch sarf qildi. Bu urush 
qattiq bo’lib, 30 yildan ortiq (772 yildan 804 yilgacha) davom etdi. Franklarni 
hisobga olmaganda, sakslar o’arbiy Germaniyada yashagan qabilalar ichida eng 
katta qabila edi. Ular Reyndan Elbagacha cho’zilgap juda katta territoriyada 
o’rnashg’an edi. Sakslarning Karl zamonidagi ijtimoiy tuzumida urug’chilik 
tuzumi alovdatlari, uning barcha yaxshi va yomon tomonlari hali anchagina 
saqlanib qolgan edi. Sakslarning asosiy ommasi urug’chilik aloqalari va qabila 
ichidagn aloqalar bilan o’zaro mahkam bog’langan erkin dehqonlar, shu bilan bir 
vaqtda jangchilardan iborat edi. Biroq, ular tarqoq holda bo’lib, juda ko’p 
qabilalarga va qabilaviy guruhlarga bo’lingan edi, bu qabilalar va qabilaviy 
guruhlar uzluksiz ravishda bir-biri bilan urushib turardi. Ularning shllab 
chiqaruvchi kuchlari darajasi (dehqonchilikda asosan partov sistemasi ho’llanardi, 
mollar yaylovda boqilar edi), shaharlar va savdo mutlaqo yo’q edi, shuningdek, 
ularning qurol-aslahalari va urushish usullari (yaxshi qurollanmagap dehqon 
piyoda lashkarlari asosiy o’rin tutar edi) franklarning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy 
taraqqiyot darajasidan past edi, franklar bu vaqtda feodallashuv va romanlashuv 
sohasida juda olg’a qarab ketgan edilar. Feodallashib borayotgan frank 
zodagonlarining sakslarga qarshi olib borgan urushi feodallarga xos urush edi. 
Franklar o’z oldilariga sakslar yerini bosib olish va ularning o’zini krepostnoylarga 
aylantirishni maqsad qilib qo’ygan edilar. Saksoniyaga qarshi urushning sababi bor 
edi. Karl Boltiq dengiziga chiqishga harakat qildi, Boltiq dengizi VIII asrning oxiri 
va IX asrning boshlarida katta savdo ahamiyatiga ega edi (skandinavlar, slavyanlar 
va arablar savdosi shu Boltiq dengizi orqali olib borilar edi). Frank qiroli Boltiq 
savdosidan katta-katta xirojlar olishni mo’ljallar edi. 


Karl sakslarni dastlab VIII asrning 70- yillarida bo’ysundirdi. Avval g’arbiy 
sakslar - vestfallar (ular Reyn va Vezer daryolari o’rtasida yashar edilar) 
bo’ysundirildi. Ularning ketidan ostfallar ham bo’ysundirildi (ular Vezer 
daryosining sharkida yashar edilar). 777 yilda Paderbornda bo’lgan s’ezdda saks 
qabilalari ko’pchiligining boshliqlari Karlga qasamyod qildi. Karlning buyrug’iga 
binoan, sakslariing hammasi majusiylik dinidan xristian diniga o’tishlari kerak edi. 
Saksoniyaga ko’pdan-ko’p frank ruhoniylari keldi, hamma yoqda cherkovlar qurila 
boshladi, sakslar cherkovga ushur (hosilning o’ndan birini) to’lashga majbur 
etilgan edilar. Lekin, shundan keyin tez orada 778 yildan boshlab sakslar bir necha 
marta katta qo’zg’olon ko’tardilar. Bu qo’zg’olonlardan kuzatilgan maqsad 
franklar zulmidan xalyus bo’lish edi. Karl bu qo’zg’olonlarni juda ham rahmsizlik 
bilan bostirdi. Minglab sakslar qatl etildi. Qo’zg’olonchilarning ko’pi qulga 
aylantirildi. Dastlab sakslarning qo’zg’olonlarida ularning zodagonlari ham 
qatnashdi. Lekin Karl zodagonlarni sekin-asta o’z tomoniga og’dirib olishga 
muvaffaq bo’ldi. Qo’zg’olon ko’targan sakslarping asosiy boshliqlaridan biri - 
vestfallar gertsogi Vigukind qimmatbaho in’omlarga sotilib, 785 yilda sakslarga 
xiyonat qildi va Qarl tomoniga o’tdi.)
Sakslarning 
IX 
asr 
boshlaridagi 
so’nggi hafakati deyarli nuqul «oddiy sakslar» harakati tusida bo’lib, asosan 
Saksonnyaning shimolida (Nordalbingiyada) o’tdi. Nihoyat, sakslar bo’ysundi va 
Frank qirolining fuqarosi sifatida frank graflari tomonidan idora qilinadigan bo’ldi. 
Sakslarning itoatsizroq qismi Reyn daryosining chap qirg’og’iga - franklar orasiga 
chekindi, frank kolonistlari esa qaytadan Reyn daryosining kirg’og’iga, ya’ni bir 
vaqtlarda frank qabilalarining ittifoqi vujudga kelgan yerga o’tib joylashdi. Sakslar 
bilan urishish vaqtida Karl SHarqiy Yevropadagi boshka xalklar bilan ham urush 
olib borishga majbur buldi. Polab slavyanlari bilan urushdi va bu qabilalardan 
ba’zilariga - lyutichlarga va lujichanlarga - xiroj soldi. Dunayning o’rta oqimidagi 
kuchli Avariya podsholigi franklarga qaram bo’ldi. Dunayning yuqori oqimidagi 
Bavariya kopolligi tamomila bosib olindi, ilg’ari bu qirollik franklarga onda-sonda 
xiroj to’lay turar edi. Xarutan-slovenlardan i,borat janubiy slavyan qabilalari 
yashaydigan Xorutaniya (Karintiya) shuningdek, Bolqon yarim orolining shimoli-
g’arbidagi xorvat yerlari Bovariya bilan birga Frank davlatiga qushib olingan edi. 
Xorutaniya Frank davlati sostavida uzoq turmadi. Istilolar natijasida Karl Buyuk 
zamonida Frank davlati juda kengayib ketdi. Uning chegaralari g’arbda Ebro 
daryosi, Pireneya tog’laridan Atlantika okeanigacha, sharqda Elba va Dunay 
daryolari va Adriatik dengizi qirg’oqlarigacha, shimolda Friz (yoki Nemis) va 
Baltika dengizlarigacha, janubda deyarli janubiy Italiyagacha bordi. Sal ilgariroq 
vujudga kelgai Papa davlati ham Karl Buyuk davrida haqiqatda unga buisunuvchi 
vassal davlat bo’lib qoldi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin